Apteka.uz
SavatKirish

Anestezol

Anestezol chiqarilish shakllari

Anestezol rektal suppozitorialar N10
Retseptsiz
Anestezol rektal suppozitorialar N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•98 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
- Anestezol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Anestezolning tarkibi
- Anestezol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Anestezol narxi Toshkent dorixonalarida

Anestezol haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

ANESTEZOL®

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi: Anestezol®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi: Benzokain+Vismut subgallat+Rux oksidi+[Levomentol]&

Dori shakli: rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

Bir suppozitoriy saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: benzokain – 100,0 mg, vismut subgallati – 40,0 mg, levomentol – 4,0 mg, rux oksidi – 20,0 mg;

yordamchi moddalar: polietilenoksid asosi: (makrogol 1500 – 95%), makrogol 400 – 5%) – 2,60 g gacha vaznli suppozitoriy olinguncha.

Ta‘rifi:

Sariq yoki yashilroq-sariq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriy.

Farmakoterapevtik guruhi: Gemorroyni davolash vositasi.

ATX kodi: C05AD03.

 

Farmakologik ta‘siri

Majmuaviy preparat, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, antiseptik, burushtiruvchi va qurituvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Gemorroy, orqa yo‘lining yoriqlari.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar (12 yoshgacha).

 

Homiladorlik va laktasiya

Anestezol® preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin, agar ona uchun potensial foyda, bola yoki homila uchun xavfdan yuqori bo‘lganida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal, ichak tozalovchi xo‘qna yoki o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 1-2 marta.

 

Nojo‘ya samaralari

To‘g‘ri ichakni achishishi, surgi samarasi, allergik reaksiyalar.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Anestezol® preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Gemorroy, orqa chiqarish teshigi yoriqlari

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri.

Tarkibi

  • benzokain (anestezin) - 0,1 g, vismut subgallat (dermatol) - 0,04 g, levomentol (L-mentol) - 0,004 g, rux oksidi (rux oksidi) - 0,02 g; Yordamchi moddalar: polietilenoksid asosi: makrogol 1500 (polietilenoksid 1500), makrotel 400 (polietilenoksid 400) - 2,60 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda

Farmakologik ta'siri

Mahalliy terapiya uchun majmuaviy preparat – mahalliy og'riqsizlantiruvchi, yallig'lanishning oldini oluvchi, burishtiruvchi va qurituvchi ta'sir bilan tavsiflanadi

Nojo'ya ta'sirlar

  • Orqa chiqarish teshigida achishish, surgilik ta'siri, allergik reaktsiyalar

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Anestezol® preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin, agar ona uchun potentsial foyda, bola yoki homila uchun xavfdan yuqori bo‘lganida qo‘llanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshib ketish xolatlari tug‘risida ma'lumotlar yo‘k.

Dori shaklining ta'rifi

  • Rektal suppozitoriylar

Maxsus ko‘rsatmalari

Agar davolanish paytida kasallikning mavjud belgilari kamaysa yoki yangi g‘arioddiy sezgilar paydo bo‘lsa, siz shifokor bilan maslaxatlashingiz kerak.

Preparatni qo‘llashda anal soxasining gigiyenasini kuzatib borish, ortiqcha stressdan qochish, axlatning yumshoq konsistentsiyani saqlab qolish uchun choralar qolish uchun choralar ko‘rish kerak.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Rektal, ichak tozalovchi xo‘qna yoki o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 1-2 marta.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Anestezol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Anestezol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish

Anestezol haqida savollar

Anestezol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 2 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil