VALERIANI nastoyka 25ml

VALERIANI nastoyka 25ml haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Lanjlik, holsizlik, uyquchanlik, tushkunlik, ish qobiliyatining pasayishi (ayniqsa yuqori dozalarda qo'llanilganda), uzoq muddat qo'llanilganda - qabziyat bo'lishi mumkin.
Alohida hollarda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Kattalar uchun preparatning maksimal bir martalik dozasida mutlaq etil spirti miqdori 0,32 g ni, kattalar uchun preparatning maksimal sutkalik dozasida - 1,3 g ni tashkil qiladi. Preparatning bir tomchisida 0,01 g mutlaq etil spirti mavjud.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, bolalar yoshi (1 yoshgacha).
Ehtiyotkorlik bilan
Surunkali enterokolit, jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari, 1 yoshdan oshgan bolalar.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni homiladorlik davrida va emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat uxlatuvchi, sedativ vositalar va markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa dori preparatlari, shuningdek spazmolitiklar ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalarga 20 - 30 tomchidan kuniga 3 - 4 marta,
bolalarga - hayotining har bir yili uchun 1 tomchidan kuniga 1 - 3 marta.
Davolash kursi 4 haftagacha.
Takroriy davolash kurslari shifokor bilan kelishilgandan keyin mumkin.Dozani oshirib yuborishPreparatni tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llashda dozaga bog'liq nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi mumkin.
Davolash - simptomatik.
Hajm/og'irlik
VALERIANI nastoyka 25ml o'xshash dorilari



Valeriani boshqa chiqarish shakllari

















