VINPOSETIN konsentrat 2ml 0,5% N40

Bosh miya qon aylanishining buzilishlarini va migren'ni davolash uchun vosita.
VINPOSETIN konsentrat 2ml 0,5% N40 o'xshash dorilari


VINPOSETIN konsentrat 2ml 0,5% N40 qo'llanmasi
2 ml preparat kuyidagilarni saklaydi:
faol modda: vinpotsetin - 10 mg;
yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, benzil spirti, natriy pirosul'fiti, sorbitol, vino kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Сhiqarilish shakli
Ampulalarda 2 ml dan.
Bosh miya qon aylanishini va bosh miya metabolizmini yaxshilovchi vosita. Fosfodisesteraza faolligini ingibitsiya kiladi, bu tuqimalarida tsAMF to'planishiga yordam beradi. Asosan bosh miya qon tomirlariga nisbatan qon tomir toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu bevosita miotrop spazmolitik ta'sir bilan bog'lik. Tizimli arterial bosim axamiyatsiz darajada pasayadi. Bosh miya to'qimalarida qon bilan ta'minlanishini va mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, trombotsitlarni agregatsiyasini kamaytiradi, qonning reologik xususiyatlarini normallashishiga yordam beradi. Eritrotsitlarni yaqinligini unga kamayishi natijasida glyukozani yutilishini va metabolizmini kuchaytirib kislorodni to'qimalarga transportiga yordam berib bosh miya xujayralarini gipoksiyaga chidamliligini yaxshilaydi. Bosh miya tukimalarida katexolaminlarni miqdorini oshiradi.
Ichga qabul kilinganda me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga taxminan (Smax) 1 soatdan keyin erishiladi. Parenteral yuborilganda vd 5,3 l/kg tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 5 soatni tashkil etadi.
Bosh miya qon aylanishining buzilishlarini va migren'ni davolash uchun vosita.
Infuziya uchuy eritma tayyorlash uchun kontsentrat
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: o'tkinchi arterial gipertenziyasi, taxikardiya; kam xollarda - ekstrasistoliya, korinchalarni qo'zg'alish vaqtini oshishi.
Aritmiyada, stenokardiyada, noturg'un arterail bosimda va qon tomirlarni pasaygan tonusida extiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Odatda parenteral yuborish qoida bo'yicha o'tkir xolatlarida klinik manzarani yaxshilanguniga qadar qo'llaniladi, keyin ichga qabul qilishga o'tiladi. Surunkali kasalliklarda vinpotsetinni ichga qabul qilinadi. Gemorragik tserebral insul'tda fakat qtkir holatlar kamaygandan keyin vinpotsetinni parenteral yuborilishiga yo'l qo'yiladi (odatda 5-7 kun).
Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi Homiladorlikda qo'llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida qo'llash xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Bosh miya qon aylanishining o'tkir va surunkali yetishmovchiligida. Bosh aylanishi, bosh og'rig'i va xotirani buzilishi bilan birga kechadigan, distsirkulyator entsefalopatiyada, posttravmatik entsefalopatiyada. To'r pardaning qon tomirlarini va kuzning qon tomir qavatini kasalliklarida, eshitish qon tomir yoki toksik genezli eshitishini yomanlashuvida, Men'er kasalligida. kelib chiqishi labirint bo'lgan bosh aylanishida, klimaterik sindromida vegeto-qon tomir distoniyasida qo'llaniladi.
Vinpotsetinga yukori sezuvchanlik, xomiladorlikda.
Parenteral qo'llash uchun: og'ir YuIK, aritmiyaning og'ir shakllarida qo'llash mumkin emas.
Varfarin bilan bir vaktda qo'llanilganda varfarinning antikoagulyant ta'sirini kamayishi to'g'risida xabar kilingan.
Vinpotsetin va geparin bir vaqtda parenteral qo'llanilganda qon ketish xavfini oshishi mumkin.
Rangsiz tinik yoki biroz yashil rangli suyuklik.
In'ektsiya ko'rinishida (asosan o'tkir xolatlarda) bir martalik doza 20 mg ni tashkil etadi, yaxshi o'zlashtirilganda dozani 3-4 kun davomida 1 mg/kg gacha oshiriladi; davolash davomiyligi 10-14 kun.
Vinpotsetinni dozasini oshirib yuborilishi to'g'risida ma'lumotlar cheklangan.
Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilish, simptomatik davolash.
VINPOSETIN konsentrat 2ml 0,5% N40 boshqa chiqarish shakllari

















