SIKLON tabletkalari 50mg N1

SIKLON tabletkalari 50mg N1 o'xshash dorilari


SIKLON tabletkalari 50mg N1 qo'llanmasi
Sildenafilning farmakokinetikasi tavsiya etilgan dozalar oralig'ida chiziqli xususiyatga ega. So'rilishi Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil tez so'riladi. Mutlaq biokiraolishligi o'rtacha 40% (25-63%) ni tashkil qiladi. 100 mg preparat bir marta ichga qabul qilingandan so'ng erkin sildenafilning o'rtacha maksimal kontsentratsiyasi 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinganda o'rtacha 60 daqiqa (30-120 daqiqa) ichida erishiladi. Yog'li ovqat bilan birga qabul qilinganda so'rilish tezligi pasayadi; maksimal vaqt 60 daqiqaga ortadi, maksimal kontsentratsiya esa o'rtacha 29% ga pasayadi. Biroq absorbtsiya darajasi ishonchli o'zgarmaydi (AUC 11% ga pasayadi). Taqsimlanishi Muvozanatli holatda sildenafilning taqsimlanish hajmi o'rtacha 105 l ni tashkil qiladi. Sildenafil va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy N-dezmetil metabolitining plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 96% ni tashkil qiladi va sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Metabolizmi Sildenafil asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 (ikkinchi darajali yo'l) izofermentlari ta'sirida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanishi natijasida hosil bo'lgan asosiy aylanib yuruvchi faol metabolit keyingi metabolizmga uchraydi. FDE ga ta'sir qilish selektivligi bo'yicha metabolit sildenafil bilan taqqoslanarli, uning in vitro sharoitda FDE-5 ga nisbatan faolligi esa sildenafil faolligining taxminan 50% ini tashkil qiladi. Metabolitning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi sildenafilnikining taxminan 40% ini tashkil qiladi. N-dezmetil metabolit keyingi metabolizmga uchraydi; uning yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Chiqarilishi Sildenafilning organizmdan umumiy klirensi 41 l/soatga teng, yakuniy yarim chiqarilish davri – 3-5 soat. Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil metabolitlar ko'rinishida, asosan axlat bilan (dozaning taxminan 80% i) va kamroq darajada - siydik bilan (dozaning taxminan 13% i) chiqariladi. Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi Keksa yoshdagi sog'lom odamlarda (65 yoshdan katta) sildenafil klirensi pasaygan, erkin faol moddaning plazmadagi kontsentratsiyasi esa yosh (18-45 yosh) bemorlardagi kontsentratsiyasidan taxminan 40% ga oshadi. Yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 50-80 ml/daq) va o'rtacha og'irlikdagi (kreatinin klirensi 30-49 ml/daq) buyrak yetishmovchiligida 50 mg dozada ichga qabul qilingandan so'ng sildenafilning farmakokinetik parametrlari o'zgarmaydi. Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi ≤ 30 ml/daq) sildenafil klirensi pasayadi, bu shu yosh guruhidagi buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlardagi shunday ko'rsatkichlarga nisbatan AUC (100%) va maksimal kontsentratsiyaning (88%) taxminan ikki baravar oshishiga olib keladi. Jigar tsirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A va B sinf) bo'lgan bemorlarda sildenafil klirensi pasayadi, bu shu yosh guruhidagi jigar funktsiyasi normal bo'lgan bemorlardagi shunday ko'rsatkichlarga nisbatan AUC (84%) va maksimal kontsentratsiyaning (47%) oshishiga olib keladi. Og'ir jigar funktsiyasi buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha C sinf) bo'lgan bemorlarda sildenafil farmakokinetikasi o'rganilmagan.
Tsiklon – erektil disfunktsiyani davolash uchun qo'llaniladigan preparat. Jinsiy qo'zg'alishda preparat jinsiy olatga qon oqimini kuchaytirish yo'li bilan pasaygan erektil funktsiyani yaxshilaydi. Preparat samaradorligining majburiy sharti jinsiy stimulyatsiya hisoblanadi. Jinsiy olat erektsiyasining fiziologik mexanizmi jinsiy stimulyatsiyada g'ovak tanada azot oksidining ajralib chiqishidan iborat. Azot oksidi guanilattsiklaza fermentini faollashtiradi, bu siklik guanozinmonofosfat (tsGMF) darajasining oshishini, g'ovak tana silliq mushaklarining bo'shashishini va ularga qon oqimining kuchayishini chaqiradi. Sildenafil g'ovak tanada sGMF parchalanishiga javobgar bo'lgan sGMF-ga xos fosfodiesteraza-5 (FDE-5) ning kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi. Sildenafilning erektsiyaga ta'siri periferik xususiyatga ega. Sildenafil insonning izolyatsiya qilingan g'ovak tanasiga bevosita relaksatsiya qiluvchi ta'sir ko'rsatmaydi, ammo azot oksidining ushbu to'qimaga bo'shashtiruvchi ta'sirini kuchli darajada kuchaytiradi. Azot oksidi/tsGMF metabolik yo'li faollashganda, bu jinsiy stimulyatsiyada sodir bo'ladi, sildenafil tomonidan FDE-5 ingibirlanishi g'ovak tanada tsGMF darajasining oshishiga olib keladi. Shunday qilib, sildenafil zarur farmakologik samarani keltirib chiqarishi uchun jinsiy qo'zg'alish zarur.
Siklon qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshirish kerak. Preparatni jinsiy olatning anatomik deformatsiyasida (shu jumladan angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligida); priapizm rivojlanishiga moyillik tug'diradigan kasalliklarda (masalan, o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'p sonli miyeloma, leykoz, trombotsitopeniya); qon ketish bilan kechadigan kasalliklarda; oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayishida; nasliy pigmentli retinitda; yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi 6 oy ichida o'tkazilgan miokard infarkti, insult, hayotga xavf soluvchi og'ir aritmiyalar, arterial gipertenziya (arterial bosim 170/100 mm sim.ust. dan yuqori) yoki gipotenziyada (arterial bosim 90/50 mm sim.ust. dan past) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Jinsiy faollik istalmagan bemorlarda qo'llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalarining sildenafil metabolizmiga ta'siri Sildenafil metabolizmi asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 izofermentlari ta'siri ostida sodir bo'ladi, shuning uchun ushbu izofermentlar ingibitorlari sildenafil klirensini pasaytirishi, induktorlar esa, mos ravishda, sildenafil klirensini oshirishi mumkin. CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin kabi) bilan bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil klirensining pasayishi qayd etilgan. CYP3A4 ning nospetsifik ingibitori bo'lgan simetidin (800 mg dozada) sildenafil (50 mg dozada) bilan bir vaqtda qabul qilinganda plazmada sildenafil kontsentratsiyasining 56% ga oshishini keltirib chiqaradi. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta eritromitsin - CYP3A4 ning spetsifik ingibitori (eritromitsin 500 mg dan 5 kun davomida 2 marta qabul qilinganda) bilan bir vaqtda qabul qilish - qonda eritromitsinning doimiy darajasiga erishish fonida sildenafil AUC ning 182% ga oshishiga olib keladi. Sildenafil (bir marta 100 mg dozada) va OIV-proteaza ingibitori ham, CYP3A4 ingibitori ham bo'lgan sakvinavir (1200 mg dozada kunda 3 marta) bilan bir vaqtda qo'llanilganda, qonda sakvinavirning doimiy darajasiga erishish fonida qonda sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi 140% ga oshgan, AUC esa 210% ga oshgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik parametrlariga ta'sir qilmagan. Ketokonazol yoki itrakonazol kabi kuchliroq CYP3A4 izofermenti ingibitorlari sildenafil farmakokinetikasining yanada yaqqolroq o'zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Sildenafil (bir marta 100 mg dozada) va OIV-proteaza ingibitori va P450 sitoxrom tizimi izofermentlarining kuchli ingibitori bo'lgan ritonavir (500 mg dan kunda 2 marta) bilan bir vaqtda qo'llanilganda, qonda ritonavirning doimiy darajasiga erishish fonida sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi 300% ga (4 baravar), AUC esa 1000% ga (11 baravar) oshishiga olib keladi. 24 soatdan keyin qon plazmasida sildenafil kontsentratsiyasi taxminan 200 ng/ml ni tashkil qilgan (bitta sildenafil bir marta qo'llanilganda - 5 ng/ml). Kuchli CYP3A4 ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarga sildenafil tavsiya etilgan dozalarda tayinlanganda sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi barcha bemorlarda 200 nM dan oshmagan va yaxshi o'zlashtirilgan. Antatsidni (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish sildenafilning biologik kira olishiga ta'sir qilmaydi. CYP2C9 izofermenti (tolbutamid, varfarin kabi), CYP2D6 izofermenti (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar kabi), tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari va kaltsiy antagonistlari sildenafil farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Sildenafilning boshqa dori vositalariga ta'siri Sildenafil P450 sitoxrom tizimi izofermentlarining - 1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3A4 (IK50 > 150 mkmol) kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Sildenafil ushbu izofermentlar substratlari klirensiga ta'sir qilishi dargumon. Sildenafil uzoq muddat qo'llanilganda ham, o'tkir ko'rsatmalar bo'yicha qo'llanilganda ham nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. Shu munosabat bilan sildenafilni nitratlar yoki azot oksidi donatorlari bilan birgalikda qo'llash mumkin emas. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo'lgan, gemodinamikasi barqaror bemorlarda О±-adrenoblokator doksazozin (4 mg va 8 mg) va sildenafil (25 mg, 50 mg va 100 mg) bir vaqtda qabul qilinganda chalqancha yotgan holatda sistolik/diastolik arterial qon bosimining o'rtacha qo'shimcha pasayishi mos ravishda 7/7 mm sim.ust., 9/5 mm sim.ust. va 8/4 mm sim.ust. ni, turgan holatda esa - mos ravishda 6/6 mm sim.ust., 11/4 mm sim.ust. va 4/5 mm sim.ust. ni tashkil qilgan. Bunday bemorlarda bosh aylanishi (hushdan ketishsiz) ko'rinishida namoyon bo'ladigan simptomatik postural gipotenziya rivojlanishining kamdan-kam holatlari haqida xabar beriladi. О±-adrenoblokatorlar qabul qilayotgan alohida sezgir bemorlarda sildenafilni bir vaqtda qo'llash simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Sildenafilning CYP2C9 orqali metabolizmga uchraydigan tolbutamid (250 mg) yoki varfarin (40 mg) bilan ahamiyatli o'zaro ta'siri belgilari aniqlanmagan. Sildenafil 100 mg dozada bir vaqtning o'zida CYP3A4 substratlari bo'lgan sakvinavir va ritonavir kabi OIV-proteaza ingibitorlarining qondagi doimiy kontsentratsiyasida ularning farmakokinetik parametrlariga ta'sir qilmaydi. Sildenafil 50 mg dozada asetilsalitsil kislotasi (150 mg dozada) qabul qilinganda qon ketish vaqtining qo'shimcha uzayishini keltirib chiqarmaydi. Arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda sildenafilning 100 mg dozada amlodipin bilan o'zaro ta'siri belgilari aniqlanmagan. Yotgan holatda arterial qon bosimining o'rtacha qo'shimcha pasayishi 8 mm sim.ust. (sistolik) va 7 mm sim.ust. (diastolik) ni tashkil qilgan. Sildenafilni antigipertenziv vositalar bilan birgalikda qo'llash qo'shimcha nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishiga olib kelmaydi.
Siklon ichga, rejalashtirilgan jinsiy faoliyatdan taxminan 1 soat oldin qabul qilinadi. Bir martalik doza 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorlik va o‘zlashtira olish qobiliyatini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirlishi mumkin. Maksimal bir martalik doza 100 mg ni tashkil qiladi. Qo‘llashning maksimal tez-tezligi - sutkasiga 1 marta. Keksa yoshdagi bemorlar Keksa yoshdagi bemorlarda dozani to‘g‘rilashga ehtiyoj yo‘q. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi Yengil va o‘rta darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda (kreatinin klirensi – 30-80 ml/daq) dozalash rejimi o‘zgarmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (kreatinin klirensi < 30 ml/daq) sildenafil klirensi pasayganligi sababli, preparatni qo‘llashni 25 mg dozadan boshlash kerak. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab dozani 50 mg va 100 mg gacha oshirish mumkin. Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, masalan, sirrozda, sildenafil klirensi pasayganligi sababli, Siklon preparatini qo‘llashni 25 mg dozadan boshlash kerak. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab dozani 50 va 100 mg gacha oshirish mumkin. Boshqa turdagi davolashni olayotgan bemorlarda qo‘llanilishi Ritonavirdan tashqari CYP3A4 ingibitorlarini qo‘llayotgan bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 25 mg ni tashkil qiladi. Ortostatik gipotenziya rivojlanish xavfini minimallashtirish maqsadida α-adrenoreseptorlar blokatorlarini qo‘llayotgan bemorlarning holati sildenafilni qo‘llashni boshlashdan oldin barqarorlashtirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, sildenafilning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 25 mg ni tashkil qiladi. Siklon preparati ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Xususiyatlar SIKLON tabletkalari 50mg N1
Siklon boshqa chiqarish shakllari



SIKLON tabletkalari 50mg N1 analoglari

















