Sildenafil tizimli tomirlarni kengaytiruvchi hususiyatga ega, bu qon bosimini keyingi ketuvchi pasayishiga olib kelishi mumkin, shu sababli Jenagra preparatini buyurishdan oldin yurak-tomir kasalliklari bo'lgan pasientlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida noxush ko'rinishlar havfini sinchkovlab taqqoslash kerak. Tomirlarni kengaytiruvchi vositalarga yuqori beriluvchanlik chap qorinchaning chiqish yo'lini obstruktsiyasi bo'lgan (masalan, aorta stenozi, idiopatik subaortal stenoz) pasientlarda va qon bosimning vegetativ boshqaruvini og'ir buzilishi bo'lgan pasientlarda kuzatiladi.
Preparat buyurilganida:
-miyada qon aylanishini buzilishi yoki oxirgi 6 oy davomida hayotiga havf soluvchi aritmiyalari bo'lgan;
-gipotenziyasi (AB < 90/50) va gipertenziyasi (AB > 170/110) bo'lgan;
-yurak etishmovchiligi yoki nostabil stenokardiya tomonidan chaqirilgan yurak ishemik kasalligi bo'lgan;
-pigmentli retiniti (bu pasientlarning kamchiligida to'r parda fosfodiesterazasini nasliy buzilishi mavjud) bo'lgan
pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 4 soatdan ortiq davom etadigan erektsiya hollari, pasientlar zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak. Agarda priapizm zudlik bilan davolanmasa, orqaga qaytmas impotentsiya rivojlanishi mumkin. Ritonavir bilan bir vaqtda qo'llanganida Jenagra preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ritonavir plazmada sildenafilning kontsentrasiyasini 11 martaga oshiradi. Ritonavir olayotgan pasientlarda nojo'ya ta'sirlarning havfini pasaytirish uchun sildenafilning dozasini kamaytirish kerak. Sildenafil va alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llash, ba'zi pasientlarda arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sildenafilning 25 mg dan yuqori dozasini alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilgandan so'ng, 4 soat davomida qabul qilish mumkin emas. Sildenafilning yuqori dozalari va 4 mg dozada doksazin qabul qilinganida, qabul qilgandan so'ng 1-4 soat davomida postural gipotenziya rivojlanishi mumkin. Qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklari bo'lgan pasientlarda va peptik yarasi zo'rayish davrida bo'lgan pasientlarda sildenafilning havfsizligi noma'lum. Preparat bolalar va 18 yoshgacha o'smirlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Erektsiyaning buzilishini diagnosti qilish, mumkin bo'lgan sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkov instrumental tekshirish o'tkazish kerak. Yurak kasalligi bo'lganda jinsiy faollik ma'lum darajada havf tug'diradi. Shu sababli erektsiyani buzilishi bilan bog'liq har qanday davolashni boshlashdan oldin shifokor yurak-tomir tizimini tekshiruvini o'tkazishi lozim. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy olatning anatomik deformasiyasi bo'lgan pasientlarda (shu jumladan, angulyasiyada, g'ovak tana fibrozida yoki peyron kasalligida) yoki priapizmni rivojlanishiga moyilligi (o'roqsimon-hujayrali anemiya, ko'pchilik mieloma, leykemiya kabilar) bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik maqsadga muvofiq bo'lmagan erkaklar uchun buyurish mumkin emas.
Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish hususiyati.
Jenagra preparatini qabul qilish fonida avtomobil yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga qandaydir salbiy ta'siri kuzatilmagan. Biroq, madomiki preparat qabul qilinganida AB ni pasayishi, xromatopsiyani rivojlanishi, ko'rishni xiralashishi bo'lishi mumkin ekan, transport vositalarini boshqarish, mexanik uskunalarga xizmat ko'rsatish va boshqa potentsial havfli ko'rinishdagi faoliyatlar bilan bog'liq bo'lgan havf haqida pasientlarga axborot berish kerak va ko'rsatilgan holatlarda, ayniqsa davolashning boshlanishida va dozalash tartibi o'zgarganida preparatning shaxsiy ta'siriga e'tibor berish kerak.