Ташкент
logo
SavatKirish

SEFEPIM poroshok 1,0g N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Sefepim
Ishlab chiqaruvchi:Krasfarma, PAO
ATX kodi:J01DE01
Barcha Sefepim dorilari
36 ta dorixonada bor
Narxi 12 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 36 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFEPIM poroshok 1,0g N1 o'xshash dorilari

MOLOKS-IN tabletkalari 400 mg N5
Retseptli
MOLOKS-IN tabletkalari 400 mg N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
MEDISTRO PRIVATE LIMITED., OAE proizvedeno: CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Retseptli
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Abaris Healthcare Pvt. Ltd
•31 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan

SEFEPIM poroshok 1,0g N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Sefepim 0,5 g, 1 g dozada vena ichiga (v/i) infuziya qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiyalar (Сmах) mos ravishda 39,1 mg/l va 81,7 mg/l ni tashkil qiladi. 0,5 g va 1 g infuziyadan 1 soat o'tgach plazmadagi kontsentratsiyalar deyarli 2 baravar pasayadi va mos ravishda 21,6 mg/l, 44,5 mg/l ni tashkil qiladi. 8 soatdan keyin plazmada 1,4 mg/l, 2,4 mg/l sefepim, 12 soatdan keyin esa mos ravishda 0,2 mg/l va 0,6 mg/l bo'ladi.

Mushak ichiga (m/i) yuborilganda biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. 0,5 g va 1 g dozalarda m/i in'ektsiyadan so'ng Сmах yuborilgandan keyingi birinchi va ikkinchi soatlar oralig'ida mos ravishda 12,5 mg/l va 26,3 mg/l ni tashkil qiladi. Sefepim 0,5 g va 1 g dozalarda m/i in'ektsiya qilingandan 12 soat o'tgach plazmadagi kontsentratsiyalar mos ravishda 0,7 mg/l va 1,4 mg/l gacha pasayadi.

Taqsimlanish hajmi - 0,25 l/kg. Plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi o'rtacha 20% ni tashkil qiladi va qondagi sefepim kontsentratsiyasiga bog'liq emas.

V/i va m/i yuborilgandan so'ng siydik, safro, peritoneal suyuqlik, interstitsial to'qima va suyuqlik, teri, teri osti yog' qatlami, bronxlar shilliq sekreti, o'pka, balg'am, prostata bezi, appendiks va o't pufagi devorida yuqori kontsentratsiyalar aniqlanadi. Miya qobiqlari yallig'lanishida orqa miya suyuqligiga (OMS) kirib boradi. Arzimas kontsentratsiyalarda sefepim ko'krak sutiga o'tadi (1 l ona sutiga taxminan 0,5 mg sefepim). Yosh va jins umumiy klirens va taqsimlanish hajmiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Kiritilgan dozaning taxminan 15% i jigarda N-metilpirrolidin hosil qilib metabolizmga uchraydi, u tezda N-metilpirrolidin oksidiga oksidlanadi. Kiritilgan dozaning 85% i o'zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi; qolgan qismi - metabolitlar, asosan N-metilpirrolidin, N-metilpirrolidin oksidi va sefepim epimeri ko'rinishida. Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan kattalarda yarim chiqarilish davri (Т1/2) taxminan 2 soatni tashkil qiladi.

65 yoshdan katta sog'lom ko'ngillilarda yosh ko'ngillilarga nisbatan "kontsentratsiya / vaqt (AUC) egri chizig'i ostidagi maydonning ortishi va buyrak klirensining kamayishi qayd etilgan, ammo buyrak funktsiyasi normal bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda bu klinik ahamiyatga ega emas va dozani to'g'irlash talab etilmaydi. Buyrak funktsiyasi buzilganda keksa yoshdagi bemorlarga kreatinin klirensiga qarab dozani to'g'irlash talab etiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda sefepim ekskretsiyasi sekinlashganligi sababli Т1/2 ortadi, bu dozalar va yuborish rejimlarini to'g'irlashni talab etadi.

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda sefepim farmakokinetikasi o'zgarmaydi va dozani to'g'irlash talab etilmaydi.

Bolalar

Preparat farmakokinetikasi 2 oylikdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda 50 mg/kg tana vazni dozasida vena ichiga yoki mushak ichiga bir marta yuborilgandan so'ng, shuningdek preparat takroriy yuborilgandan so'ng (har 8-12 soatda, kamida 48 soat davomida) o'rganilgan. Bir marta vena ichiga yuborilgandan so'ng umumiy klirens va taqsimlanish hajmi mos ravishda 3,3 ml/daq/kg va 0,3 l/kg ni tashkil qilgan. Organizmdan Т1/2 o'rtacha 1,7 soatni tashkil qilgan. Sefepimning buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqarilishi kiritilgan dozaning 60,4% ini, buyrak klirensi esa - o'rtacha 2,0 ml/daq/kg ni tashkil qilgan. Ko'p marta vena ichiga yuborilgandan so'ng muvozanatli holatda qon plazmasidagi sefepim kontsentratsiyasi, shuningdek boshqa farmakokinetik parametrlar bir marta yuborilgandan keyingilaridan farq qilmagan. Bemorlarning yoshi va jinsi tana vazniga tuzatish kiritilishini hisobga olganda umumiy klirens va taqsimlanish hajmiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan. Mushak ichiga yuborilgandan so'ng muvozanatli holatda qon plazmasidagi sefepimning maksimal kontsentratsiyasi o'rtacha 68 mkg/ml ni tashkil qilgan va o'rtacha 0,75 soatda erishilgan. Mushak ichiga yuborilgandan 8 soat o'tgach qon plazmasidagi sefepim kontsentratsiyalari o'rtacha 6 mkg/ml ni tashkil qilgan. Mushak ichiga in'ektsiyadan so'ng sefepimning mutlaq biokiraolishligi o'rtacha 82% ni tashkil qilgan.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak trakti tomonidan nojo'ya ta'sirlar va allergik reaksiyalar eng ko'p qayd etiladi. Quyida organlar va tizimlar bo'yicha nojo'ya ta'sirlar ularning uchrash chastotasiga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez (>10 %); tez-tez (>1 % va 0,1 % va 0,01 % va
Allergik reaksiyalar: tez-tez - teri toshmasi; tez-tez emas - eritema, eshakemi, teri qichishishi; kamdan-kam hollarda - anafilaktik reaksiyalar; chastotasi noma'lum - anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi.

Infeksiyalar: tez-tez emas - og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, vaginit; kamdan-kam hollarda - kandidoz (aniqlanmagan lokalizatsiya).

Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh og'rig'i; kamdan-kam hollarda - tirishishlar, paresteziyalar, disgeziyalar, bosh aylanishi; chastotasi noma'lum - ongning buzilishi, gallyutsinatsiyalar, koma, stupor, ensefalopatiya, mioklonik tirishishlar.

Tomirlar tomonidan: kamdan-kam hollarda - vazodilatatsiya; chastotasi noma'lum - qon ketishga moyillik.

Respirator tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - hansirash.

Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: tez-tez - diareya, tez-tez emas - ko'ngil aynishi, qusish, kolit (shu jumladan soxtamembranoz kolit); kamdan-kam hollarda - abdominal og'riqlar, qabziyat; chastotasi noma'lum - ovqat hazm qilishning buzilishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: chastotasi noma'lum - buyrak yetishmovchiligi, toksik nefropatiya.

Umumiy reaksiyalar va yuborish joyidagi reaksiyalar: tez-tez - yuborish joyida flebit, yuborish joyida og'riq, tez-tez emas - tana haroratining oshishi va yuborish joyida yallig'lanish; kamdan-kam hollarda - titroq.

Boshqalar: kamdan-kam hollarda - genital qichishish, ta'm bilishning o'zgarishi, gemolizsiz soxta musbat Kumbs sinamasi.

Laborator ko'rsatkichlar tomonidan o'zgarishlar: tez-tez - alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza, umumiy bilirubin faolligining oshishi, anemiya, eozinofiliya, protrombin vaqti yoki qisman tromboplastin vaqtining uzayishi; tez-tez emas - qondagi mochevina azoti, zardob kreatinining oshishi, trombotsitopeniya, leykopeniya va neytropeniya; chastotasi noma'lum - aplastik anemiya, gemolitik anemiya, agranulotsitoz.

Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi tajriba: ensefalopatiya (ongning buzilishi, shu jumladan ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, stupor va koma), mioklonus, tirishishlar va tirishishsiz epileptik status. Aksariyat hollar buyrak yetishmovchiligi bo'lgan va tavsiya etilgandan yuqori dozalarda sefepim qabul qilgan bemorlarda qayd etilgan bo'lsa-da, ba'zi hollarda ensefalopatiya buyrak yetishmovchiligi darajasiga qarab doza korrektsiyasi o'tkazilgan bemorlarda ham qayd etilgan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashni boshlashdan oldin bemor anamnezida sefepim, boshqa sefalosporin antibiotiklari, penitsillinlar va boshqa beta-laktam antibiotiklariga allergik reaksiyalar, shuningdek allergiyaning boshqa shakllari borligini aniqlash kerak. Allergik reaksiya rivojlanganda preparat bilan davolashni to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish kerak. Anafilaktik reaksiya (anafilaktik shok) rivojlanganda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak; epinefrin va boshqa tutib turuvchi terapiyani qo‘llash talab etilishi mumkin.

Sefepim mikroorganizm-qo‘zg‘atuvchi identifikatsiya qilinguncha monoterapiya ko‘rinishida qo‘llanilishi mumkin, chunki u grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng ta'sir doirasiga ega. Aralash aerob/anaerob infeksiya xavfi bo‘lganda (ayniqsa, sefepimga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lganda) sefepim preparati bilan davolashni anaeroblarga ta'sir qiluvchi preparat bilan kombinatsiyada qo‘zg‘atuvchi identifikatsiya qilinguncha boshlash mumkin. Qo‘zg‘atuvchi identifikatsiya qilingandan va antibiotiklarga sezgirlik aniqlangandan so‘ng davolashni testlar natijalariga muvofiq o‘tkazish kerak.

Empirik davolashni tayinlashda mikroorganizmlar-qo‘zg‘atuvchilarning orttirilgan chidamliligi haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga olish kerak. Mikroorganizmlar chidamliligi vaqt o‘tishi va geografik joylashuv bilan o‘zgarishi mumkin. Mikroorganizm-qo‘zg‘atuvchini identifikatsiya qilish va sefepimga sezgirlikni aniqlash uchun tegishli testlarni o‘tkazish kerak.

Boshqa antibiotiklarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, sefepim preparati bilan davolash sezgir bo‘lmagan mikrofloraning kolonizatsiyasiga olib kelishi mumkin. Davolash vaqtida superinfeksiyalar rivojlanganda tegishli choralar ko‘rish zarur.

Deyarli barcha keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar qo‘llanilganda Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya rivojlanishi mumkin, u yengil o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan diareya kabi ham, soxtamembranoz kolit shaklida ham kechishi mumkin - bu og‘ir kasallik bo‘lib, umumiy simptomlar (isitma, degidratatsiya va elektrolit buzilishlar simptomlari, shu jumladan taxikardiya, arterial gipotoniya, ventilatsion buzilishlar, yuqori leykotsitoz), tez-tez suyuq ich kelishi, ba'zan qon aralash, qorinda og‘riqlar bilan kechadi. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya antibiotiklarni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng 2 oydan ortiq vaqt o‘tgach yuzaga kelishi holatlari qayd etilgan. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareyaga shubha qilinganda yoki u tasdiqlanganda antibiotiklarni qo‘llashni to‘xtatish kerak, Clostridium difficile ni bostirish uchun tayinlanganlar bundan mustasno. Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.

Og‘ir buyrak va buyrak-jigar yetishmovchiligida preparatning plazmadagi konsentratsiyasini muntazam aniqlash va kreatinin klirensiga qarab dozani to‘g‘irlash o‘tkazish kerak). Uzoq muddatli davolashda periferik qon, jigar va buyrak funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur. Ro‘yxatga olingandan keyingi kuzatuv vaqtida quyidagi jiddiy noxush reaksiyalar, shu jumladan hayot uchun xavf soluvchi reaksiyalar qayd etilgan: ensefalopatiya (ongning buzilishi, shu jumladan ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, stupor va koma), mioklonus, tirishishlar va tirishishsiz epileptik status («Nojo‘ya ta'siri» bo‘limiga qarang: Ro‘yxatga olingandan keyingi tajriba). Ko‘pchilik holatlar dozani to‘g‘irlash o‘tkazilmagan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qayd etilgan. Shunga qaramay, ba'zi hollarda neyrotoksiklik buyrak yetishmovchiligi darajasiga qarab dozani to‘g‘irlash o‘tkazilgan bemorlarda qayd etilgan. Ko‘pchilik hollarda neyrotoksiklik simptomlari qaytuvchan bo‘lgan va preparat bekor qilingandan va/yoki gemodializ o‘tkazilgandan so‘ng yo‘qolgan. Agar neyrotoksiklik sefepimni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa, sefepim bilan terapiyani to‘xtatish yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani to‘g‘irlash masalasini ko‘rib chiqish kerak.

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Preparatning diqqatni jamlash qobiliyatiga ta'sirini o‘rganish o‘tkazilmagan, biroq markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, preparat bilan davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor aksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Sefepimga, argininga, shuningdek sefalosporinlarga, penitsillinlarga va boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik. 2 oygacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan:

Surunkali buyrak yetishmovchiligi ("Qo‘llash usuli va dozalari"ga qarang); anamnezda oshqozon-ichak trakti kasalliklari (ayniqsa kolit).

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlikda preparat faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llaniladi. Homilador ayollarda adekvat va qat'iy nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak. Laktatsiya davrida preparat qo‘llanilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Aminoglikozidlar bilan bir vaqtda tayinlanganda mikroblarga qarshi ta'sirning yaqqol sinergizmi kuzatiladi. Sefepim eritmasi gentamitsin, tobramitsin, netilmitsin, vankomitsin, metronidazol eritmalari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib. Sefepim va ko'rsatilgan antibiotiklar bir vaqtda tayinlanganda ularni bitta shpritsda yoki bitta infuzion muhitda aralashtirmaslik kerak; tomir ichiga yuborilganda alohida yuborish tavsiya etiladi, yoki in'ektsiyalar (infuziyalar) o'rtasida iloji boricha katta vaqt oralig'i bilan ma'lum bir ketma-ketlikka rioya qilgan holda, yoki alohida tomir ichi kateterlari orqali yuborish; metronidazol yuborishdan oldin infuzion tizimni sefepim eritmasidan yuvish kerak.

Sefepim eritmasi 40 mg/ml dan oshmaydigan kontsentratsiyada 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasi yordamida tayyorlangan ampitsillin (1-40 mg/ml), klindamitsin (0,25-6 mg/ml) va amikatsin (6 mg/ml) eritmalariga qo'shilishi mumkin. Sefepim eritmasi 4 mg/ml kontsentratsiyada 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasidagi geparin (10-50 TB/ml), 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasidagi kaliy xlorid (10-40 mekv/l) va 5% dekstroza eritmasidagi teofillin (0,8 mg/ml) bilan mutanosib.

Bir vaqtda qo'llanilganda aminoglikozid antibiotiklarining nefrotoksikligi va ototoksikligi rivojlanish xavfi ortadi.

Dozirovkasi
DozalashVena ichiga (v/i), mushak ichiga (m/i). Dozalar va yuborish yo'li qo'zg'atuvchilarning sezgirligi, infeksiya og'irligi, buyrak funksiyasi holati va bemorning umumiy ahvoliga bog'liq. Vena ichiga yuborish og'ir yoki hayotga xavf soluvchi infeksiyalari bo'lgan bemorlar uchun, ayniqsa septik shok yuzaga kelish xavfi bo'lganda tavsiya etiladi.

Kattalar va tana vazni 40 kg dan ortiq bo'lgan bolalar, buyrak funksiyasi normal bo'lganda:

- siydik chiqarish yo'llarining yengil va o'rtacha og'irlikdagi infeksiyalari - 0,5-1 g v/i yoki m/i har 12 soatda;

- boshqa lokalizatsiyadagi yengil va o'rtacha og'irlikdagi infeksiyalar - 1 g v/i yoki m/i har 12 soatda;

- og'ir infeksiyalar - 2 g v/i har 12 soatda;

- juda og'ir va hayotga xavf soluvchi infeksiyalar, shu jumladan febril neytropeniya - 2 g v/i har 8 soatda.

Odatdagi davolash davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi; og'ir infeksiyalarda uzoqroq davolash talab qilinishi mumkin. Febril neytropeniyani davolashda odatdagi davolash davomiyligi 7 kunni yoki neytropeniya yo'qolguncha tashkil qiladi.

Jarrohlik operatsiyalarida infeksiyani oldini olish: jarrohlik operatsiyasi boshlanishidan 60 daqiqa oldin vena ichiga infuzion ravishda 2 g preparat 30 daqiqa davomida yuboriladi.

Infuziya tugaganidan so'ng darhol 0,5 g metronidazol vena ichiga yuboriladi. Farmatsevtik nomutanosiblik tufayli metronidazol va sefepim eritmalarini bitta infuzion eritma flakonida aralashtirmaslik kerak. Metronidazol yuborishdan oldin infuzion tizimni yuvish kerak. Uzoq muddatli (12 soatdan ortiq) jarrohlik operatsiyalari vaqtida birinchi dozadan 12 soat o'tgach, keyinchalik metronidazol yuborish bilan sefepimni xuddi shu dozada takroriy yuborish tavsiya etiladi.

Tana vazni 40 kg gacha bo'lgan 2 oylikdan katta bolalar:

- siydik yo'llari infeksiyalari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari, pnevmoniya - 50 mg/kg v/i yoki m/i sutkasiga 2 marta 10 kun davomida; og'ir infeksiyalar bo'lganda - har 8 soatda;

- febril neytropeniya, septitsemiya, bakterial meningit - 50 mg/kg har 8 soatda 7-10 kun davomida.

Bolalar uchun doza kattalar uchun maksimal tavsiya etilgan dozadan - 2 g v/i har 8 soatda oshmasligi kerak. Bolalarda preparatni m/i qo'llash tajribasi cheklangan.

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar: buyrak yetishmovchiligida kreatinin klirensiga qarab preparat dozasini to'g'rilash talab etiladi. Dozalash rejimi buyrak funksiyasi buzilishining darajasi va infeksiya og'irligiga bog'liq. Buyrak funksiyasining kuchsiz yoki o'rtacha buzilishlarida sefepimning boshlang'ich dozasi buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlardagi dozadan farq qilmaydi.

Qon zardobidagi ma'lum kreatinin konsentratsiyasi bo'yicha kreatinin klirensi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

Erkaklar uchun:

tana vazni (kg) x (140 - yosh yillarda)

Kreatinin klirensi (ml/daq) 72 x zardob kreatinini (mg/100 ml)

Ayollar uchun: xuddi shu formuladan foydalanadilar, olingan natijani 0,85 ga ko'paytiradilar.

Uzluksiz ambulator peritoneal dializda tavsiya etilgan ushlab turuvchi dozalar - 0,5 g, 1 g yoki 2 g infeksiya og'irligiga qarab, yuborishlar orasidagi oraliq - 48 soat.

Gemodializdagi bemorlar - davolashning birinchi sutkasida 1 g, keyin 0,5 g dan har 24 soatda barcha infeksiyalarda, febril neytropeniya bundan mustasno, unda doza har 24 soatda 1 g ni tashkil qiladi. Gemodializ kunlarida preparatni gemodializ muolajasi tugagandan so'ng yuborish kerak. Iloji bo'lsa, yuborish har kuni bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi.

Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarga dozani kamaytirish yoki yuborishlar orasidagi oraliqni uzaytirish tavsiya etiladi, (yo'riqnomaga qarang)

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar: dozani to'g'rilash talab etilmaydi.

Preparat eritmalarini tayyorlash va yuborish

Vena ichiga oqim bilan yuborish: 0,5 g yoki 1,0 g preparat mos ravishda 5 ml yoki 10 ml inyeksiya uchun suv, 5 % li dekstroza eritmasi yoki 0,9 % li natriy xlorid eritmasida eritiladi (olingan eritma hajmi mos ravishda 5,7 ml yoki 11,4 ml, sefepimning taxminiy konsentratsiyasi 90 mg/ml). Vena ichiga sekin 3-5 daqiqa davomida bevosita venaga yoki vena ichiga yuborish tizimi orqali, vena ichiga yuborish uchun mos keluvchi eritma bilan birga yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborish: tayyorlangan eritma (yuqoriga qarang) 50-100 ml mos keluvchi infuziya uchun eritma saqlovchi flakonga o'tkaziladi. V/i infuziyalar uchun tizim orqali kamida 30 daqiqa davomida yuboriladi. 1-40 mg/ml konsentratsiyali preparat eritmalari quyidagi infuzion eritmalar bilan mos keladi: 0,9 % li natriy xlorid eritmasi; 5 % yoki 10 % li dekstroza eritmasi; 1/6 M natriy laktat eritmasi, 5 % li dekstroza va 0,9 % li natriy xlorid eritmasi; Ringer laktat eritmasi.

Mushak ichiga yuborish: 0,5 g yoki 1,0 g preparat mos ravishda 1,5 ml yoki 3 ml inyeksiya uchun suv, 0,9 % li natriy xlorid eritmasi, inyeksiya uchun bakteriostatik suv, 0,5 % yoki 1 % li lidokain eritmasida eritiladi (olingan eritma hajmi mos ravishda 2,2 ml yoki 4,4 ml, sefepimning taxminiy konsentratsiyasi 230 mg/ml). Olingan eritma chuqur mushak ichiga yaqqol mushak qatlami bo'lgan tana qismlariga (dumbaning yuqori-tashqi kvadranti yoki sonning lateral yuzasi) yuboriladi. Eritmaning qon tomiriga istalmagan kiritilishini oldini olish uchun aspiratsiyaga test o'tkazish tavsiya etiladi. 1 g gacha bo'lgan doza bir martalik inyeksiya ko'rinishida yuborilishi mumkin. Maksimal dozani (2 g) ikki inyeksiya ko'rinishida turli joylarga yuborish kerak. Preparatni yuborish odatda og'riqsiz bo'lganligi sababli, ko'pchilik hollarda erituvchi sifatida lidokain eritmasidan foydalanishga hojat yo'q. Tayyorlangan preparat eritmalari 24 soat davomida sovutgichda (2-8) °C haroratda yoki 12 soat davomida xona haroratida (25 °C dan yuqori bo'lmagan), faollikni sezilarli yo'qotmasdan saqlanishi mumkin. Saqlashda kukun va tayyorlangan eritma qorayishi mumkin, bu preparatning faolligi va sifatiga ta'sir qilmaydi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ensefalopatiya (ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, stupor, koma), mioklonik talvasalar, yuqori nerv-mushak qo'zg'aluvchanligi.

Davolash: simptomatik va ushlab turuvchi terapiya. Tavsiya etilgan dozalardan sezilarli oshib ketgan hollarda, ayniqsa buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, gemodializ ko'rsatilgan.

Sefepim boshqa chiqarish shakllari

SEFEPIM 1,0 poroshok
SEFEPIM 1,0 poroshok
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO
SEFEPIM ADJIO poroshok 1,0g
SEFEPIM ADJIO poroshok 1,0g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
SEFEPIM poroshok 1 g N60
SEFEPIM poroshok 1 g N60
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
SEFEPIM poroshok 1 g N50
SEFEPIM poroshok 1 g N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
SEFEPIM ADJIO poroshok 2,0g
SEFEPIM ADJIO poroshok 2,0g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
SEFEPIM ADJIO poroshok 0,5g
SEFEPIM ADJIO poroshok 0,5g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
SEFEPIM poroshok 1 g N1
SEFEPIM poroshok 1 g N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
•36 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

SEFEPIM poroshok 1,0g N1 analoglari

SEFEPIM 1,0 poroshok
SEFEPIM 1,0 poroshok
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO
MAKSIPIM 1,0 poroshok
MAKSIPIM 1,0 poroshok
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Korden Farma Latina S.p.A.
ROKSIPIM poroshok 1,0g N1
ROKSIPIM poroshok 1,0g N1
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Tursiya proizvedeno: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
NIKAPIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
NIKAPIM poroshok 1,0g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
PIME S poroshok 0,5g
Retseptli
PIME S poroshok 0,5g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanjivani Parenteral Limited
SIVULAN poroshok 1g
Retseptli
SIVULAN poroshok 1g
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
ABiPharm, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
64 500 so'm dan
ULTRAPIM poroshok 1g
Retseptli
ULTRAPIM poroshok 1g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
51 600 so'm dan
FIPIM poroshok 0,5g
FIPIM poroshok 0,5g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SEFIKAD poroshok 2000mg N1
Retseptli
SEFIKAD poroshok 2000mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Cadila Pharmaceuticals Limited
ZEFEPIM poroshok 1g
ZEFEPIM poroshok 1g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd.
ZIPIM poroshok 1000mg
ZIPIM poroshok 1000mg
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Galpha Laboratories Limited

SEFEPIM poroshok 1,0g N1 haqida savollar

SEFEPIM poroshok 1,0g N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil