Siprofloksasin nika tabletkalari 250mg N20

Siprofloksasin nika tabletkalari 250mg N20 qo'llanmasi
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg, 500 mg, 750 mg.10 tabletkadan kontur uyali o'ramga joylanadi. 1, 2, 10 kontur uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Bakterisid ta'sir qiladi. Preparat bakterial DNK-girazasini bostiradi, natijada DNK replikasiyasi va bakteriyalarning hujayra oqsillarining sintezi buziladi. Tsiprofloksasin mikroorganizmlarga ko'payishi ham, tinch fazada bo'lganlarga ham ta'sir qiladi. Tsiprofloksasinga grammanfiy aerob bakteriyalar: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.; Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; ayrim xujayra ichki qo'zg'atuvchilar: Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare sezgir.
Tsiprofloksasinga shuningdek grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) xam sezgir. Metisillinga chidamli ko'pchilik stafilokokklar, tsiprofloksasinga ham
chidamli. Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis bakteriyalarining sezgirligi o'rtacha.
Ham in vitro sharoitida, xam qon plazmasidagi preparatning kontsentrasiyasini tekshirish ma'lumotlari bo'yicha (surrogat marker sifatida), tsiprofloksasinga shuningdek Bacillus anthracis xam sezgir.
Preparatga rezistentlar Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium diffi cile, Nocardia asteroids. Treponema pallidum ga nisbatan preparatning ta'siri etarlicha o'rganilmagan.
1 tabletka qo'yidagilarni saqlaydi:
faol modda: tsiprofloksasin gidroxloridi tsiprofloksasinga qayta hisoblaganda – 250 mg, 500 mg, 750 mg.
yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, kollidon CL, sut qandi, mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati, talk;
qobiq: gipromeloza, makrogol 4000, propilenglikol, talk, titan ikki oksidi.
Tsiprofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion va yallig'lanish kasalliklari:
Kattalarda:
- Nafas yo'llari infektsiyasi. Tsiprofloksasinni Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus spp., Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Haemophilus spp., Moraxella catarrhalis, Legionella spp. va stafilokokklar chaqirgan zotiljamda buyurish tavsiya qilinadti;
- asosan gramm musat mikroorganizmlar, Pseudomonas aeruginosa yoki stafilokokklar chaqirgan o'rta quloq infektsiyasi (o'rta otit), yondosh bo'shliq infektsiyasi (sinusit);
- buyraklar va siydik chiqarish yo'llari infektsiyasi;
- jinsiy a'zolar infektsiyasi, jumladan adneksit, gonoreya, prostatit;
- ko'z infektsiyalari;
- ovqat hazm qilish tizimi (me'da ichak tizimini bakterial infektsiyasi, jumladan og'iz, tishlar, jag'lar, peritonit), o't pufagi va safro chiqarish yo'llarining;
- teri qoplamalari, shilliq qavatlar va yumshoq to'qimalarning;
- tayanch-harakat apparatining infektsiyalari
- Neisseria meningitidis chaqirgan invaziv infektsiyalar profilaktikasida;
- qorin bo'shliG'i infektsiyasida
- immuniteti pasaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash uchun (immunodepressantlar bilan davolashda)
- kuydirgining o'pka shaklini (Bacillus anthracis infektsiyalanish) infektsion-yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash uchun qo'llanadi.
Pediatriyada qullanilishi
5 yoshdan 17 yoshgacha o'pka mukovissidozi bo'lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratini davolash.
Kuydirgining o'pka shaklini (Bacillus anthracis infektsiyalanish) oldini olish va davolash. Bolalarda tsiprofloksatsin bo'G'imlarga va bo'G'im oldi tuqimalariga nojo'ya ta'sir ko'rsatganligi uchun kutiladigan foyda xavfdan ustun bo'lgan xollarda qullash mumkin!
tsiprofloksasinga yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga o'ta yuqori sezuvchanlik;
- tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimni yaqqol pasayishi, uyquchanlik xavfi);
homiladorlik;
- laktasiya davri;
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalik va o'smirlik yoshi ( 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda qand miqdorini o'pka shaklini (Bacillus anthracis bilan kasallanish) profilaktikasi va davolashdan tashqari);
- soxtamembranoz kolitda qo'llash mumkin emas.
