Ташкент
logo
SavatKirish

UROLEKT granulalari 4G N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Urologik dorilar
Ishlab chiqaruvchi:Ind-Swift Limited Off. NH-21, Village Jawaharpur, Tehsil-Derabassi, District S.A.S Nagar (Mohali), Punjab, Indiya
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:G04BC
6 ta dorixonada bor
Narxi 81 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 6 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

UROLEKT granulalari 4G N10 o'xshash dorilari

UROLEKT granulalari 4G N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 paketdan, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramlarda.

Farmakodinamikasi

Natriy bikarbonati kislotalarni neytrallashtiruvchi va siydikda kislota darajasini pasaytiruvchi ishqorlovchi agent. Siydikda yuqori kislotalik yallig'langan qovuqni siydik bilan to'qnashuvi natijasida achishish hissini chaqirishi mumkin. Natriy bikarbonatni asosiy vazifasi – diskomfortni va siydik chiqarishdagi og'riqni engillashtirish. 

Uzum kislotasi kislota komponenti sifatida qo'llanadi, unda bikarbonatni neytrallashtiradi.

Limon kislotasi preparatni yanada tezroq so'rilishiga yordam beradi. So'rilgach alkalozni rivojlanishiga olib keladi. Siydikni ishqorlanishi siydik chiqarish yo'llarida siydik kislotalarini cho'kmaga tushishini oldini oladi. 

Suvsiz natriy tsitrati – antikoagulyant vosita, qonni ivuchanligini pasaytiradi, qonni ishqoriy zahiralarini oshiradi, siydikni ishqorlashtiradi. Sa2+ (plazmadagi IV qon ivish omili) bog'lanadi va gemokoagulyasiyaga imkon bermaydi. Organizmda Na+ kontsentrasiyasini oshiradi. Siydik reaktsiyasini kislotalikdan ishqoriy tomonga o'zgarishida dizurik holatlarni yo'q bo'lishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin natriy bikarbonat me'da kislotasini neytrallashtiradi. Plazmada, siydikda bikarbonat tanqisligi bo'lmagan bikarbonat reaktsiyada qatnashmaydi, u so'riladi, natijada u ishqorlanadi. So'rilgandan keyin natriy tsitrati natriy hosil qilib bikarbonat metabolizga uchraydi. Tsitratni oksidlanishi to'liq va kamida 5% u o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan chiqariladi. Limon kislotasi is gazi va suvgacha metabolizmga uchraydi va faqat vaqtinchalik samaraga ega. Vaqtincha komponent sifatida faoliyat ko'rsatadi. Uzum kislotasi kislota komponenti sifatida bikarbonatni neytrallashtiradi.

Nojo'ya samaralari

Ishtaxani pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, arterial bosimini oshishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Agar preparatni qabul qilgandan keyin ham simptomlari 2 kundan ko'p saqlansa, shifokorga murojaat eting.

Siydikni ishqorlanish extimoli va fosfat toshlarni hosil bo'lish xavfini oshishi tufayli tizimli qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

Qisqa muddat qabul qilinganda kah ishqoriy tomonga siljishi klinik simptomlar bilan kechmaydi, ammo SBE holatni ahamiyatli darajada yomonlashtirishi mumkin. 

Ko'pincha me'da yara kasalligi (sl yo'qotish) bilan birgalikda, kechadigan qusish yaqqol alkalozni yaqqolligini kuchaytirish xususiyatiga ega. SO2 intensiv chiqarilishi miy devorini teshilishini keltirib chiqarishi mumkin. Yondosh yurak yoki buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarda na+ xaddan tashqari ko'p iste'mol qilish va yurak etishmovchiligini chaqiradi. Asidozni muvofiqlashtirish uchun qo'llanilganda kah nazorat qilish zarur.

Qo'llanilishi

siydikni ishqorlashuvi;

dizuriyani simptomatik davolash (bakterial infektsiyalarni xech qanday klinik alomatlari bo'lmagan tsistitda, siydik-chiqarish yo'llarining engil infektsiyalarida diskomfortni kamaytirish uchun);

siydik kislotasi va kaltsiy-oksalat toshlarini eritish va ularni hosil bo'lishini ogoxlantirish uchun;

metabolik asidoz;

siydik-chiqarish yo'llarining infektsiyalarida qo'shimcha davolash sifatida: simptomlarni engillashtirish va antibiotiklar ta'sirini kuchaytirish uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparat tarkibiga sezuvchanlik;

og'ir buyrak etishmovchiligi va u bilan bog'liq bo'lgan oliguriya, azotemiya yoki anuriyali pasientlarda;

Addison kasalligi;

o'tkir suvsizlanishda;

issiqlik tirishishlarida;

miokardni shikastlanishida;

metabolik alkaloz;

natriy tuzi cheklangan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo'llanganda natriy gidrokarbonati ta'siri siydik rn oshishi natijasida amfetaminni siydik bilan chiqarilishi kamayadi.

Natriy gidrokarbonatini litiy karbonatni tavsiya etilgan o'rnatilgan tutib turuvchi dozada qo'llash fonida qon plazmasida litiyni kontsentrasiyasini kamayishi mumkin, bu natriy ionlarini ta'siri bilan bog'liq bo'lishi mumkin. 

Metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanganda Metotreksatni siydik bilan chiqarilishi kuchayadi va natriy gidrokarbonati ta'siri ostida siydik rn oshishi natijasida uning buyraklarga toksik ta'siri kamayadi. Ichga bir vaqtda qabul qilinganda tetrasiklinlarni so'rilishi kamayadi. 

Natriy gidrokarbonati ta'siri ostida siydik rn oshishi natijasida, efedrinni organizmdan chiqarilishini kechikishi kuzatiladi va nojo'ya samaralarini (tremor, xavotirlik, uyquni buzilishi, taxikardiya) rivojlanishi xavfi oshadi.

Ta'rifi

oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan limon ta'mli granulalar

Dozirovkasi

Preparatni qo'llashdan oldin paket ichidagini suvda eritish kerak, shuningdek qo'shimcha tayyor eritmani suv bilan ichish mumkin.

Kattalar: 1-2 paketchani (4-8 g) stakanni to'rtdan uch qismini suvda eritib, kuniga 2-3 marta 5 kun davomida qo'llaniladi.

Bolalar: 6 yoshdan 12 yoshgacha: bir paketchani (4 g) yarim stakan suvda eritib, kuniga 2-3 marta qo'llanadi.

Kekirishdan saqlanish uchun, preparatni to'liq eriganidan so'ng qabul qiling.

Dozani oshirib yuborilishi

Urolekt preparatini dozasini oshirib yuborilish holatlari haqida xabar qilinmagan.

Analoglar UROLEKT granulalari 4G N10
Analoglari yo'q

UROLEKT granulalari 4G N10 savollari

UROLEKT granulalari 4G N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil