SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 o'xshash dorilari


SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 qo'llanmasi
MITYdan tez so'riladi. Ichga qabul qilingandan so'ng biokiraolishligi 70% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish siprofloksatsinning so'rilishiga arzimas darajada ta'sir qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 20-40% ni tashkil qiladi. Organizm to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Orqa miya suyuqligiga kirib boradi: miya qobiqlari yallig'lanmaganda siprofloksatsin kontsentratsiyalari 10% gacha, yallig'langanda - 37% gacha yetadi. Safroda yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi. Siydik va safro bilan ajralib chiqadi.
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. DNK-girazani bostiradi va bakterial DNK sintezini susaytiradi.
Ko'pchilik grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, Haemophilus influenzae, Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp., Neisseria meningitidis, Neisseria gonorrhoeae ga nisbatan yuqori faol.
Staphylococcus spp. (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlar, metitsillin-rezistent shtammlar), Enterococcus spp. ning ba'zi shtammlari, Campylobacter spp., Legionella spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp., Mycobacterium spp. ga nisbatan faol.
Tsiprofloksatsin β-laktamazalar ishlab chiqaruvchi bakteriyalarga nisbatan faol.
Tsiprofloksatsinga Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides rezistent. Treponema pallidum ga nisbatan ta'siri yetarlicha o'rganilmagan.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, jigar transaminazalari, IF, LDG, bilirubin faolligining oshishi, soxtamembranoz kolit.
MNT tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoq hissi, uyqu buzilishi, dahshatli tushlar ko'rish, gallyutsinatsiyalar, hushdan ketish, ko'rishning buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kristalluriya, glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, albuminuriya, gematuriya, qon zardobida kreatinin miqdorining vaqtinchalik oshishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitlar sonining o'zgarishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, arterial gipotenziya.
Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, Stivens-Jonson sindromi, artralgiyalar.
Kimyoterapevtik ta'sir bilan bog'liq nojo'ya reaksiyalar: kandidoz.
Mahalliy reaksiyalar: og'riq, flebit (v/i yuborilganda). Ko'z tomchilari qo'llanilganda ba'zi hollarda kon'yunktivaning yengil og'rishi va qizarishi bo'lishi mumkin.
Boshqalar: vaskulit.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi. Keksa yoshdagi bemorlarda, bosh miya tomirlari aterosklerozida, miya qon aylanishi buzilishlarida, epilepsiyada, etiologiyasi noaniq tirishish sindromida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Davolash vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak.
Qaysar diareya hollarida siprofloksatsinni bekor qilish kerak.
Siprofloksatsin va barbituratlar bir vaqtda v/i yuborilganda YUR, AB, EKG nazorati zarur. Davolash jarayonida qonda mochevina, kreatinin, jigar transaminazalari konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.
Davolash davrida reaksiya qobiliyati pasayishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo'llanilganda).
Siprofloksatsinni subkon'yunktival yoki to'g'ridan-to'g'ri ko'z oldi kamerasiga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
OGOHLANTIRISHLAR:
Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, epileptik sindrom, epilepsiya, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksa yosh.
Yurak tomonidan buzilishlar.
QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar (masalan, IA va III sinf antiaritmik preparatlari) bilan kombinatsiyada siprofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan yoki piruet turidagi aritmiya rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda (masalan, ma'lum QT intervali uzayishi bilan, korreksiyalangan gipokaliemiyada) ishlatish kerak.
Tayanch-harakat aparati.
Tendinitning birinchi belgilarida (bo'g'im sohasidagi og'riqli shish, yallig'lanish) siprofloksatsin qo'llashni to'xtatish, jismoniy yuklamalarni istisno qilish kerak, chunki pay uzilishi xavfi mavjud, shuningdek shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Siprofloksatsinni steroidlar qabul qilayotgan, anamnezida xinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq pay kasalliklari ko'rsatilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Siprofloksatsin miasteniyasi bo'lgan bemorlarda mushak kuchsizligini kuchaytiradi.
Quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi:
- anamnezida o'tkazilgan insult mavjudligida;
- ruhiy kasalliklarda (depressiya, psixoz);
- buyrak yetishmovchiligida (shuningdek jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi).
Juda kam hollarda ruhiy buzilishlar suitsidal urinishlar bilan namoyon bo'ladi. Bunday hollarda siprofloksatsin qabul qilishni darhol to'xtatish va bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
Siprofloksatsin qabul qilinganda fotosensibilizatsiya reaksiyasi paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun bemorlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari va UB-yorug'lik bilan aloqadan saqlanishlari kerak. Bunday holda davolashni to'xtatish kerak.
Siprofloksatsin va teofillin, metilksantin, kofein, duloksetin, klozapin bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu preparatlarning qondagi konsentratsiyasi oshishi o'ziga xos nojo'ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Kristalluriya rivojlanishining oldini olish uchun tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirmaslik, shuningdek yetarli suyuqlik iste'mol qilish va siydikning kislotali reaksiyasini saqlab turish zarur.
Homiladorlik, laktatsiya (emizish davri), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, siprofloksatsinga va xinolon qatoridagi boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
Siprofloksatsin didanozin bilan bir vaqtda qo'llanilganda siprofloksatsinning didanozin tarkibidagi alyuminiy va magniyli buferlar bilan kompleksonlari hosil bo'lishi oqibatida siprofloksatsin so'rilishi pasayadi.
Varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish rivojlanish xavfi ortadi.
Siprofloksatsin va teofillin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida teofillin kontsentratsiyasining oshishi, teofillin Tteofillin davrining uzayishi mumkin, bu teofillin bilan bog'liq toksik ta'sir rivojlanish xavfining oshishiga olib keladi.
Antatsidlarni, shuningdek alyuminiy, rux, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish siprofloksatsin so'rilishining pasayishini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni tayinlash o'rtasidagi oraliq kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Dozani shifokor kasallikning og‘irligi, infeksiya turi, organizm holati, yosh (18 yoshdan kichik yoki 60 yoshdan katta), vazn va buyrak funksiyasiga qarab belgilaydi.
Qo‘llash ko‘rsatmalariKattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalarDavolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda)
Nafas yo‘llarining pastki qismlari infeksiyasi:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 7-14 kun.
Nafas yo‘llarining yuqori qismlari infeksiyasi:
Surunkali sinusitning zo‘rayishi:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 7-14 kun.
Surunkali yiringli o‘rta otit:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 7-14 kun.
Xavfli tashqi otit:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 28 kundan 3 oygacha.
Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari:
Asoratlanmagan sistit:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 250-500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 3 kun.
Menopauza davridagi ayollarga - bir marta 500 mg.
Asoratlangan sistit, asoratlanmagan piyelonefrit:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 7 kun.
Asoratlangan piyelonefrit:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): Kamida 10 kun, ba’zi hollarda (masalan, absesslarda) – 21 kungacha.
Prostatit:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 2-4 hafta (o‘tkir) 4-6 hafta (surunkali).
Tanosil a’zolari infeksiyalari:
Gonokokkli uretrit va servitsit: Bir martalik qabul qilish 500 mg.
Orxoepididimit va kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): Kamida 14 kun.
Oshqozon-ichak trakti va intraabdominal infeksiyalar:
Bakterial infeksiya, shu jumladan Shigella spp, (Shigella dysenteriae I turidan tashqari) chaqirgan diareya va sayohatchilarning og‘ir diareyasini empirik davolash:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 1 kun.
Shigella dysenteriae I turi chaqirgan diareya:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 5 kun.
Vibrio cholera chaqirgan diareya:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 3 kun.
Qorin tifi:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 7 kun.
Grammanfiy organizmlar chaqirgan intraabdominal infeksiyalar:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 250-500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 5-14 kun.
Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 250-500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): 7-14 kun.
Bo‘g‘imlar va suyaklar infeksiyalari:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 250-500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): maks. 3 oy.
Neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda infeksiyalarni profilaktika qilish va davolash. Boshqa dori vositalari bilan birgalikda tayinlash tavsiya etiladi:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500-750 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): Terapiya neytropeniya davri tugaguniga qadar davom etadi.
Neisseria meningitides chaqirgan invaziv infeksiyalar profilaktikasi: Bir martalik qabul qilish 500 mg.
Kontakt dan keyingi profilaktika va kuydirgining davolash. Davolashni taxmin qilingan yoki tasdiqlangan infeksiyalanishdan so‘ng imkon qadar tezroq boshlash kerak:
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalar: 500 mg dan kuniga 2 marta;
Davolashning umumiy davomiyligi (siprofloksatsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda): infeksiyalanish tasdiqlangan paytdan boshlab 60 kun.
Keksa bemorlarga doza 30% ga kamaytiriladi.
Jigar funksiyasi buzilishlari bo‘lgan bemorlar: dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlar: dozani davolovchi shifokor to‘g‘rilaydi.
Siprofloksatsin boshqa chiqarish shakllari





SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 analoglari



















