SEFAZOLIN SANITA PHARMA poroshok 1,0g N1

SEFAZOLIN SANITA PHARMA poroshok 1,0g N1 qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Parenteral qo'llash uchun I avlod sefalosporin antibiotigi. Mikroorganizmlar hujayra devori sintezini buzib, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Keng ta'sir doirasiga ega, grammusbat (Staphylococcus spp., Staphylococcus aureus (penitsillinaza ishlab chiqarmaydigan va ishlab chiqaradigan; shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis) va grammanfiy (Neisseria meningitidis, Neisseria gonorrhoeae, Shigella spp., Salmonella spp., Escherichia coli, Klebsiella spp., Treponema spp., Leptospira spp.) mikroorganizmlarga nisbatan faol. Haemophilus influenzae, Enterobacter va Enterococcus ning ba'zi shtammlariga nisbatan faol. Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp. ning indolmusbat shtammlari, Mycobacterium tuberculosis, Serratia spp., anaerob mikroorganizmlar, Staphylococcus spp. ning metitsillinga chidamli shtammlariga nisbatan samarasiz.
Dozirovkasi
Mushak ichiga, vena ichiga (oqim bilan va tomchilab). Kattalar uchun o'rtacha sutkalik doza - 1 - 4 g; yuborish takroriyligi - sutkasiga 3 - 4 marta. Maksimal sutkalik doza - 6 g. O'rtacha davolash davomiyligi 7 - 10 kunni tashkil qiladi. Operatsiyadan keyingi infeksiyani oldini olish uchun - vena ichiga, operatsiyadan 0,5 - 1 soat oldin 1 g, operatsiya vaqtida 0,5 - 1 g va operatsiyadan keyingi dastlabki sutka davomida har 8 soatda 0,5 - 1 g dan. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga kreatinin klirensi (KK) qiymatlariga muvofiq dozalash rejimini o'zgartirish talab etiladi: KK 55 ml/daq va undan ortiq yoki plazmada kreatinin konsentratsiyasi 1,5 mg% va undan kam bo'lganda to'liq dozani yuborish mumkin; KK 54 - 35 ml/daq yoki plazmada kreatinin konsentratsiyasi 3 - 1,6 mg% bo'lganda to'liq dozani yuborish mumkin, ammo inyeksiyalar orasidagi oraliqlarni 8 soatgacha uzaytirish kerak; KK 34 - 11 ml/daq yoki plazmada kreatinin konsentratsiyasi 4,5 - 3,1 mg% bo'lganda - 12 soat oraliq bilan dozaning 1/2 qismi; KK 10 ml/daq va undan kam yoki plazmada kreatinin konsentratsiyasi 4,6 mg% va undan ortiq bo'lganda - odatdagi dozaning 1/2 qismi har 18 - 24 soatda. Barcha tavsiya etilgan dozalar 0,5 g boshlang'ich dozadan keyin yuboriladi. 1 oylik va undan katta bolalarga - 25 - 50 mg/kg/sut; infeksiya og'ir kechganda doza 100 mg/kg/sut gacha oshirilishi mumkin. Yuborish takroriyligi - sutkasiga 3 - 4 marta. Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda dozalash rejimini to'g'rilash kreatinin klirensi (KK) qiymatlariga qarab o'tkaziladi: KK 70 - 40 ml/daq bo'lganda - o'rtacha sutkalik dozaning 60 % i va har 12 soatda yuboriladi; KK 40 - 20 ml/daq bo'lganda - o'rtacha sutkalik dozaning 25 % i 12 soat oraliq bilan; KK 5 - 20 ml/daq bo'lganda - o'rtacha sutkalik dozaning 10 % i har 24 soatda. Barcha tavsiya etilgan dozalar boshlang'ich "zarb" dozadan keyin yuboriladi. Sezgir grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan o'rtacha og'irlikdagi infeksiyalarda kattalar uchun bir martalik doza - 0,25 - 0,5 g har 8 soatda. Pnevmokokkli pnevmoniyada - 0,5 g har 12 soatda, siydik chiqarish yo'llarining o'tkir asoratsiz kasalliklarida - 1 g har 12 soatda.
Hajm/og'irlik
SEFAZOLIN SANITA PHARMA poroshok 1,0g N1 o'xshash dorilari



Sefazolin boshqa chiqarish shakllari




SEFAZOLIN SANITA PHARMA poroshok 1,0g N1 analoglari





{
"data": {
"id": 64479,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "tsefazolin-sanita",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "SEFAZOLIN SANITA PHARMA poroshok 1,0g N1",
"brand_name": "SEFAZOLIN SANITA PHARMA",
"image": "uploads/iblock/665/665e84a7c6a77be262447af298a2a02c.webp",
"atx_code": "J01DB04",
"drug_form_id": 4,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": {
"id": 13349,
"slug": "atm-sanita-pharma-ip-ooo",
"name": "ATM Sanita Pharma YaTT MChJ"
},
"manufacturer_plain": "IP OOO «ATM SANITA PHARMA»",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 6806,
"slug": "tsefazolin",
"name": "Sefazolin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 9554,
"slug": "tsefazolin",
"name": "Sefazolin"
}
],
"tags": []
}
}