Eutiyotkorlik bilan - bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar etishmovchiligi, anamnezida xinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan paylarning kasalliklari ishoraga ega bo'lgan pasientlar, keksalik yoshi, Q-T intervalini tug'ma uzayishi sindromi, yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), elektrolit disbalansi (gipokaliemiya, giponatriemiya). Aorta anevrizmasi bo'lgan bemorlarda, oilada tug'ma yurak qopqoqchalarining kasalligi bo'lgan bemorlarda yoki aorta anevrizmasi va / yoki aorta diseksiyasi tashxisi qo'yilgan, yurak qopqog'chalari kasalligi bo'lgan bemorlarda yoki boshqa xavf omillari yoki rivojlanishiga moyil bo'lgan holatlar mavjud bo'lganda. aorta anevrizmasi yoki aorta diseksiyasi, yurak qopqog'ining regurgitasiyasi / etishmovchiligi (masalan, Marfan sindromi, Elers-Danlos sindromi, Tyorner sindromi, Behchet kasalligi, arterial gipertenziya, revmatoid artrit, Takayasu arteriti, gigant arterozis kabi qon tomir kasalliklari, Shegren sindromi, yuqumli endokardit). Q-T intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini (shu jumladan I A va III sinfi antiaritmik) vositalarini bir vaqtda qabul qilish, CYP450 1A2 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Agar siz boshtsa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa xam, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
QT intervalini uzayishiga olib keluvchi dori vositalar
QT intervalini uzayishiga olib keluvchi dori vositalar (misol uchun, I A yoki III sinf antiaritmik preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) qabul qilayotgan pasientlar tsiprofloksasin va boshqa ftorxinolonlarni extiyotkorlik bilan birga qabul qilish kerak.
Kation saqlovchi preparatlar, mineral qo'shimchalari - kaltsiy, magniy, alyuminiy, temir, sukralfat saqlovchi, antasid, polimer fosfat birikmalar (jumladan, sevelamer, lantan karbonati) va katta bufer sigimli preparatlar (didanozin tabletkasi) - magniy, alyuminiy yoki kaltsiy saqlovchi preparatlar
Preparatlarni birgalikda qabul qilish tsiprofloksasinni so'rilishini kamaytiradi. Bunday xollarda tsiprofloksasinni 1-2 soat oldin yoki bu preparatlarni kabul qilgandan 4 soatdan so'ng qabul qilish kerak.
Bu xolat N2-gistamin reseptorlarini bloklovchi sinf preparatlariga taaluqli emas.
Ovqat va sutli maxsulotlar qabul qilish
Tsiprofloksasinni minerallar bilan boyitilgan (misol uchun, sut, yogurt, kaltsiy bilan boyitilgan apelsin sharbati) sutli maxsulotlar yoki ichimliklar bilan birgalikda qAbul qilinishi tsiprofloksasinni so'rilishini kamayishiga olib keladi. Lekin boshqa ozuqa mahsulotlari tarkibiga kiruvchi kaltsiy tsiprofloksasinni so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
Omeprazol
Tsiprofloksasin va omeprazol bir vaqtda qo'llanganda plazmada preparatning maksimal kontsentrasiyasini biroz pasayishi va "kontsentrasiya-vaqt" farmakokinetik egri chiziG'i osti maydonini kamayishi kuzatilishi mumkin.
Teofillin, kofein
Bir vaqtda tsiprofloksasinni teofillin yoki kofein saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llash, teofilinni yoki kofein qon plazmasidagi kontsentrasiyasini oshishiga olib keladi, natijada teofillin-indusirlangan nojo'ya ta'sirga olib keladi; juda kam xollarda bu nojo'ya ta'sir bemor xayotiga xavf tuG'dirishi mumkin. Agarda bu ikki preparatni birgalikda ishlatish zarurati bo'lsa, unda teofilinni yoki kofeinni qondagi kontsentrasiyasini doimo nazorat qilib turish kerak, zarurat bo'lsa teofilinni yoki kofeinni dozasini kamaytirish kerak.
Ksantinning boshqa unumlari
Bir vaqtda tsiprofloksasinni va kofeinni yoki pentoksifilinni (okspentifillin) qo'llash qon plazmasida ksantin unumlarini kontsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Nosteroid yalliglanishga qarshi preparatlar
Juda katta dozalarda xinolonlarni (DNK-giraza ingibitorlari) va ba'zi nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (atsetilsalisil kislotasidan tashqari) birgalikda qo'shib ishlatish tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Tsiklosporin
Tsiprofloksasin va Tsiklosporin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida kreatinin miqdorini qiska vaqtli oshishi kuzatilgan. Bunday hollarda qondagi kreatinin miqdorini xaftada ikki marta aniqlash kerak.
Peroral gipoglikemik preparatlar
Tsiprofloksasin va peroral gipoglikemik preparatlarini bir vaqtda qo'llash, asosan sulfonilmochevina (glibenklamid, glimepirid), gipoglikemiya xolati peroral gipoklikemik preparatlar samarasi oshishi bilan bog'liq.
Probenesid
Probenesid tsiprofloksasinni buyrakdan chiqish tezligini kamaytiradi. Tsiprofloksasinni va probenesid saqlovchi preparatlarni birgalikda ishlatish tsiprofloksasinni qon plazmasidagi mikdorini oshishiga olib keladi.
Fenitoin
Tsiprofloksasin va fenitoin bir vaqtda qo'llash natijasida qon plazmasida fenitoinni miqdorini o'zgarishi (oshishi va pasayishi) kuzatilgan. Fenitoinni qon plazmasidagi miqdorini ikki preparat bir vaqtda qo'llanilish vaqtida va birgalikdagi davoni tugatilgandan so'ng xam qisqa vaqt davomida tekshirib turish kerak.
Metotreksat
Bir vaqtda tsiprofloksasin qo'llanganida metotreksatning buyrak metabolizmi sekinlashishi mumkin, bu qon plazmasida metotreksatning kontsentrasiyasini oshishi bilan birga kechadi. Metotreksatning nojo'ya samaralarining rivojlanishini ehtimoli oshadi. Shuning uchun metotreksat va tsiprofloksasin bir vaqtda qo'llanganda pasientlar doimiy nazoratga olinishi kerak.
Tizanidin
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, tsiprofloksasin va tizanidin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda ko'llash, tizanidinni qon plazmasidagi miqdorini oshishi kuzatilgan: tizanidinning (Smax) ni 7 marta (4 dan 21 martagacha) va "kontsentrasiya vaqt" farmakologik egri chiziG'i ostidagi maydonni (AUC) 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi. Tizanidinni qon plazmasidagi miqdorini oshishi arterial bosimni yaqqol pasayishiga va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, tsiprofloksasin va tizanidin saqlovchi preparatlarni birgalikda qo'llash mumkin emas.
Duloksetin
Klinnik tadqiqotlar o'tkazish vaqtida duloksetin va CYP450 1A2 izofermentining kuchli ingibitorlarini (Fluvoksamin kabi) bir vaqtda qo'llash, duloksetinning AUC va Smax ni oshishiga olib kelgan. Tsiprofloksasin bilan mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirining klinik ma'lumotlarini yo'qligiga qaramasdan, tsiprofloksasin va duloksentin bir vaqtda qo'llanganida bunday o'zaro ta'sirning ehtimolini oldindan ko'ra bilish mumkin.
Ropinirol
Ropirinol va AUC CYP450 1A 2 ning o'rtacha ingibitori tsiprofloksasinni bir vaqtda qo'llash, ropirinolning StAX va AUC ni muvofiq 60% va 84% ga oshishiga olib keladi. Tsiprofloksasin bilan birga qo'llansh vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin, ropirenolning nojo'ya samaralarini nazorat qilish kerak.
Lidokain
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, lidokain va CYP450 1A 2 ning o'rtacha ingibitori tsiprofloksasinni bir vaqtda qo'llash, lidokainni vena ichiga qilinganda uning klirensini 22% ga tushishiga olib keladi.
Lidokainni tsiprofloksasin bilan bir vaqtda ishlatilishida yaxshi ko'tara olishiga qaramasdan, ularni o'zaro ta'siri xisobiga nojo'ya ta'siri kuchayishi mumkin.
Klozapin
Klozapin va tsiprofloksasin 250 mg dozada 7 kun davomida bir vaqtda qo'llanganida klozapin va N-dezmetilklozapinning zardobdagi kontsentrasiyalari muvofiq 29% va 31% ga oshishi mumkin (uni tsiprofloksasin bilan qo'llash vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin qisqa vakt davomida klozapinning dozalash tartibini to'g'irlash kerak).
Sildenafil
Tsiprofloksasin 500 mg dozada va sildenafil 50 mg dozada bir vaqtda qo'llanganida, sildenafilning Smax va AUC 2 marta oshishi aniklangan. Shu sababli bu majmuani faqat foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin qo'llash mumkin.
Vitamin K antogonistlari
Tsiprofloksasin va vitamina K antagonistlari (misol uchun, varfarin, atsenokumarol, fenprokumon, fluindon) bir vaqtda qo'llanganida antikoagulyant ta'sirini oshishiga olib keladi. Bu samara yondosh infektsiya, yosh va pasientni umumiy axvoliga qarab o'zgarishi mumkin, shuning uchun tsiprofloksasinni Xnn (xalqaro normallashtiruvchi nisbat) oshishiga ta'sirini baxolash qiyinchilik tuG'diradi. Tsiprofloksasin va vitamina K antagonistlari bir vaqtda qo'llanganida Xnn ni tez tez nazorat qilib turish kerak, jumladan birgalikdagi davo tugagandan so'ng qisqa vaqt davomida.
Agomelatin
Klinik sinovlarda ma'lum bo'lishicha, Fluvoksamin CYP450 1A 2 izofermentining kuchli ingibitori bo'lib agomelatin metabolizmini qisman ingibirlaydi, bu esa agomelatinni ta'sirini 60 baravar oshishiga olib keladi. Tsiprofloksasin bilan mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirining klinik ma'lumotlarini yo'qligiga qaramasdan, CYP450 1A2 izofermentining o'rtacha ingibitori, tsiprofloksasin va agomelatin bir vaqtda qo'llanganida bunday o'zaro ta'sirning ehtimolini oldindan ko'ra bilish mumkin.
Zolpidem
Tsiprofloksasin va zolpidemni birgalikda ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki zolpidemni qon plazmasidagi miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.
oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ko'ndalang kesimida oq rangli qatlam ko'rinadi. 250 mg dan dumaloq shakldagi tabletkalar, 500 mg va 750 mg dan oval shakldagi tabletkalar.
Har doim Tsiprofloksasin-Nika ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'ii amal qilgan holda ko'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Ichga qabul qilish uchun tabletkalar. Tabletkalarni ko'p bo'lmagan mikdordagi suyuqlik bilan birga, ovqatdan keyin butunligicha yutish kerak. Tabletkalar och qoringa qabul qilinganida faol modda tezroq so'riladi.
Preparat taxmin qilingan yoki tasdiqlangan infisirlanishdan so'ng qabul qilinadi
Tsiprofloksasin dozasi va davolash davomiyligi kasallikning oG'irligiga infektsiyaning turiga, pasientning yoshiga, vazniga va buyrak faoliyatiga bog'liq.
Kattalar:
Quyi nafas yo'llarining engil va o'rtacha darajali infektsiyalarida - 500 mg sutkada 2 marta.
Davolash kursi - 7-14 kun.
O'tkir sinusitda - 500 mg sutkada 2 marta.
Davolash kursi - 10 kun.
Hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir infektsiyalar (streptokokk pnevmoniya, o'pkaning mukovissidozida takroriy infektsiyalar, suyak va bo'g'imlarning infektsiyalari, septisemiya, peritonit) - 750 mg sutkada 2 marta.
Teri va yumshoq to'qimalarning engil va o'rtacha darajali infektsiyalarida - 500 mg sutkada 2 marta.
Davolash kursi - 7-14 kun.
Suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalarida - engil va o'rtcha darajali - 500 mg sutkada 2 marta.
Davolash kursi - 4-6 hafta.
Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalarida - 500 mg dan sutkada 2 marta
Davolash kursi- 7-14 kun, ayollardagi asoratlanmagan tsistitda - 3 kun.
Surunkali bakterial prostatitda - 500 mg dan sutkada 2 marta
Davolash kursi - 28 kun.
Asoratlanmagan gonoreyada -500 mg bir marta.
Qorin tifida - 500 mg dan 2 marta.
Davolash kursi - 10 kun
Infektsion diareyada -500 mg dan 2 marta.
Davolash kursi - 5-7 kun.
Asoratlangan intraab dominal infektsiyalarda - 500 mg dan xar 12 soatda
Davolash kursi- 7-14 kun
Boshqa infektsiyalarda - 500 mg dan sutkada 2 marta.
Kuydirgining o'pka shaklini oldini olish va davolash uchun - 500 mg dan sutkada 2 marta Davolash kursi-60 kun
Bolalar:
Mukovissidozi bo'lgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashda - 20 mg/kg sutkada 2 marta, (maksimal doza 1500 mg). Davolashning davomiyligi - 10-14 kun.
Kuydirgining o'pka shaklida (oldini olish va davolash) - 15 mg/kg kuniga 2 marta. Maksimal bir martalik doza - 500 mg,
Maksimal sutkalik doza - 1000 mg.
Tsiprofloksasinni umumiy qabul qilishning davomiyligi - 60 kun.
Surunkali buyrak etishmovchiligi:
Surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun preparatning tavsiya qilingan dozalarini jadvali:
|
Kreatinin klirensi |
Doza |
|
>50 |
Dozalashning odatdagi tartibi |
|
30-50 |
500 mg 12 soatda 1 marta |
|
5-29 |
500 mg 18 soatda 1 marta |
|
Gemo - yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlar |
dializdan keyin 500 mg 24 soatda 1 marta |
Siprofloksasin nika tabletkalari 250mg N20 boshqa chiqarish shakllari








