VALERIANI nastoyka 25ml

VALERIANI nastoyka 25ml haqida qo'llanma
Farmakologik ta'siri
O'simlik kelib chiqishiga ega vosita. O'rtacha ifodalangan sedativ samara chaqiradi. Ta'sir efir moyi tarkibi bilan bog'liq bo'lib, uning katta qismini borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiri tashkil qiladi. Valepotriatlar va alkaloidlar - valerin va xotenin ham sedativ xususiyatlarga ega. Valeriana tabiiy uyqu boshlanishini engillashtiradi. Sedativ samara sekin, ammo ancha barqaror namoyon bo'ladi. Valerian kislotasi va valepotriatlar kuchsiz spazmolitik ta'sirga ega. Bundan tashqari, dorivor valeriana biologik faol moddalari majmuasi o't haydovchi ta'sir ko'rsatadi, MIT shilliq qavati sekretor faolligini kuchaytiradi, yurak ritmini sekinlashtiradi va koronar tomirlarni kengaytiradi. Yurak faoliyatini tartibga solish neyroregulyator mexanizmlar va yurakning avtomatizm va o'tkazuvchanlik tizimiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish orqali amalga oshiriladi. Davolash samarasi tizimli va uzoq muddatli kursli davolashda namoyon bo'ladi.
Nojo'ya samaralari
Alohida hollarda: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; yuqori dozalarda qo'llanilganda - lanjlik, tushkunlik, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Valerianaga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
MNT ga susaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning ta'siri potentsiyalanadi.
Dozirovkasi
Ichishga qabul qilinadi, kattalarga 20-30 tomchidan kuniga 3-4 marta, bolalarga yoshiga mos ravishda (bola necha yoshda bo'lsa shuncha tomchi).
Hajm/og'irlik
VALERIANI nastoyka 25ml o'xshash dorilari



VALERIANI nastoyka 25ml xususiyatlari
Valeriani boshqa chiqarish shakllari


















