SINNARIZIN OZ tabletkalari 25mg N50
SINNARIZIN OZ tabletkalari 25mg N50 o'xshash dorilari



SINNARIZIN OZ tabletkalari 25mg N50 qo'llanmasi
So'rilishi – gastrointestinal traktda nisbatan sekin so'riladi. Maksimal plazma kontsentratsiyasiga peroral qo'llanilgandan 1-3 soat o'tgach erishiladi, bunda sezilarli inter- va intraindividual farqlar mavjud.
Taqsimlanishi – plazma proteinlari bilan 80% ga, eritrotsitlar bilan 13% ga bog'lanadi. To'qimalarda taqsimlanish jadalroq, qabul qilingandan keyin 4-soatgacha jigar va o'pkada, miokardda, miyada yuqori kontsentratsiyalar mavjud.
Metabolizmi – asosan N-dealkillanish yo'li bilan jadal metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi – eliminatsion yarim hayot davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Axlat orqali o'zgarmagan holda, siydik bilan metabolitlar shaklida ekskretsiya qilinadi.
Tsinnarizin kaltsiy kanallari blokatorlari deb ataladigan dori vositalari guruhiga kiradi. U miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Nistagm va vestibulyar buzilishlarning boshqa ko'rinishlarini bostiradi, labirint qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi. Ma'lum antigistamin ta'sir ko'rsatadi.
- uyquchanlik;
- ko'ngil aynishi;
- vazn ortishi;
- og'iz qurishi;
- giperosomiya;
- letargiya;
- oshqozonda noqulaylik;
- qusish;
- qorinda og'riq;
- ovqat hazm qilishning yomonlashishi;
- ko'p terlash;
- lixenoid keratoz;
- charchoq;
- yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;
- bosh og'rig'i;
Sinnarizinni uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda qabul qilayotgan keksa yoshdagi bemorlarda ekstrapiramidal simptomatika (tremor, dezorientatsiya, muvozanat buzilishi), shu jumladan Parkinson sindromi, qizil yassi temiratki, o'tkir osti teri qizil yugurigi, mushak rigidligi paydo bo'lishi mumkin.
Ba'zi noxush ta'sirlar paydo bo'lganda, shu jumladan ushbu yo'riqnomada eslatib o'tilmagan bo'lsa ham, darhol davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Agar sizda quyidagilar bo'lsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering:
- Parkinson kasalligi yoki ekstrapiramidal buzilishlar belgilari bo'lgan bo'lsa (qaltirash, orientatsiya va muvozanatning buzilishi);
- gipotoniya (past qon bosimi);
- me'da kasalligi.
65 yoshdan katta bemorlarda va bolalarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak.
Sinnarizin Sofarma uyquchanlikni chaqirishi mumkin, ayniqsa davolash boshida, haydovchilar va mashina operatorlariga foyda va xavfni aniq baholagan holda buni hisobga olish va diqqat bilan tayinlash kerak.
Dori mahsulotining yordamchi moddalari haqida muhim ma'lumot
Dori mahsuloti bitta tabletkada 63,12 mg laktoza monogidrat saqlaydi. Agar shifokor sizda ba'zi qandlarni o'zlashtira olmaslik borligini aytgan bo'lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan bog'laning.
Dori mahsuloti yordamchi modda sifatida bug'doy kraxmalini saqlaydi. Seliakiyasi bo'lgan shaxslar uchun mos keladi. Bug'doyga allergiyasi (seliakiyadan farqli) bo'lgan bemorlar ushbu dorini qo'llamasliklari kerak.
- tsinnarizinga yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik, laktatsiya davri.
Sinnarizinni alkogol, markaziy nerv sistemasiga ta'sir qiluvchi dori vositalari (MNS depressantlari yoki tritsiklik antidepressantlar) bilan bir vaqtda qo'llash ularning samaralarining o'zaro kuchayishini chaqiradi.
O'zining antigistamin samaralari tufayli sinnarizin o'ta sezuvchanlikka teri sinamalarida soxta salbiy natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu sinamalar o'tkazilishidan kamida 4 kun oldin sinnarizin bilan davolashni to'xtatib turishni taqozo etadi.
Peroral qabul qilinadi, ko'p miqdordagi suyuqlik bilan, yaxshisi ovqatdan keyin.
Vestibulyar simptomlar
Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlar
Kundalik doza 75 mg (3 tabletka), kuniga 3 mahal 1 tabletkadan.
5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar
Ushbu dori shakli 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mos emas. Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak.
Kinetozlar profilaktikasi
Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlar
Yo'lga chiqishdan 2 soat oldin 1 tabletka va yo'lda bo'lgan har 8 soatda 1 tabletkadan.
5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar
Ushbu dori shakli 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mos emas.
Agar siz bir dozani qabul qilishni o'tkazib yuborsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo'lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O'tkazib yuborilgan dozani to'ldirish uchun ikki baravar doza qabul qilmang. Dori vositasini davolovchi shifokoringiz tayinlaganidek qabul qilishni davom ettiring. Agar sizda ushbu dori vositasini qo'llash bo'yicha qo'shimcha savollar bo'lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtingizdan so'rang.












