Ташкент
logo
SavatKirish

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Trifluoperazin
Ishlab chiqaruvchi:Rusan Pharma LTD
ATX kodi:N05AB06
Barcha Trifluoperazin-Apo dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100 o'xshash dorilari

Narxi
37 000 so'm dan
STRESSI kapsulalar  N20
STRESSI kapsulalar N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
Narxi
61 600 so'm dan
KVENTIAKS tabletkalari 150mg N30
Retseptli
KVENTIAKS tabletkalari 150mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retsept bo'yicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: trifluoperazin gidroxloridi - 5 mg trifluoperazinga ekvivalent;

yordamchi moddalar: Silak I (laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza), natriy kraxmal glikolyati (A turi), talk, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, zangori Opadry OY-4492, dixlormetan, izopropil spirti.

Сhiqarilish shakli:

Plyonka bilan qoplangan tabletkalar 5 mg N50 (5x10), N100 (10x10) (chiziqlar, blisterlar)

Farmakodinamikasi

Trifluoperazin fenotiazin guruhiga mansub antipsixotik vosita bo‘lib, uning umumiy xususiyatlari xlorpromazinga o‘xshashdir. Trifluoperazin piperazin yon zanjiriga ega. Trifluoperazin odatda gidroxlorid shaklida buyuriladi, lekin uning dozasi asosiy komponentga qarab belgilanadi.

Trifluoperazinning asosiy farmakologik ta'sirlari xlorpromazinning ta'sirlari bilan o‘xshashdir. Trifluoperazin kuchliroq psixofarmakologik ta'sir ko‘rsatadi va xlorpromazinga qaraganda uzoqroq ta'sir davomiyligiga ega. Trifluoperazin antixolinergik va sedativ ta'sirlari kamroq ifodalangan bo‘lsa-da, kuchliroq ekstrapiramidal ta'sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ichidagi 5 mg bir martalik doza qabul qilingandan so'ng, trifluperezinning maksimal konsentratsiyalari plazmada 1,5 dan 4,5 soatgacha bo'lgan vaqtda yetishadi va bu qiymatlar bemorlar o'rtasida juda katta farqlar ko'rsatadi. O'rtacha yarim chiqarilish davri 5 soatni tashkil etadi.

Dori shakli

Tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Trifluoperazin xlorpromazinning nojo'ya ta'sirlariga o'xshash nojo'ya ta'sirlarga, jumladan og'izni qurishi, qabziyat, siyishni qiyinlashishi, ko'rishni noaniqligi va midriaz kabi antimuskarin ko'rinishlarga ega. Trifluoperazin sedativ samara, hipotoniya, gipoteriya yoki antimuskarin samaralarni kam hollarda chaqiradi, ammo agar sutkalik doza 6 g dan oshsa, ekstrapiramidal samaralar ko'rinishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Аntipsixotik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda kechki diskineziya rivojlanishi mumkin. Ushbu sindromni rivojlanish havfi uzoq muddat davolanganda bemorlar qabul qilayotgan neyroleptik vositalarning umumiy kumulyativ dozalari oshirilganida oshadi deb hisoblanadi. Biroq, ushbu sindrom kichik dozalari bilan qisqa muddat davolangandan keyin juda kam rivojlanishi mumkin.
Аntipsixotik vositalarni qabul qilish neyroleptik havfli sindrom (NHS) paydo boʼlishi bilan bogʼliqligi aniqlangan. NHS ning klinik koʼrinishlariga giperpireksiya, mushaklar rigidligi, patsientlarning ruhiy holatini oʼzgarishi va avtonom beqarorlik, masalan, vaqti-vaqti bilan sekinlashadigan pulьs, arterial bosim, taxikardiya va aritmiyalar kiradi.
Neyroleptiklarni qabul qilayotgan ayrim bemorlarda kechki diskineziya rivojlanishi mumkin. Ushbu preparatlarni uzluksiz qabul qilayotgan barcha bemorlarni, shunday havfning koʼrinishlari mumkinligi haqida kerak.
Tomoqda toʼsatdan kuzatiladigan ogʼriqlar yoki infektsiyaning boshqa belgilari paydo boʼlganida zudlik bilan xabar berish lozimligi toʼgʼrisida bemorlarni ogohlantirish kerak. Аgar qon tahlili va leykotsitlarning miqdori hujayra depressiyasidan dalolat bersa, preparatni qabul qilishni toʼxtatish va antibiotiklar va boshqa davolashni boshlash kerak.
Xolestatik sariqlik yoki jigarni shikastlanishi holatlari kuzatilgan. Isitma paydo boʼlganida jigarni tekshiruvdan oʼtkazish kerak. Аgar sinama natijalari normadan biroz cheklanganligini koʼrsatsa, preparat bilan davolashni toʼxtatish kerak.
Trifluoperazinning qusishga qarshi taʼsiri boshqa dori vositalarning dozasini oshirib yuborilishini yoki zaharlanish belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin va tashxis qoʼyishga va ichak tutilishi, bosh miya oʼsmasi va Reye sindromi kabi boshqa kasalliklar bilan davolashga xalaqit berishi mumkin.
Ushbu preparatning taʼsirida kontakt dermatitni paydo boʼlishi ehtimoli unchalik katta boʼlmasa-da, fenotiazin preparatlariga sezuvchanligi maʼlum boʼlgan shaxslar ular bilan bevosita kontaktda boʼlishdan saqlanishlari kerak.

Qo'llanilishi

Psixotik xarakterdagi alomatlarni davolash;  
- No-psixotik xarakterdagi buzilishlarni qisqa muddatli davolash.  
Trifluoperazin aqliy rivojlanishi kechikkan bemorlarni davolashda samarasiz bo'lib chiqdi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- fenotiazinlarga yuqori sezuvchanlik;
- markaziy nerv tizimiga ta’sir qiluvchi depressantlarni qabul qilish natijasida kuchli tushkunlik holati yoki komatoz holat;
- qonni mavjud bo‘lgan patologik o‘zgarishlari, suyak ko‘migining faoliyatini susayishi, jigarni ilgari mavjud bo‘lgan shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Fenotiazinlar ogʼiz orqali qabul qilinadigan antikoagulyantlarning samarasini pasaytirishi mumkin.
Fenotiazinlar alьfa-adrenergik blokadani chaqirishi mumkin.
Propranololni fenotiazinlar bilan bir vaqtda qabul qilish plazmada har ikkala preparatning miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.
Guanetidin va unga yaqin birikmalarning gipotenziv samaralari ular fenotiazinlar bilan bir vaqtda qoʼllanganida neytrallanishi mumkin. Tiazid diuretiklar fenotiazidlarni qabul qilish oqibatida paydo boʼlishi mumkin boʼlgan ortostatik gipotenziyani kuchaytirishi mumkin. Fenotiazinlar konvulьsiyalarni rivojlanish havfini pasaytirishi mumkin, va antikonvulьsantlarning dozalariga tuzatish kiritish zarurati tugʼilishi mumkin. Аntikonvulьsantlarning samarasini kuchayishi kuzatilmaydi. Biroq fenotiazinlar Dilantinning metabolizmini izdan chiqarishi, va muvofiq ravishda uning toksikligini yuzaga keltirishlari mumkin.
Hurujlarni rivojlanish boʼsagʼasini pasaytiradigan dori preparatlari, jumladan fenotiazin hosilalari Аmipak bilan qoʼllanishi mumkin emas.

Ta'rifi

moviy rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dozirovkasi

Dozasi shaxsiy ravishda belgilanadi. Hamisha eng kichik samarali dozani qoʼllash kerak. Zaiflashgan yoki ozib ketgan bemorlar uchun dozani asta-sekin oshirish kerak. Maksimal samaraga erishilganida dozani tutib turuvchi dozaga erishilguncha asta-sekin kamaytirish mumkin. Preparatga xos boʼlgan davomli taʼsiri tufayli, preparat qulay dozalarda sutkada ikki marta qabul qilinadi.
Psixotik xarakterga ega boʼlmagan buzilishlar
Odatdagi dozasi sutkada ikki marta 1-2 mg ni tashkil etadi. Kuniga 6 mg dan ortiq dozada yoki 12 haftadan uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.
Psixotik xarakterga ega boʼlgan buzilishlar
Odatdagi boshlangʼich dozasi 2 mg dan 5 mg gacha dozani tashkil etadi sutkada ikki marta qabul qilinadi. Boʼyi baland boʼlmagan bemorlarga yoki ozib ketgan bemorlarga hamisha kichikroq dozalarni buyurish lozim. Koʼpchilik bemorlarda maksimal samaraga sutkada 15 mg yoki 20 mg dozada qoʼllanganida erishiladi, garchi ayrim bemorlarga 40 mg yoki undan yuqori doza talab qilinishi mumkin. Optimal terapevtik dozaga 2-3 haftada erishilishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Trifluoperazinning dozasi oshirib yuborilganida arefleksiya yoki giperrefleksiya, kardiotoksik taʼsiri (yurak yetishmovchiligi, aritmiya, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, shok, qorinchalar fibrillyatsiyasi, QRS kompleksini oʼzgarishi, yurak urishini toʼxtashi), koʼrishni noaniqligi, neyrotoksik taʼsiri, jumladan ongni chalkashishi, ajitatsiya, tirishishlar, uyquchanlik, dezorientatsiya, stupor yoki koma; ogʼizni qurishi, midriaz, gipotermiya yoki giperpireksiya, qusish, mushaklar rigidligi, oʼpka shishi yoki nafas faoliyatini susayishi rivojlanadi.
Davolash: simptomatik davolash oʼtkaziladi: ekstrapiramid buzilishlarni bartaraf qilish uchun markaziy m-xolinoblokatorlar guruhiga mansub parkinsonizmga qarshi vositalar, difengidramin yoki barbituratlar qoʼllanadi. Stimulyatorlarni buyurish zarurati boʼlganida amfetamin, kofein yoki barbituratlarni qoʼllagan maʼqul. Tirishishlarni chaqirishi mumkin boʼlgan stimulyatorlar (pentilentetrazol, pikrotoksin) buyurishdan saqlanish lozim. Аrterial gipotenziyada fenilefrin va noradrenalin koʼrsatilgan; boshqa vazopressor preparatlar (jumladan adrenalin) ni qoʼllash tavsiya etilmaydi, chunki metabolitlari arterial bosimni yanada koʼproq pasaytirishi mumkin. Meʼdani boʼshatish maqsadida qusishni chaqirish mumkin emas. Yurak-qon tomir tizimi (kamida 5 sutka), nafas, nerv tizimining funktsiyasini nazorat qilish, tana xaroratini oʼlchash kerak, psixiatrning maslahati kerak boʼladi. Dializning samarasi kam.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Preparatning dozasini bolaning vazni va simptomlarning ogʼirligiga qarab boshqarish kerak. Quyida keltirilgan dozalar kasalxonada davolanayotgan yoki qatʼiy kuzatuv ostida boʼlgan 6 yoshdan 12 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun moʼljallangan.

Boshlangʼich doza 1 mg ni tashkil etadi, sutkada bir marta yoki ikki marta qabul qilinadi. Dozani simptomlarni yoʼqolishiga qarab yoki nojoʼya taʼsirlari bezovta qilishdan toʼxtamagunicha asta-sekin oshirib borish mumkin. Odatda dozani sutkada 15 mg dan oshirish talab etilmaydi, ammo ayrim bolalar uchun ogʼir simptomlari boʼlgan katta yoshdagi bolalar uchun yanada yuqoriroq dozalar talab qilinishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qabul qilish havfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida preparatni, faqat davolashdan kutiladigan foyda homila uchun havfdan ustun boʼlgan holatdagina buyurish mumkin. Fenotiazinlarni koʼkrak sutiga ajralib chiqishi isbotlangan. Shuning uchun ona uchun preparatni qabul qilish muhimligini inobatga olib, bolani emizishni yoki davolashni toʼxtatish masalasini hal qilish kerak.

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100 boshqa chiqarish shakllari

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N50
Retseptli
TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N50
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma Ltd

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100 analoglari

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100 savollari

TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil