Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Siprofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:Samarkand England Ecomedical, SP OOO
ATX kodi:J01MA02
Barcha Siprofloksatsin dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 60 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

MITYdan tez so'riladi. Ichga qabul qilingandan so'ng biokiraolishligi 70% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish siprofloksatsinning so'rilishiga arzimas darajada ta'sir qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 20-40% ni tashkil qiladi. Organizm to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Orqa miya suyuqligiga kirib boradi: miya qobiqlari yallig'lanmaganda siprofloksatsin kontsentratsiyalari 10% gacha, yallig'langanda - 37% gacha yetadi. Safroda yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi. Siydik va safro bilan ajralib chiqadi.

Farmakologik ta'siri

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Preparat bakteriyalarning DNK-giraza fermentini ingibirlaydi, buning natijasida bakteriyalarning DNK replikatsiyasi va hujayra oqsillari sintezi buziladi. Tsiprofloksatsin ham ko'payuvchi mikroorganizmlarga, ham tinchlik fazasida bo'lganlarga ta'sir qiladi. Tsiprofloksatsin grammanfiy aerob bakteriyalar: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp., Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; hujayra ichidagi qo'zg'atuvchilar: Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare; grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) ga nisbatan faol. Metitsillinga chidamli ko'pchilik stafilokokklar tsiprofloksatsinga ham chidamli. Preparatga Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis o'rtacha sezgir. Preparatga Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides chidamli. Preparatning Treponema pallidum ga nisbatan ta'siri yetarlicha o'rganilmagan.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, jigar transaminazalari, IF, LDG, bilirubin faolligining oshishi, soxtamembranoz kolit.

MNT tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoq hissi, uyqu buzilishi, dahshatli tushlar ko'rish, gallyutsinatsiyalar, hushdan ketish, ko'rishning buzilishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kristalluriya, glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, albuminuriya, gematuriya, qon zardobida kreatinin miqdorining vaqtinchalik oshishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitlar sonining o'zgarishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, arterial gipotenziya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, Stivens-Jonson sindromi, artralgiyalar.

Kimyoterapevtik ta'sir bilan bog'liq nojo'ya reaksiyalar: kandidoz.

Mahalliy reaksiyalar: og'riq, flebit (v/i yuborilganda). Ko'z tomchilari qo'llanilganda ba'zi hollarda kon'yunktivaning yengil og'rishi va qizarishi bo'lishi mumkin.

Boshqalar: vaskulit.

Maxsus ko‘rsatmalari

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi. Keksa yoshdagi bemorlarda, bosh miya tomirlari aterosklerozida, miya qon aylanishi buzilishlarida, epilepsiyada, etiologiyasi noaniq tirishish sindromida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Davolash vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak.

Qaysar diareya hollarida siprofloksatsinni bekor qilish kerak.

Siprofloksatsin va barbituratlar bir vaqtda v/i yuborilganda YUR, AB, EKG nazorati zarur. Davolash jarayonida qonda mochevina, kreatinin, jigar transaminazalari konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.

Davolash davrida reaksiya qobiliyati pasayishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo'llanilganda).

Siprofloksatsinni subkon'yunktival yoki to'g'ridan-to'g'ri ko'z oldi kamerasiga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.



OGOHLANTIRISHLAR:
Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, epileptik sindrom, epilepsiya, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksa yosh.

Yurak tomonidan buzilishlar.
QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar (masalan, IA va III sinf antiaritmik preparatlari) bilan kombinatsiyada siprofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan yoki piruet turidagi aritmiya rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda (masalan, ma'lum QT intervali uzayishi bilan, korreksiyalangan gipokaliemiyada) ishlatish kerak.

Tayanch-harakat aparati.
Tendinitning birinchi belgilarida (bo'g'im sohasidagi og'riqli shish, yallig'lanish) siprofloksatsin qo'llashni to'xtatish, jismoniy yuklamalarni istisno qilish kerak, chunki pay uzilishi xavfi mavjud, shuningdek shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Siprofloksatsinni steroidlar qabul qilayotgan, anamnezida xinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq pay kasalliklari ko'rsatilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Siprofloksatsin miasteniyasi bo'lgan bemorlarda mushak kuchsizligini kuchaytiradi.

Quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi:
- anamnezida o'tkazilgan insult mavjudligida;
- ruhiy kasalliklarda (depressiya, psixoz);
- buyrak yetishmovchiligida (shuningdek jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi).

Juda kam hollarda ruhiy buzilishlar suitsidal urinishlar bilan namoyon bo'ladi. Bunday hollarda siprofloksatsin qabul qilishni darhol to'xtatish va bu haqda shifokorga xabar berish kerak.

Siprofloksatsin qabul qilinganda fotosensibilizatsiya reaksiyasi paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun bemorlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari va UB-yorug'lik bilan aloqadan saqlanishlari kerak. Bunday holda davolashni to'xtatish kerak.

Siprofloksatsin va teofillin, metilksantin, kofein, duloksetin, klozapin bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu preparatlarning qondagi konsentratsiyasi oshishi o'ziga xos nojo'ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Kristalluriya rivojlanishining oldini olish uchun tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirmaslik, shuningdek yetarli suyuqlik iste'mol qilish va siydikning kislotali reaksiyasini saqlab turish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Homiladorlik, laktatsiya (emizish davri), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, siprofloksatsinga va xinolon qatoridagi boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Siprofloksatsin didanozin bilan bir vaqtda qo'llanilganda siprofloksatsinning didanozin tarkibidagi alyuminiy va magniyli buferlar bilan kompleksonlari hosil bo'lishi oqibatida siprofloksatsin so'rilishi pasayadi.

Varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish rivojlanish xavfi ortadi.

Siprofloksatsin va teofillin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida teofillin kontsentratsiyasining oshishi, teofillin Tteofillin davrining uzayishi mumkin, bu teofillin bilan bog'liq toksik ta'sir rivojlanish xavfining oshishiga olib keladi.

Antatsidlarni, shuningdek alyuminiy, rux, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish siprofloksatsin so'rilishining pasayishini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni tayinlash o'rtasidagi oraliq kamida 4 soat bo'lishi kerak.

Dozirovkasi

Preparat v/i tomchilab 30 daqiqa davomida (200 mg doza) va 60 daqiqa davomida (400 mg doza) yuborilishi kerak. Infuziya uchun eritmani 0,9% natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, 5% va 10% dekstroza (glyukoza) eritmasi, 10% fruktoza eritmasi, 5% dekstroza eritmasini 0,225% yoki 0,45% natriy xlorid eritmasi bilan saqlovchi eritma bilan aralashtirish mumkin. Siprofloksatsin dozasi kasallikning og‘irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga bog‘liq. Bir martalik doza 200 mg ni, og‘ir infeksiyalarda - 400 mg ni tashkil qiladi. Yuborish soni - sutkasiga 2 marta; davolash davomiyligi - 1-2 hafta, zarurat bo‘lganda davolash kursini uzaytirish mumkin. O‘tkir gonoreyada preparat v/i bir marta 100 mg dozada tayinlanadi. Operatsiyadan keyingi infeksiyalarning oldini olish uchun - operatsiyadan 30–60 daqiqa oldin v/i 200-400 mg dozada. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (KK<20 ml/daq/1,73 kv.m) sutkalik dozaning yarmini tayinlash zarur.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 o'xshash dorilari

VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
27 100 so'm dan
LEVOFEV eritma 100 ml
Retseptli
LEVOFEV eritma 100 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•16 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Retseptli
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
117 117 so'm dan

Siprofloksatsin boshqa chiqarish shakllari

SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Retseptli
SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N20
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novo Farm Komplekt, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN eritma 100 ml 200 mg/100 ml
Retseptli
SIPROFLOKSASIN eritma 100 ml 200 mg/100 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
•13 ta dorixonada bor
Narxi
5 500 so'm dan
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
Retseptli
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Elfa Laboratoriez
•13 ta dorixonada bor
Narxi
5 500 so'm dan
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Retseptli
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
•6 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Retseptli
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Gufik Avitsenna, SP
•103 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
5 800 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•103 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
NCPC International Corp., Kitay proizvedeno: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Health care, SP, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
5 800 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250 mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novo Farm Komplekt, OOO
•103 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•103 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM,OOO (proiz.) Novo farm komplekt, SP OOO (upakov.)
•103 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novo Farm Komplekt, OOO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
5 800 so'm dan

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 analoglari

SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 5ml 0,3%
Retseptli
SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 5ml 0,3%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
FLOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5,0ml 0,3%
FLOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5,0ml 0,3%
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
•74 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SIPROLET ko'z tomchilari 5ml 3mg/ml
SIPROLET ko'z tomchilari 5ml 3mg/ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
SIPROLET tabletkalari 250mg N10
Retseptli
SIPROLET tabletkalari 250mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
AYFLOKS ko'z tomchilari 5ml 0,3%
AYFLOKS ko'z tomchilari 5ml 0,3%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
•87 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
ULTRAFLOKS V.I. inyeksiya uchun eritma 200mg/100ml
Retseptli
ULTRAFLOKS V.I. inyeksiya uchun eritma 200mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Bal Pharma Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
25 400 so'm dan
SIPRAKSOL eritma 100ml 0,2%
Retseptli
SIPRAKSOL eritma 100ml 0,2%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Retseptli
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
SIPROFORD infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1
Retseptli
SIPROFORD infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
SISPRES tabletkalari 250mg N14
Retseptli
SISPRES tabletkalari 250mg N14
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat
•37 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
SISPRES tabletkalari 500mg N14
Retseptli
SISPRES tabletkalari 500mg N14
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat, IP OOO
•87 ta dorixonada bor
Narxi
33 800 so'm dan
SISPRES tabletkalari 750mg N14
Retseptli
SISPRES tabletkalari 750mg N14
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat, IP OOO
•41 ta dorixonada bor
Narxi
28 700 so'm dan

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
70 000 so'm
Bron qilish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
63 700 so'm
Buyurtma berish
OxyMed
Mirobod tumani, Mehrjon ko'ch., 45 uy
24/7
89 343 so'm
Buyurtma berish
A5apteka
Mirobod tumani, ул. Чехова, д. 7Б
24/7
98 000 so'm
Buyurtma berish
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
60 000 so'm
Genetica Pharm
Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'ch., 22 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
100 000 so'm
Doktor Med Cardio Farm
Yakkasaroy tumani, O'rikzor ko'ch., 140 uy, 27 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-01:00
150 000 so'm

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 haqida savollar

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil