Apteka.uz
SavatKirish

Alteyka

Alteyka chiqarilish shakllari

ALTEYKA sirop 90ml
Retseptsiz
ALTEYKA sirop 90ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
- Alteyka qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Alteykaning tarkibi
- Alteyka ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Alteyka narxi Toshkent dorixonalarida

Alteyka qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Ukraina
Nimaga qarshi

Umumiy ma'lumot

QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma

ALTEYKA

ALTEYKA

 

Preparatning savdo nomi: Alteyka Ta‘sir etuvchi modda: Gulxayri ildizining quruq ekstrakti.

Dori shakli: Sirop

Tarkibi:

Faol modda: Gulxayri ildizining quruq ekstraktini (polisaxaridlar miqdorini 20% ga qayta hisoblanganda) – 0,15 g.

Yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat) – 0,12 g, nipazol (propilparagidroksibenzoat) – 0,05 g, qand – 70,0 g, etil spirti 96% – 2,0 ml, tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: Jigarrang-qo‘ng‘ir rangdan qizil-qo‘ng‘ir rangligacha bo‘lgan o‘ziga xos hidli siropsimon suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Gulxayri ildizining ekstrakti asosidagi sirop, asosiy ta‘sir etuvchi modda sifatida polisaxaridlar, shuningdek pektinlar, aminokislotalar va boshqalarni saqlovchi majmuaviy o‘simlik preparatidir. Preparat bronxosekretor, balg‘am ko‘chiruvchi, o‘rab oluvchi ta‘sirlarga ega. Me‘da shilliq qavatining reseptorlariga kuchsiz qitiqlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, bronxial va so‘lak bezlarining sekresiyasini reflektor rag‘batlantiradi. Balg‘amni hosil bo‘lishini, uning reologik (yopishqoqlik, elastiklik, adgezivlik) xususiyatlarini me‘yorlashtirib, faollashtiradi, bronxiallarning peristaltik harakatini va bronxlarning lipillovchi epiteliyni motor faoliyatini kuchaytirib, balg‘amni chiqarilishiga yordam beradi. Preparatning o‘simlik polisaxarid shillig‘i me‘da shilliq qavatini o‘rab olib, sitoprotektor va yallig‘lanishga qarshi samaralarni chaqiradi, to‘qimalarning regenerasiyasiga yordam beradi. Me‘da sekresiyasini kamaytiradi. Me‘da shirasining kislotalili muhiti qanchalik yuqori bo‘lsa, gastroprotektor ta‘siri shunchalik kuchli va davomliroq bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari: laringitlar, traxeitlar, bronxitlar, bronxial astma, ko‘kyo‘tal. Gastritlar, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning me‘da shirasining yuqori kislotaliligi bilan kechuvchi yara kasalligi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Preparat ovqatdan oldin buyuriladi: kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga sirop 1 osh qoshiqdan sutkada 4-6 marta buyuriladi.

6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat 1 desert qoshiqdan (10 ml sirop) sutkada 4-6 marta buyuriladi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kerakli miqdordagi sirop oz miqdordagi qaynagan suvda (10-15 ml yoki 2-3 choy qoshiqda) suyultiriladi:

2 dan 6 yoshgacha – sirop 5 ml dan sutkada 4-6 marta;

1 dan 2 yoshgacha – 2,5 ml dan sutkada 3-4 marta;

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi davolashning samarasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi va u odatda 7-14 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiya (qo‘llashdagi tajribalar yo‘qligi tufayli).

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

O‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Dori vositasini qo‘llash qoidasini buzish mumkin emas.

Qandli diabetda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tajribasi to‘g‘risida ma‘lumot yo‘q.

Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Bolalar.

Preparat 2% spirt (1 ml siropda – 0,02 ml spirt) saqlaydi, shuning uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashdan oldin qaynagan suvda suyultiriladi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari noma‘lum.

Chiqarilish shakli

Sirop 50 ml, 90 ml, 100 ml dan flakonlarda.

  Yaroqlilik muddati

2 yil.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakonni ochilganidan keyin, (4-8)0S haroratda 14 sutka davomida saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Alteyka preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Alteyka narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
6 000 so'm
Bron qilish
Orient Biopharm
Chilonzor tumani, 10 daha, 2 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 07:30-00:00
6 000 so'm
+03 №12
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'chasi, 152A-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
6 000 so'm
Top-Pharm №7
Sergeli tumani, Yangi sergeli, 2A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
6 200 so'm

Alteyka barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Alteyka haqida savollar

Alteyka haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil