VALERIANI nastoyka 25ml

VALERIANI nastoyka 25ml haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Uyquchanlik, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi (ayniqsa yuqori dozalarda qo'llanilganda), uzoq muddat qo'llanilganda - qabziyat bo'lishi mumkin. Alohida hollarda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Kattalar uchun preparatning maksimal bir martalik dozasida 0,32 g mutlaq spirt, kattalar uchun preparatning maksimal sutkalik dozasida 1,3 g mutlaq spirt mavjud. Preparatning bir tomchisida 0,01 g mutlaq spirt mavjud.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Katta dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda psixomotor reaksiyalarning pasayishi mumkin, buni avtotransportni haydashda va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlashda hisobga olish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Surunkali enterokolit, jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat uxlatuvchi vositalar va markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa dori preparatlari, shuningdek spazmolitiklar ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalarga 20-30 tomchidan kuniga 3-4 marta, bolalarga - hayotining har bir yili uchun 1 tomchidan.
Davolash kursi - 4 haftagacha.
Takroriy kurslar shifokor bilan kelishilgandan keyin mumkin.
Hajm/og'irlik
VALERIANI nastoyka 25ml o'xshash dorilari


Valeriani boshqa chiqarish shakllari



















