Ташкент
logo
SavatKirish

AYKROL

AYKROL chiqarish shakllari

AYKROL ko'z tomchilari 10ml 4%
AYKROL ko'z tomchilari 10ml 4%
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•110 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
- AYKROL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- AYKROLning tarkibi
- AYKROL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- AYKROL narxi Toshkent dorixonalarida

AYKROL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AYKROL

EYECROL

Preparatning savdo nomi: Aykrol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy kromoglikati

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 40 mg natriy kromoglikati;

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, polisorbat 80, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan allergiyaga qarshi preparatlar.

ATX kodi: S01GX01

Farmakologik hususiyatlari

Aykrol – allergiyaga qarshi vosita bo‘lib, uning tarkibiga kromoglisil kislotasining dinatriyli tuzi kiradi. Terapevtik samarasi, semiz xujayralarni degranulyasiyasiga va ulardan gistamin, bradikinin, leykotrienlar (shu jumladan anafilaksiyani sekin boshqaruvchi substansiyasini), prostaglandinlar va boshqa biologik faol moddalarning ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladigan, kromoglisil kislotasini membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘siriga bog‘liq. Aykrol preparati profilaktik qo‘llanganda ko‘proq samaralidir, chunki allergik va yallig‘lanish reaksiyalarning rivojlanishini oldini oladi. Ko‘zning allergik kasalliklarida to‘liq klinik samara bir necha kun yoki hafta davomida kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

  • allergik kon‘yunktivit (o‘tkir, surunkali, bahorgi);
  • allergik keratit va keratokon‘yunktivit;
  • «quruq ko‘z» sindromi;
  • ko‘zlarni allergik reaksiyalar (atrof-muhit omillari, kasbiy zararliklar, maishiy kimyo vositalari, kosmetik vositalar, oftalmologik dori shakllari, o‘simlik va uy hayvonlari) bilan bog‘liq zo‘riqishi va toliqishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va bolalarga 4% li eritma har ikkala ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 4-6 marta bir vaqt oralig‘ida tomiziladi (klinik samaraga                                                    erishilganda qo‘llashlar orasidagi interval asta-sekin uzaytiriladi).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qisqa muddatli achishish va ko‘rishni buzilishi, kon‘yunktivani giperemiyasi va shishi, ko‘zni yoshlanishi, ko‘zda yot jismlarni xis qilish, ko‘zning atrofini qurishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tarkibida glyukokortikosteroidlarni saqlaydigan oftalmologik preparatlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Aykrolni faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar ko‘z tomchilari uzoq vaqt qo‘llanganidan keyin kon‘yunktivaning giperemiyasi davom etsa yoki kuchaysa, u holda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Kontakt linzalar ishlatilganida eritmani tomizishdan oldin ularni yechish va preparat tomizilganidan keyin 15-20 minut o‘tgach taqish lozim.

O‘ramining ichidagisi mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomizgich uchini biror-bir yuzaga tegishidan ehtiyot qilish kerak.

Har safar ishlatilganidan keyin flakonni darhol yopish kerak. Pipetka uchi bilan ko‘zga tegish mumkin emas.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda, preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatdagina Aykrol ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada ishlatilishi

4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Aykrol preparatini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Tomchilar tomizilgan zahoti, ko‘rish o‘tkirligi noaniq bo‘lishi mumkin, bu avtomobilni boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aykrol preparatining dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yuq.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 10 ml dan tiqin tomchilagich va himoya xalqasi o‘rnatilgan, buraladigan himoya qalpoqchali plastik flakonlarda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

AYKROL narxlari

AYKROL barcha rasmlari

Barcha rasmlar

AYKROL savollari

AYKROL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil