×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZEROKOLD P tabletkalari N100

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамина малеат
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- BioMedicare (India) Pvt. Ltd
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 Валеант ООО, Россия произведено: Натур Продукт Фарма Сп. З о.о. Polsha
1 800 s`om dan
TROMBO ASS tabletkalari 50mg N30 Валеант,ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH Avstriya
10 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZEROKOLD P tabletkalari N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZEROKOLD-P

ZEROCOLDP

Preparatning savdo nomi: Zerokold-P

Dori shakli: Tabletkalar kontur-uyali o‘ramlarda.

Tarkibi:

Har bir tabletka saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: 500 mg – parasetamol, 30 mg – kofein (suvsiz), 5 mg – fenilefrin gidroxlorid, 2 mg – xlorfeniramin maleat saqlaydi.

yordamchi moddalar: kolloidli kremnezem suvsiz, kraxmalning natriy glikolyati, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: Dumaloq, yassi, oq rangli bo‘luv chizig‘ili tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK va shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol – og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, asosan markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlanishiga sezuvchanligiga ma‘sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta‘sirini kamayishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kofein – parasetamolning og‘riq qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi, bosh miya qon tomirlarining tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat shuningdek orqa miyaning reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta‘sirida miya tomirlari, ayniqsa kengayganida torayadi, ergotaminning so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombositlar agregasiyasini pasaytiradi, me‘daning sekretor faoliyatini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlarini rag‘batlantirib ularning tomirlarini torayishini chaqiradi. Bu esa yallig‘lanish natijasidagi burun yo‘llari shilliq qavatining shishini vaqtinchalik kamaytiradi. Yurakning b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi. Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin.

Xlorfeniramin maleati  allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, u gistaminning ular orqali amalga oshiriladigan ta‘sirini (to‘qimalar shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning ta‘sir samarasini yo‘qotmaydi Qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Umuman preparat antigistamin, og‘riq  qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol uchun: So‘rilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori karbonsuvli ovqat qabul qilinganda esa – sekin. Odatdagi og‘riq qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan preparat dozasining 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Plazmada eng yuqori konsetrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soat, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganda, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi uchun: So‘rilishi – ichga qabul qilinganda va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi tufayli va jigardan birinchi o‘tish samarasi hisobiga biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati uchun: Ichga qabul qilinganda me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soat. Organizmdan buyrak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Quyidagi holatlarni simptomatik davolash:

  • tumov, burunning bitishi (uning shilliq qavatining shishishi oqibatida), bosh og‘rig‘i va isitma bilan kechadigan gripp va shamollash kasalliklari;
  • yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklari;
  • burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida. 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: ½ tabletkadan kuniga 3 marta. Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi. Kamdan-kam hollarda: uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshirib yuborilganda namoyon bo‘ladi), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi, yurak urishi, quloqning shang‘illashi, me‘dada diskomfort yoki og‘riq, teri allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Preparat uzoq qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak faoliyatini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunsiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm va preparat komponentlariga yuqori  sezuvchanlik, emizish, homiladorlik.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Bilvosita antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyasion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining stimulyatorlari, doksapram, rauvolfiya alkaloidlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari, hamda jigar uchun zararli bo‘lgan boshqa dori vositalari, preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalar ta‘sirini susaytiradi.

Antigistamin vositalar bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Sportchilarni ushbu preparatni dopingga qarshi testga ijobiy reaksiya chaqirish qobiliyatiga ega ekanligi to‘g‘risida ogohlantirish lozim. 6 yoshdan kichik bolalarga shifokorni ko‘rsatmasisiz tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlikda qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni oz miqdori sut bilan chiqadi. Shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Davolanish davrida, preparat uyquchanlik va karaxtlik chaqirishi mumkin, shuning uchun, avtomobil haydash yoki boshqa yuqori diqqat talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini qattiqlashishi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (titroqqacha), markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.

Davolash: agar o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish kerak. Shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agarda ko‘p miqdorda sut yoki krem iste‘mol qilingan bo‘lsa va qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki kechroq bo‘lsa ham me‘dani yuvish kerak. Ichga N-asetilsistein (parasetamol bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin antagonisti) buyuriladi.

Chiqarilish shakli

10 ta tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZEROKOLD P tabletkalari N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZEROKOLD P tabletkalari N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZEROKOLD P tabletkalari N100 dori vositasi BioMedicare (India) Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZEROKOLD P tabletkalari N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZEROKOLD P tabletkalari N100 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ZEROKOLD P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамина малеат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
ZEROKOLD P tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамина малеат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZEROKOLD P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамина малеат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
GLOBEKS sirop 100ml
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
GLOBEKS kapsulalar N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
LORKOF sirop 100ml
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
VOVENAK gel 20g
VOVENAK P tabletkalari N100
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
OMAKS 20 kapsulalar 20mg N30
ZEROKOLD P tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамина малеат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
OPTIPRIM suspenziya 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FUNGIKEYR 50 kapsulalar 50mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
FUNGIKEYR 50 kapsulalar 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
FUNGIKEYR 150 kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
MENSTAN tabletkalari 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
MENSTAN krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare (India) Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9