TRAUMEL S tabletkalari N50

yalligʼlanishga qarshi kasalliklarni, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash uchun boshqa dori preparatlari
TRAUMEL S tabletkalari N50 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
30˚C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Dori vositasi qorongʼi va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 ta tabletka (301,5 mg) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Achillea millefolium D3 15.0 mg
Aconitum napellus D3 30.0 mg
Atropa bella-donna D4 75.0 mg
Hepar sulfuris D8 30.0 mg
Matricaria recutita D3 24.0 mg
Mercurius solubilis Hahnemanni D8 30.0 mg
Symphytum officinale D8 24.0 mg
Bellis perennis D2 6.0 mg
Calendula officinalis D2 15.0 mg
Echinacea D2 6.0 mg
Echinacea purpurea D2 6.0 mg
Hamamelis virginiana D2 15.0 mg
Hypericum perforatum D2 3.0 mg
Arnica montana D2 15.0 mg
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniya stearati
Chiqarilish shakli
Tabletkalar uchun oq rangli polipropilen konteyner polipropilen oq rangli qopqogʼi bilan.
Oʼram oʼlchami: 50 tabletkalar.
Farmakodinamikasi
Maʼlumotlar yoʼq.
Farmakokinetikasi
Maʼlumotlar yoʼq.
Farmakoterapevtik guruh
yalligʼlanishga qarshi kasalliklarni, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash uchun boshqa dori preparatlari
Nojo'ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi ushbu dori vositasi ham kam hollarda nojoʼya taʼsirlarni chaqirishi mumkin.
Аyrim hollarda, tranzitor teri reaktsiyalari xaqida xabar boʼlgan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Glyukozani oʼzlashtiraolmaslik, laktaza yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi tanqisligi kabi kamdan-kam uchraydigan irsiy kasalliklari boʼlgan bemorlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Ushbu dori vositasi tarkibida exinatseya mavjud, agar sizda: progressiv tizimli kasalliklar, autoimmun kasalliklar, immunitet tanqisligi, immunosupressiya va leykotsitlar tizimi quyidagi kasalliklardan biri boʼlsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Reproduktiv, homiladorlik va emizish davri
Homilador va emizish davridagi ayollarda klinik tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Ushbu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli, dori vositasining tarkibiy moddalari homiladorlik va laktatsiya davrida salbiy taʼsir koʼrsatmaydi.
Аgar homilador boʼlsangiz, koʼkrakdan emizsangiz yoki oʼzingizni homilador deb oʼylasangiz yoki farzand koʼrishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Аvtomobilni boshqarishga va diqqat-eʼtiborni talab qiluvchi sohalarga taʼsiri
Taʼsir koʼrsatmaydi.
Qo'llanilishi
Paylar choʼzilishida, pay va bogʼlamlar zoʼriqishda, suyak sinishi va darz ketishda, yumshoq toʼqimalarning jarroxlikdan keyingi va posttravmatik yalligʼlanishida, turli organ va toʼqimalar, shuningdek tayanch-harakat apparati yalligʼlanishlarida (tendovaginit, bursit, stiloidit, epikondilit, periartrit, artroz) qoʼllaniladigan gomeopatik dori preparati.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddalarga, shu jumladan togʼ arnikasi, dorivor kalendula, dorivor moychechak, exinatseya, dastorbosh, dastorgul koʼp yillik margaritka kabi moychechaklar oilasiga mansub oʼsimliklarga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Аniqlanmagan va ushbu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.
Аgar boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan boʼlsangiz, yaqinda qabul qilgan boʼlsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
Ta'rifi
Traumel S – oq rangdan sariq-oq ranggacha, dumaloq va yassitsilindrik shaklli, faskali tabletkalar. Baʼzida toʼq sariq rangli dogʼlari boʼlishi mumkin.
Dozirovkasi
Standart doza:
Kattalar va bolalar (12 yoshdan): kuniga 3 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Kasallikning oʼtkir shakllari va erta davolash uchun doza:
Kattalar va bolalar (12 yoshdan): kuniga 12 martagacha har 30-60 min. 1 tabletkadan, soʼngra standart sxema boʼyicha davom ettiriladi.
Bolalar uchun standart doza:
6–11 yosh: kuniga 2 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
2–5 yosh: kuniga 1-2 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
2 yosh: kuniga 1 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Kasallikning oʼtkir shakllari va erta davolash uchun doza:
6–11 yosh: kuniga 8 martagacha har 1-2 soatda 1 tabletkadan, soʼngra standart sxema boʼyicha davom ettiriladi.
2–5 yosh: kuniga 6 martagacha har 1-2 soatda 1 tabletkadan, soʼngra standart sxema boʼyicha davom ettiriladi.
2 yosh: kuniga 4 martagacha har 1-2 soatda 1 tabletkdana, soʼngra standart sxema boʼyicha davom ettiriladi.
Qoʼllash usuli
Tabletkani ogʼizda shimib, keyin yutish afzalroq. Bolalar uchun tabletkani maydalab va suv bilan aralashtirib berish mumkin. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinmasin.
Davolanish davomiyligi
Dori vositasida exinatseya mavjud, uni shifokor bilan maslahatlashmasdan 8 haftadan koʼp vaqt davomida qoʼllanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Birorta ham dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan va bu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.
Yaroqlilik muddati (oy)
5 yil.
Ochilgandan soʼng yaroqlilik muddati: 12 oy.
TRAUMEL S tabletkalari N50 o'xshash dorilari



TRAUMEL S tabletkalari N50 xususiyatlari
Traumel boshqa chiqarish shakllari



