Ampitsillin
Ampitsillin chiqarilish shakllari

Ampitsillin haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Sezgir qo'zg'atuvchilar chaqirgan turli joylashuvli bakterial infektsiyalar: — nafas olish a'zolari infektsiyalari (sh.j. pnevmoniya, o'pka xo'ppozi, surunkali bronxit, plevra empiemasi); — LOR-a'zolari infektsiyalari (sh.j. sinusit, tonzillit, o'rta otit); — siydik chiqarish yo'llari va jinsiy a'zolar infektsiyalari (pielonefrit, pielit, tsistit, uretrit, prostatit, endometrit); — o't chiqarish yo'llari infektsiyalari (xoletsistit, xolangit); — teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatitlar); — MTY infektsiyalari (dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchanlik); — suyak va bo'g'imlar infektsiyalari; — septik endokardit; — meningit; — sepsis; — peritonit; — skarlatina; — gonokokk infektsiyasi; — qorin bo'shlig'i va kichik tos a'zolarida operatsiyalarda operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlarga), yuqumli mononukleoz, limfoleykoz, jigar yetishmovchiligi, anamnezda OIT kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq kolit), laktatsiya davri, bolalar yoshi (1 oygacha).
Tarkibi
- ampitsillin natriy tuzi (ampitsillinga qayta hisoblanganda) -1,0 g 1 tab. ampitsillin (trigidrat shaklida) 250 mg yordamchi moddalar: kraxmal, magniy stearati, rux 1 tab. ampitsillin trigidrati 250 mg 1 tabletka saqlaydi: ta'sir etuvchi modda – ampitsillin (ampitsillin trigidrati ko‘rinishida) - 250 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearati, kroskarmelloza natriy. 1 fl. ampitsillin (natriy tuzi shaklida) 1 g sulbaktam (natriy tuzi shaklida) 500 mg ampitsillin (natriy tuzi shaklida) 250 mg Ampitsillin natriy /ampitsillinga qayta hisoblanganda/ 1000mg Ampitsillin natriy tuzi 0,5g Ampitsillin trigidrati 0,25; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, polivinilpirrolidon, talk, magniy stearati Ampitsillin trigidrati 250mg; yordamchi moddalar (kraxmal, magniy stearati yoki kaltsiy stearati, talk). Ampitsillin trigidrati; yordamchi moddalar: kraxmal, magniy stearati yoki kaltsiy stearati, talk
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ishtahaning pasayishi, diareya, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi; kamdan-kam hollarda - soxtamembranoz enterokolit. Qon yaratish organlari va gemostaz tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya. Asab tizimi tomonidan: uyquchanlik, holsizlik, bosh og'rig'i. Laboratoriya ko'rsatkichlari: azotemiya, mochevina kontsentratsiyasining oshishi, giperkreatininemiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri giperemiyasi, angionevrotik shish, rinit, kon'yunktivit, isitma, artralgiya, eozinofiliya, kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok. Mahalliy reaktsiyalar: m/o yuborilganda - in'ektsiya joyida og'riqlilik; v/i yuborilganda - flebit. Boshqalar: uzoq muddat davolanganda - preparatga chidamli mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan superinfektsiya (kandidoz).
Dozirovkasi
- 0,25 g 0,25g, 0,5g 0,5 g 1 g 1,0 g + 0,5 g 1000 mg 1g, 2g 250 mg 250mg 250mg/5ml 500 mg
Dori shaklining ta'rifi
- Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun oq rangli, gigroskopik kukun. Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oqdan biroz sarg'ish tusli oq ranggacha bo'lgan kukun, gigroskopik tabletkalar oq rangli tabletkalar oq rangli tabletkalar, yassi-tsilindrik, chiziqchali va faskali.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMPISILLIN 250 mg
AMPICILLIN 250 mg
Preparatning savdo nomi: Ampisillin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ampisillin (ampisillin trigidrati ko‘rinishida).
Chiqarilish shakli: Tabletkalar 250 mg dan, alyumin folga va PVX plyonka blisterlarda.
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi:
Faol modda: ampisillin trigidrati 250 mg;
Yordamchi moddalar: kraxmal, talk, dekstrin, magniy stearati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (penisillinlar guruhi).
Farmakologik xususiyatlari
Ampisillin – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan yarimsintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik. Mikroorganizmlar hujayrasi devorining sintezini to‘xtatib bakterisid ta‘sir qiladi. Penisillinaza ta‘siri ostida parchalanadi. Kislotaga chidamli.
Preparatga quyidagi mikroorganizmlar doimo sezgir: penisillinaza ishlab chiqarmaydigan Streptococci A, B, C, F, G; Str. pneumonia, L. monocytogenes, Corynebacterium diphtheria, Erysipelothrix rhusopathiae, Eikenella corrodens, N. meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema doimo sezgir emaslar; Enterococcus faecalis, E. coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H. influenzae, N. gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella spp. chidamli: Staphylococcus spp., B. catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C. diversus, C. freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y. enterocolitica., Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.
Farmakokinetikasi
Preparat ichga qabul qilinganida me‘daning kislotali muhiti ta‘sirida parchalanmaydi, qonga yaxshi so‘riladi. Ovqat preparatning so‘rilishini susaytiradi. Qabul qilinganidan so‘ng taxminan 1,5–2 soat o‘tgach plazmadagi eng yuqori konsentrasiyasiga erishiladi. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga kiradi, terapevtik konsentrasiyalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, o‘t-safroda aniqlanadi. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, ona sutiga chiqariladi Yarimchiqarilish davri taxminan 1 soat, anuriyada bu davr 12–20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori miqdori aniqlanadi. Preparat qayta qabul qilinganida, organizmda to‘planib qolmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq vaqt qabul qilish imkoniyatini beradi.
Qo‘llanilishi
Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar, quloq, burun, tomoq infeksiyalari, odontogen infeksiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqatdan 0,5 – 1 soat oldin qabul qilinadi. O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi infeksiyalarda, kattalar uchun buyuriladigan o‘rtacha sutkalik doza 2 – 3 g, og‘ir infeksiyalarda – 10 g, meningitda – 14 g. Bolalarga preparat tana vazniga 50 – 100 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu sutkada 0,25 – 0,75 g, 1 yoshdan 6 yoshgacha – sutkada 0,75 – 1,5 g, 6 yoshdan 15 yoshgacha – sutkada 1,5 – 2 g ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 2 – 4 qabulga, meningitda 6 – 8 qabulga bo‘linadi. Gonokokkli uretrit bundan istisno, unda 3,5 g ichga bir qabulda buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi odatda 5 – 10 kunni tashkil qiladi, o‘tkir pielonefritda 2 – 3 hafta, surunkali pielonefritda – 6 oydan ko‘proq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, kon‘yunktivit; kam – isitma, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eozinofiliya; juda kam anafilaktik shok). Markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda juda katta dozalarda qo‘llanganida), dispepsik holatlar (diareya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish), kandidoz, ichak disbakteriozi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mutloq: penisillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari, miasteniya, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatga sezgir bo‘lmagan shtammlar, ayniqsa psevdomonadalar va stafilokokklar chaqirgan infeksion kasalliklar.
Nisbiy: sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezdagi allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki eshakemi, infeksion mononukleoz, limfoleykozdagi ikkilamchi infeksiyalar, homiladorlik va laktasiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bakteriostatik antibiotiklar (tetrasiklin, xloramfenikol, eritromisin va boshqalar) bilan bir vaqtda yuborilganida o‘zaro antagonizm yuzaga keladi. Aminoglikozid antibiotiklar bilan preparatning mikroblarga qarshi ta‘sirini samarasida sinergizm kuzatiladi. Probenesid bilan birga qo‘llanganida, u preparatni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi va qon zardobida uning miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan qo‘llanganida preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasini paydo bo‘lish tez–tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontraseptivlarning ta‘sirini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va desensibilizasiyalovchi davolashni o‘tkazish kerak. Sepsisli bemorlarda bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin. Uzoq vaqt davolashda holsizlangan bemorlarda, preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburug‘lar, grammanfiy mikroblar) chaqirgan superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarga preparat bilan davolanish davrida V guruhi va S vitaminlarini, zarurati bo‘lganida, nistatin va levorinni buyurilishi lozim. Bronxial astma, pichan isitma va boshqa allergik kasalliklarda, kerakli hollarda preparat bilan bir vaqtda desensibilizasiyalovchi vositalar qo‘llanadi.
Preparat qo‘llanganida buyraklar, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak. Preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi:
Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co., Ltd.
Xususiy iqtisodiy hudud, Sinyan,
Yandjou sh., Shandong, 272100, XXR

- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)