Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Suyak mushak tizimi  / TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:

yalligʼlanishga qarshi kasalliklarni, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash uchun boshqa dori preparatlari

Ishlab chiqaruvchi:Biologische Heilmittel Heel GmbH
Teglar:Artrozdan
ATX kodi:M09AX
Barcha Traumel dorilari
72 ta dorixonada bor
Narxi 107 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 72 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Maxsus saqlash sharoitlari yoʼq. 
Dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retsept buyicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
1 ampula 2,2 ml (= 2,2 g) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Achillea millefolium            D3    2.20 mg
Matricaria recutita            D3    2.20 mg
Symphytum officinale            D6    2.20 mg
Aconitum napellus            D2    1.32 mg
Atropa bella-donna            D2    2.20 mg
Bellis perennis                D2    1.10 mg
Calendula officinalis            D2    2.20 mg
Echinacea                D2    0.55 mg
Echinacea purpurea            D2    0.55 mg
Hypericum perforatum            D2    0.66 mg
Hepar sulfuris                D6    2.20 mg
Mercurius solubilis Hahnemanni    D6    1.10 mg
Hamamelis virginiana            D1    0.22 mg
Arnica montana                D2    2.20 mg
Yordamchi moddalar: natriya xlorid, inʼektsiya uchun suv.

Chiqarilish shakli
Belgilangan ochish tizimilik I tipdagi gidrolitik shisha ampulasi.
Oʼram: 5 yoki 100 ampuladan.

Farmakodinamikasi

Preparatning farmakologik xususiyatlari, uning tarkibidagi tabiiy komponentlar yalligʼlanishga qarshi, regeniratsiya qiluvchi, ogʼriq qoldiruvchi va autoregulyatsiyani tiklovchi xususiyatlariga ega.

Farmakokinetikasi

Oʼrganilmagan.

Farmakoterapevtik guruh

yalligʼlanishga qarshi kasalliklarni, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash uchun boshqa dori preparatlari

Nojo'ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi ushbu dori vositasi ham kam xollarda nojoʼya taʼsirlar chaqirishi
mumkin.
Traumel C dan foydalangandan soʼng tuprik oqishi mumkin, preparatni qabul qilishni toʼxtatish kerak. Gomeopatik faol moddasi Mercurius solubilis (simob) tufayli baʼzida allergik reaktsiyalar paydo boʼlishi mumkin. 
Baʼzi hollarda tranzitor allergik (yuqori sezuvchanlik) reaktsiyalari (masalan, teri
allergiyasi, inʼektsiya joyida qizarish/shish, anafilaktik shok) haqida xabar berilgan.
Аgar nojoʼya taʼsirlar yuzaga kelsa, siz preparatni qabul qilishni toʼxtatishingiz va shifokor bilan maslahatlashingiz kerak. 

Eslatma. Gomeopatik dorilarni qoʼllashda mavjud simptomlar vaqtincha yomonlashishi mumkin (dastlabki yomonlashuv). Bunday holda siz preparatni qabul qilishni toʼxtatib, shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Аgar alomatlar davom etsa yoki yomonlashsa, shifokor bilan maslahatlashing.

Dori vositasini bolalarda qoʼllash boʼyicha hujjatlashtirilgan tajriba yetarli emas. Shu sababli 12 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllanilmasin.

Dori vositasini keltirilgan holatlarda qoʼllash tavsiya etilmaydi: 
• progressiv tizimli kasalliklar (masalan, sil, sarkoidoz)
• limfoproliferativ kasalliklar (masalan, leykemiya, limfoma)
• autoimmun kasalliklar (masalan, biriktiruvchi toʼqima kasalliklari (kollagenoz), tarqoq skleroz)
• immunitet tanqisligi (OITS/OIV sindromi)
• immunosupressiya (masalan, transplantatsiyadan keyin (organ, suyak iligi)

Dori vositasi tarkibida exinatseya mavjudligi sababli teri toshmasi, qichishish, ayrim hollarda yuzning shishishi, nafas qisilishi, bosh aylanishi va qon bosimining pasayishi kabi allergik reaktsiyalar kuzatilgan. 
Аtopik kasalliklari (masalan, neyrodermatit, allergik astma, pichan isitmasi) bilan ogʼrigan bemorlarda allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori boʼlishi mumkin. 
Shu sababli dori vositasini atopik kasalliklari boʼlgan bemorlar faqat shifokor bilan maslahatlashganidan keyin qoʼllashlari kerak.
Tarkibida Exinatseya boʼlgan dori vositalaridan foydalanish individual holatlarda autoimmun kasalliklarning paydo boʼlishi bilan bogʼliq. 
Dori vositasini uzoq muddat qoʼllanilganda (8 haftadan ortiq) bitta alohida holatda leykotsitlar sonining pasayishi haqida xabar berilgan.

Dori vositasining bir dozasi 1 mmol (23 mg) dan kam natriy saqlaydi, yaʼni deyarli natriy mavjud emas.

Homiladorlik, laktatsiya va reproduktiv davr
Аgar homilador boʼlsangiz, koʼkrakdan emizayotgan boʼlsangiz yoki homilador boʼlishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Аvtomobil boshqarishga va diqqat-eʼtiborni talab qiluvchi sohalarga taʼsiri
Taʼsir koʼrsatmaydi.

Qo'llanilishi

Paylar choʼzilishida, pay va bogʼlamlar zoʼriqishda, suyak sinishi va darz ketishda, yumshoq
toʼqimalarning jarroxlikdan keyingi va posttravmatik yalligʼlanishida, turli organ va
toʼqimalar, shuningdek tayanch-harakat apparati yalligʼlanishlarida (tendovaginit, bursit,
stiloidit, epikondilit, periartrit, artroz) qoʼllaniladigan gomeopatik dori preparati.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol moddalarga, moychechaklar oilasiga mansub oʼsimliklarga, yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori taʼsirchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gomeopatik dori vositasi taʼsiriga zararli turmush tarzi omillari, shuningdek stimulyatorlar salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin.
Аgar boshqa dori vositalaridan foydalanayotgan boʼlsangiz, yaqinda foydalangan boʼlsangiz yoki
foydalanishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, bu haqida shifokorga xabar berin.

Ta'rifi

Traumel C – rangsiz tiniq eritma shisha ampulalarda.

Dozirovkasi

Tavsiya etilgan doza:
Oʼtkir holatlarda 2,2 ml (1 ampuladan) kuniga 1-2 marta. 
Bir haftadan ortiq davom etadigan davolanish faqat shifokor bilan maslahatlashganidan keyin amalga oshirilishi kerak. 
Surunkali kasalliklar uchun – 2,2 ml -4,4 ml (1-2 ampuladan) haftasiga 1-3 marta. 
Аgar alomatlar yaxshilansa, qoʼllash tezligini kamaytiring. 


Qoʼllash usuli
Traumel C inʼektsiyasi teri ostiga, mushak ichiga, boʼgʼim ichiga yoki vena ichiga yuboriladi.
Davolashning davomiyligi
Dori vositasini uzluksiz 3 haftadan ortiq qoʼllanilganda shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Shisha ampulalarni ochish boʼyicha yoʼriqnoma:
 
Ehtiyot boʼling. Yoʼriqnomaga qatʼiy rioya qiling. Shisha ampulani kesishga zarurat yoʼq.
Аmpulani burchak ostida suyuqlik ampulani pastki qismiga oqib tushishi uchun qalpoqcha
qismini tepaga qaratib ushlang. Аmpula bosh qismini rangli nuqtaga bosib sindiring.
Shishadagi har qanday qoldiqlar utilizatsiya qilinishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Birorta ham dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan va bu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 o'xshash dorilari

SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•56 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
ALSERA tabletkalari 10mg N30
Retseptli
ALSERA tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Retseptli
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•17 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 xususiyatlari

Traumel boshqa chiqarish shakllari

TRAUMEL S tabletkalari N50
Retseptsiz
TRAUMEL S tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Biologische Heilmittel Heel GmbH
•103 ta dorixonada bor
Narxi
51 590 so'm dan
TRAUMEL S maz 50g
Retseptsiz
TRAUMEL S maz 50g
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Biologische Heilmittel Heel GmbH
•53 ta dorixonada bor
Narxi
89 900 so'm dan
Analoglar TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5
Analoglari yo'q

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
134 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
140 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
140 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
145 000 so'm
Bron qilish

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 haqida savollar

TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil