53 700 s`om dan
Dorixonalardan izlash57 000 s`om dan
Bron qilishТаркиби
Ҳар бир капсула қуйидагиларни сақлайди:
фаол моддалар:
Пассифлоранинг қуруқ сувли-спиртли экстракти 25 мг;
Дўлана барглари ва гулларининг қуруқ сувли-спиртли экстракти 25 мг;
Валериананинг қуруқ сувли-спиртли экстракти 100 мг.
ёрдамчи моддалар: енгил магний карбонати, сувсиз коллоид кремний диоксиди, магний стеарати, микрокристалл целлюлоза, лактоза моногидрати.
капсула қобиғини таркиби: титан диоксиди, темир (II)-оксиди, индиготин – FD&C, желатин.
Централ-Б №30: қаттиқ желатин капсулалар. 15 капсула блистерда. 2 блистер қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.
Централ-Б №45: қаттиқ желатин капсулалар. 15 капсула блистерда. 3 блистер қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.
Пассифлора экстракти таркибида алкалоидлар ва флавоноид – витексин сақлайди, марказий нерв тизимига енгил тинчлантирувчи таъсирга эга, уйқуни тикланишига ёрдам беради, безовталик ва асабийликни камайтиради, силлиқ мушакларни спазмолитик таъсирга эга, юрак фаолиятини яхшилайди, седатив таъсир кўрсатади.
Дўлана экстракти таркибида флавоноидлар, холин, ацетилхолин, ошловчи воситалар, фитосеринлар ва бошқаларни сақлайди. Таркибида тритерпен бирикмалар ва флавоноидлар борлиги туфайли, юрак ва бош миядаги қон-томирларни танлаб кенгайтириб, спазмолитик таъсир кўрсатади; гипотензив таъсир кўрсатади; веноз босимни нормаллашишига ёрдам беради, қон-томирлар деворининг функциясини яхшилайди. Енгил седатив таъсирга эга.
Валериана экстракти таркибида асосий компоненти мураккаб борнеол эфири ва изовалериана кислотаси ҳисобланган эфир мойи, шунингдек эркин валериан кислотаси ва борнеол, органик кислоталар (шу жумладан спазмолитик таъсир кўрсатувчи валериан кислотаси), алкалоидлар (валерин ва хатинин), ошловчи моддалар, қанд ва бошқа биологик фаол моддаларни сақлайди. Седатив таъсирга эга, руҳий толиқиш ва неврастенияга хос бўлган зўриқиш ва таъсирчанликни камайтиради. Спазмолитик таъсир кўрсатади.
Кам ҳолларда: аллергик реакциялар, ҳолсизлик бўлиши мумкин.
Бирор-бир жиддий касалликни ўтказгандан кейин препаратни қўллаш мумкин эмас.
Централ-Б уйқуни бузилиши ва нерв қўзғалувчанлигини енгил шаклларида қўлланади.
Препарат қўлланганида алкоголь истеъмол қилишдан сақланиш керак.
Ҳомиладорликда ва лактация даврида қўлланиши
Ҳомиладорликда ва лактация даврида препаратни, она учун даволашдан кутиладиган фойда ҳомила учун кузатилиши мумкин бўлган ҳавфдан устун бўлган ҳолатдагина қўллаш тавсия этилади.
Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири
Даволаниш вақтида автотранспортни ҳайдашда ва диққатни юқори жамлаш ва психомотор реакциялар тезлигини талаб этувчи бошқа потенциал ҳавфли фаолият турларини бажаришда эҳтиёткорликка амал қилиш керак, чунки кун давомида уйқучанлик ривожланиши мумкин.
Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.
• асабийлашиш оқибатидаги зўриқиш;
• таъсирчанлик;
• хавотирлик ҳисси, тушкунликка тушиш;
• уйқуни бузилиши, уйқусизликда қўлланади.
• 12 ёшгача бўлган болаларда қўллаш мумкин эмас.
Яроқлилик муддати
3 йил.
Препарат катталар ва 12 ёш ва ундан катта болалар учун мўлжалланган.
Юқори нерв қўзғалувчанлик, асабийлашиш оқибатидаги зўриқиш, таъсирчанлик, хавотирлик ҳисси ва тушкунликка тушганда одатда 1-2 капсуладан суткада 3 марта буюрилади. Максимал суткалик доза – 6 капсулани ташкил этади.
Уйқу бузилганида ва уйқусизликда препаратнинг дозаси 2 капсулани ташкил этади ухлашдан ярим соат олдин қабул қилинади.
Даволаш: меъдани ювиш мумкин, зарурат бўлганида симптоматик даволаш ўтказилади.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SENTRAL-B
CENTRAL-B
Preparatning savdo nomi: Sentral-B
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): o‘simliklardan olingan majmuaviy preparat
Dori shakli: qattiq jelatin kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Passifloraning suv-spirtli quruq ekstrakti 25 mg
Do‘lananing suv-spirtli quruq ekstrakti 25 mg
Valeriananing suv-spirtli quruq ekstrakti 100 mg
yordamchi moddalar: engil magniy karbonat asosi, suvsiz kalloid kremniy dioksidi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati.
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, titan dioksidi, natriy indigotindisulfonati, temir (II) oksidi.
Ta‘rifi: korpusi oq rangli, qopqoqchasi yashil rangli, oq rangli dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos xidli jigarrang kukun bilan to‘ldirilgan №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: sedativ vosita.
ATX kodi: N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Sentral-B – sedativ ta‘sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparatdir. Uning tarkibiga uchta komponent – dorivor o‘simliklar: passiflora, do‘lana va valeriananing quruq, suv-spirtli ekstraktlari kiradi:.
Passiflora ekstrakti tarkibida alkaloidlar va flavonoid-viteksin saqlaydi, markaziy nerv tizimiga yumshoq tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, uyquni tiklanishiga yordam beradi, bezovtalik va asabiylikni kamaytiradi, silliq mushaklarga nisbatan spazmolitik ta‘sirga ega, yurak faoliyatini yaxshilaydi, sedativ ta‘sir ko‘rsatadi.
Do‘lana ekstrakti tarkibida flavonoidlar, xolin, asetilxolin, burishtiruvchi moddalar, fitoserinlar va boshqalarni saqlaydi. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli, spazmolitik, ta‘sir ko‘rsatadi; yurak va bosh miyadagi qon-tomirlarini tanlab kengaytirib, gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi, venoz bosimini me‘yorlashuviga yordam beradi, qon-tomirlar devorlarining faoliyatini yaxshilaydi. Yumshoq sedativ ta‘sirga ega.
Valeriana ekstrakti asosiy komponenti borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiri bo‘lgan efir moyini, shuningdek erkin valerian kislotasi va borneol organik kislotalar (shu jumladan, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatuvchi valeriana kislotasi), alkoloidlar (valerin va xatinin), burishtiruvchi moddalar, qandlar va boshqa biologik faol moddalarni saqlaydi. Sedativ ta‘sirga ega, ruxiy toliqish va nevrasteniyaga uchun xarakterli bo‘lgan zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi. Spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Sentral-B preparatining ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarning birgalikdagi hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Sentral-B ichga, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Preparat kattalar va 12 yosh va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
Nerv qo‘zg‘aluvchanligi oshganida, asabni zo‘riqishida, ta‘sirchanlikda, xavotirlik va ezilish xissida odatda 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza-6 kapsulani tashkil etadi.
Uyquni buzilishida va uyqusizlikda preparatning dozasi 2 kapsulani tashkil etadi, uyqudan yarim soat oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Sentral-B preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda: allergik reaksiyalar, xolsizlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sentral-B yurak glikozidlari, trankvilizatorlar, markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar, xamda alkogolning ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sentral-B preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinensiya sindromi rivojlanmaydi.
Biron-bir jiddiy kasallikni o‘tkazgandan so‘ng preparatni qo‘llash mumkin emas.
Sentral-B uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Homiladorlikda va laktasiyada qo‘llanishi
Xomiladorlik va laktasiya davrida preparatni, ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan axamiyatli darajada ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash tavsiya etiladi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Sentral-B preparatini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolanish vaqtida avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riqlar, ko‘krakni siqilishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash: me‘dani yuvish mumkin, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.