SIPROFLAKSASIN tabletkalari 250mg

SIPROFLAKSASIN tabletkalari 250mg o'xshash dorilari
SIPROFLAKSASIN tabletkalari 250mg qo'llanmasi
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Ham ko'payish fazasida, ham tinchlik fazasida bo'lgan mikroorganizmlarga bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi bakteriyalar ko'payishi vaqtida xromosoma segmentar despiralizatsiyasi va spirallanishi jarayonida muhim rol o'ynaydigan DNK–giraza fermentini ingibirlash bilan bog'liq. Ko'pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga: ko'k yiring, gemofil va ichak tayoqchalariga, shigellalar, salmonellalar, meningokokk, gonokokk, stafilokokklarning ko'pchilik shtammlariga (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metitsillinga rezistent), enterokokklarning ba'zi turlariga, shuningdek kampilobakter, legionellalar, xlamidiyalar, mikobakteriyalarga nisbatan yuqori faol. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penitsillinlar, uchinchi avlod sefalosporinlari, tetratsiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi yuqori samarali vosita. Preparatga rezistentlik sekin ishlab chiqiladi (ko'p bosqichli tur). Preparatga Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum rezistent.
Ichga. Tabletkalarni butunligicha, och qoringa yoki ovqatdan keyin, oz miqdorda suyuqlik bilan yutish kerak. Doza infeksiyaning joylashuvi va kechishining og‘irligi, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab individual belgilanadi. Buyrak funksiyasi o‘rtacha va yaqqol buzilgan bemorlarda dozalash rejimini to‘g‘rilash talab etiladi (xususan, kreatinin klirensi (KK) 20 ml/daq dan kam bo‘lganda bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil qilishi kerak, qabul qilish tez-tezligi sutkasiga 2 marta yoki odatdagi bir martalik doza sutkasiga 1 marta yuboriladi). Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga). Asoratlanmagan buyrak kasalliklari va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarida 0,25-0,5 g dan sutkasiga ikki marta; asoratlarda 500-750 mg dan sutkasiga ikki marta, davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada 0,25-0,5 g bir marta; gonokokk infeksiyasi xlamidiya va mikoplazma infeksiyasi bilan birga kelganda 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida tayinlanadi. Burun-halqumda meningokokk tashuvchanlikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada tayinlanadi. Surunkali salmonella tashuvchanlikda 0,25 g dan sutkasiga 4 marta tayinlanadi. Pnevmoniya, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkasiga 2 marta 7-14 kun davomida tayinlanadi. Staphylococcus aureus chaqirgan oshqozon-ichak trakti infeksiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda 7-28 kun davomida tayinlanadi.
Xususiyatlar SIPROFLAKSASIN tabletkalari 250mg
Siprofloksatsin boshqa chiqarish shakllari













