Atsetning aptekalardagi narxlari
ASETIL SALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
|
|
3 ta dorixonada bor
|
1 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO tabletkalari 100mg N30
|
|
9 ta dorixonada bor
|
7 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA UBF tabletkalari 500mg N10
|
|
21 ta dorixonada bor
|
1 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
1 200 so'mdan
Bron qilish
|
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10
|
|
20 ta dorixonada bor
|
1 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
1 500 so'mdan
Bron qilish
|
ASETILSALISILOVAYA KISLOTATA tabletkalari 0,5g N10
|
|
11 ta dorixonada bor
|
1 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASETILSALISILOVAYA K TA tabletkalari 0,5g N10
|
|
102 ta dorixonada bor
|
1 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
1 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
2 500 so'mdan
Bron qilish
|
ASETILSALISILOVAYA KISLOTATA KARDIO tabletkalari 100mg N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
8 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASETILSALISILOVAYA K TA UBF tabletkalari 0,5g N10
|
|
23 ta dorixonada bor
|
1 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
2 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
2 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASETILSALISILOVAYA K TA tabletkalari 0,5g N20
|
|
3 ta dorixonada bor
|
4 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASETILSALISILOVAYA K TA KARDIO tabletkalari 100mg N30
|
|
4 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N20
|
|
4 ta dorixonada bor
|
4 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASETILSISTEIN ROMFARM tabletkalari 600mg N12
|
|
7 ta dorixonada bor
|
55 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Atset ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASET
ASET
Preparatning savdo nomi: ASET
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): asetilsistein+askorbin kislotasi
Dori shakli: apelsin ta‘mli ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
faol moddalar: asetilsistein – 200 mg, askorbin kislotasi – 25 mg;
yordamchi moddalar: qand, natriya saxarin, quruq apelsin aromatizatori.
Ta‘rifi: apelsin xidli, konglomeratlarsiz, oq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: Mukolitik vosita.
ATX kodi: R05CB01
Farmakologik xususiyatlari
Preparat balg‘amni suyultiradi, uning hajmini oshirib chiqarilishini osonlashtiradi, balg‘amni ko‘chishiga yordam beradi, shuningdek yallig‘lanish ko‘rinishlarini kamaytiradi. Asetilsisteinning ta‘siri uning sulfgidril guruhlarini balg‘amning kislotali mukopolisaxaridlarining disulfid bog‘larini uzish hususiyati bilan bog‘liq, bu mukoproteidlarni depolyarizasiyasiga va shilliqni qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Natijada mukosiliar klirens oshadi va balg‘amni ko‘chishi yaxshilanadi. Yiringli balg‘am bo‘lganda ham faolligini saqlaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda preparat me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Keyinchalik asetilsisteinning metabolizmi diasetilsisteinni va faol metaboliti – sisteinni hosil bo‘lishi bilan jigarda kechadi. Metabolizmining oxirgi maxsuloti – aralash disulfidlardir. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 50% gacha (ichga qabul qilingandan keyin 4 soatdan so‘ng). Ichga qabul qilinganda maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 1-3 soatdan keyin erishiladi. Gematoplasentar to‘siq orqali o‘tadi va homila atrofi suvlarida to‘planishi mumkin.
Nofaol metabolitlar siydik bilan chiqariladi (anorganik sulfatlar, diasetilsistein), biroq asetilsisteinning oz miqdori o‘zgarmagan holda axlat bilan chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Nafas a‘zolarining yopishqoq balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi kasalliklari va holatlari: o‘tkir va surunkali bronxit, traxeit, pnevmoniya, bronxoektatik kasallik, bronxial astma, bronxlarni shilliq bilan tiqilib qolishi oqibatidagi atelektaz, o‘tkir va surunkali sinusit (sekretni ko‘chishini osonlashtirishi uchun), o‘rta otit, mukovissidoz (majmuaviy davolash tarkibida), laringit, posttravmatik va operasiyadan keyingi holatlarda nafas yo‘llarida yopishqoq sekretni bo‘lishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni ichga qabul qilish uchun eritma ko‘rinishida, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Buning uchun kukunli (apelsin hidli) paketchani 1 stakan suvda, sharbatda yoki sovuq choyda eritish kerak.
Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlarga preparatni 200 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 100 mg dan (1/2 paketchadan) sutkada 3 marta yoki 200 mg dan (1 paketchadan) sutkada 2 marta, 2 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 100 mg dan (1/2 paketchadan) sutkada 2 marta qabul qilish tavsiya qilinadi. Mukovissidozda 6 yoshdan katta bolalarga preparatni 200 mg dan (1 paketchadan) sutkada 3 marta, 2 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – preparatni 100 mg dan (1/2 paketchadan) sutkada 4 marta buyuriladi. Tana vazni 30 kg dan katta bo‘lgan pasientlarga mukovissidozda, zarurat bo‘lganida dozani sutkada 800 mg (4 paketcha) gacha oshirish mumkin. O‘tkir shamollash kasalliklarida qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi. Surunkali bronxitlarda va mukovissidozda infeksiyalarni oldini olish uchun preparatni uzoqroq qabul qilish kerak. Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me‘dani to‘lib qolish hissi, og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatini yallig‘lanishi.
Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi, bronxospazm.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: asetilsisteinning yuqori dozalarini buyurish fonida protrombin vaqtini pasayishi (qon ivish tizimi holatini kuzatish zarur) salisilatlarni miqdorini aniqlash testi (kolorimetrik test) va ketonlarni miqdorini aniqlash testi (natriy nitroprusussidi bilan o‘tkaziladigan test) natijalari o‘zgarishi mumkin.
Boshqalar: kam hollarda – burundan qon ketishi, quloqlarda shovqin, yurak urishini tezlashishi, bosh og‘rig‘i.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, balg‘amni quyuqlashuvisiz bo‘lgan bronxial astma, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayishi bosiqichidagi yara kasalligi, qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, gepatit va buyrak yetishmovchiligi (pediatriyada), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Asetilsisteinni buyrak usti bezini kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Asetilsisteinni yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish, yo‘tal refleksini susaytirishi tufayli balg‘amni dimlanib qolishini kuchaytirishi mumkin.
Antibiotiklar bilan (shu jumladan, tetrasiklin, ampisillin, amfoterisin V bilan) bir vaqtda qo‘llanganda asetilsisteinning tiol guruhining faolligini kamayishi bilan kechuvchi o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin. Asetilsistein parasetamolning gepatotoksik ta‘sirini kamaytiradi. Nitrogliserin bilan qo‘llanishi nitrogliserinning qon tomirni kengaytiruvchi ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik vaqtida va emizishda, preparatni faqat ko‘rsatmalarga muvofiq, shifokorning kuzatuvi ostida, va ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potensial xavfdan ustun hollardagina buyurish mumkin.
Asetilsisteinni bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda ishlatilganda balg‘amni drenajini (chiqarilishini) ta‘minlash zarur. Uzoq vaqt qo‘llanganda jigar, buyrak va buyrak usti bezlarining funksiyasini nazorat qilish kerak. Preparatni qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga buyurilganda, preparat saxarozani saqlashini hisobga olish kerak.
Asetilsistein va antibiotiklarni qabul qilish orasidagi 1-2 soatlik intervalga rioya qilish kerak. Preparatni eritganda shisha idishdan foydalanish, metallar, rezina bilan kontaktidan saqlanish zarur.
Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diareya, qusish, me‘dada og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi va ko‘ngil aynishi.
Davolash: Simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Apelsin ma‘zali kukun sashe-paketchalarda 3 g dan 5, 10, 20, 25 yoki 50 sashe-paketchalardan karton qutilarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, bolalar ololmaydigan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Tayyor eritma sovutgichda (2-8ºS haroratda) ko‘pi bilan 12 kun saqlash mumkin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari