Ташкент
logo
SavatKirish

Bakido

Bakido chiqarish shakllari

Bakido eritma 100ml
Retseptli
Bakido eritma 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
JEDUX PARENTERALS PVT.LTD.
- Bakido qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Bakidoning tarkibi
- Bakido ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Bakido narxi Toshkent dorixonalarida

Bakido qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat va uning komponentlariga yukori sezuvchanlik; tutkanokda, anamnezida Markaziy nerv tizimini shikastlanishida (xususan, bosh miya jarohatidan, insultdan yoki Markaziy nerv tizimidagi yallig'lanish jarayonlaridan keyingi) qo'llash mumkii emas.

Preparatni bolalarga, o'smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki Bakidoni bu guruh bemorlarda qo'llashning xavfsizligi bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'k.

Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ofloksasin - 200,0 mg; ornidazol - 500,0 mg;

yordamchi moddalar: natriya xloridi, trilon B, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Bakido majmuaviy dori vositasidir.

Ofloksasin - ftorxinolon guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga karshi vosita. Boshqa ftorxinolonlar kabi ofloksasinning bakterisid ta'siri, uning DNK-giraza bakterial fermentni bloklash qobiliyati bilan bog'liq.

Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega: u ko'pchilik grammanfiy - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metisilinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflorani ham qo'shib) bakteriyalarga nisbatan faol.

Shuningdek preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia lar ham sezgir. Preparatga: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulez mikobakteriyalari, shuningdek Mycobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella doimiy bo'lmagan sezgirlikka ega

Anaerob bakteriyalar (V. urealiticusdan tashkari), Treponema pallidum, viruslar, zamburug'lar va bir hujayralilar dori vositasiga sezgir emas.

Ornidazol - protozoylarga qarshi va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek ayrim Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol.

Ta'sir mexanizmi bo'yicha ornidazol – nitroguruhni tiklash va ferridoksinlar guruhi oksillarni nitrobirikmalar bilan o'zaro ta'sirini tezlashtirish qobiliyatiga ega ferment tizimi bo'lgan mikroorganizmlarga nisbatan tanlab ta'sir qiluvchi DNK-trop preparatdir. Preparatni mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmdagi nitroreduktaza ta'siri ostida nitroguruhini tiklanishi va tiklangan nitroimidazolni faolligi bilan ifodalanadi. Tiklanish mahsulotlari DNK degradasiyasini chaqirib, u bilan kompleks hosil qiladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparat metabolizmining maxsulotlari tsitotoksik xususiyatlariga ega va xujayra nafasi jarayonlarini buzadi

Farmakokinetikasi

Ofloksasin tez va deyarli to'liq so'riladi. Preparatning Biokiraolishligi deyarli 100% ga etadi.

Ofloksasinning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 0,5-1 soatdan so'ng aniqlanadi. Yarim chikarilish davri 5-7 soatni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 90% buyraklar orkali o'zgarmagan xolda chikariladi, yuborilgan miqdorining taxminan 5% metabolizmga uchraydi. Ornidazol organizmning safro, so'lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyukligi (qon plazmasidagi kontsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to'qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko'pchilik to'qimalari va biologik suyukliklarida taksimlanadi. Plazma oksillari bilan bog'lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksilizasiya, oksidlanish va glikozilizasiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o'zgarmagan holda va metabolitlari ko'rinishida 5 sutka davomida chikariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni xomilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Dozirovkasi

Preparatning dozasi infektsiyaning turi va oG'irligiga boG'liq. Kattalar uchun kuniga 100 ml dan 400 ml gachani tashkil etadi. Ofloksasinii 200ml gacha sutkalik bir martalik doza sifatida buyurish mumkii (ertalab qabul kilish uchun).

Tavsiya qilingan dozalari:

Nafas yo'llarining, shuningdek tomoq, quloq va burun infektsiyalarida sutkada 200 ml (og'ir hollarda sutkada 300-400 ml gacha)

Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalarida-sutkada 200 ml

Suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalarnda-sutkada 200 ml

Qorin bo'shligining infektsiyalarida-sutkada 200 ml

Bakternal enteritda-sutkada 200 ml

Yukori siydik chiqarish yo'llari va jinsiy a'zolarning infektsiyalarida sutkada 200 ml

Quyi siyDik chiqarish yo'llarining asoratsiz infektsiyalarida-sutkada 100 ml.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tirishishlar; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi va qusish, shilliq qavatlarning eroziyasi.

Davolash: simptomatik. Spesifik antidoti yo'q

Maxsus saqlash sharoitlari

Bakido bilan davolash vaqtida fotosensibilizasiya xavfining mavjudligi sababli bevosita kuyosh nurlarining tushishidan, ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishdan (simob-kvars lampalari, solyariy) saklanish kerak. Bakido ambulator bemorlarda pnevmoniyani davolashda qo'llanuvchi birinchi kator dori vositasi hisoblanmaydi (pnevmoniyaning qo'zg'atuvchisi ko'pincha -pnevmokokk).

Nojo'ya ta'sirlari, ayniqsa nerv tizimi tomonidan, allergik reaktsiyalar rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish lozim.

Bakido bilan davolashda diareyaning kuchayishi soxtamembranoz kolitning belgisi bo'lishi mumkin. Bu asoratni rivojlanishiga shubha bo'lsa, Bakido qabul qilinishini tezda to'xtatish va shoshilinch antibakterial davolanish buyurish kerak (ichga - vankomisin yoki metronidazol). Ichak peristaltikasini kamaytiruvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas. Buyraklar faoliyatini buzilishi yoki jigarning ogir shikastlari (tsirroz) bo'lgan bemorlarda preparatning o'rtacha sutkalik dozasini (200 ml) oshirmaslik kerak.

Bakidoni uzok muddat qabul qilganda ikkilamchi infektsiyani rivojlanish xavfi mavjud (preparatga rezistent mikroorganizmlarni o'sishi sababli). Agar davolash vaqtida ikkilamchi infektsiyaning rivojlanish xavfi tug'ilsa, muvofiq choralar ko'rilishi lozim.

Preparatalkogol bilan nomutanosib!

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antasid yoki tarkibida temir saklovchi vositalar bilan birga qabul kilinganida, Bakidoning samaradorligi pasayadi, shuning uchun dori vositasi yuqorida keltirilgan vositalarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul kilinganidan keyin 2 soat o'tgach qabul qilinadi. Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) bilan birga qabul qilinganida, tirishishlarning xavfi oshadi.

Probenesid, tsimetidin, furosemid va metotreksat chikarilishini tormozlab, toksikligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning kontsentrasiyasini oshiradi. Geparin saklovchi eritmada aralashtirish mumkin emas (presipitasiya xavfi mavjud).

Bakido kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiya qiluvchi ta'sirini uzaytiradi.

Sotish shartlari

retsept bo'yicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

100 ml dan zichligi past bo'lgan PE polimer flakonlarda. 1 flakon karton qutiga tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan joylashtirilgan.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak tizimi tomonidan: og'izda metall ta'mi va og'izni qurish, ko'ngil aynishi, korinda og'irlik va og'riq, ishtaha yo'qolishi, diareya, kusish,

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og'rigi, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakat koordinasiyasini buzilishi, vaktinchalik xushdan ketish, toliqish, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari;

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonini kamayishi kuzatiladi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pantopeniya);

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya,

Boshqalar: qonda kreatinin darajasini oshishi, jigar fermentlari, bilirubin faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya;

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, ko'p shaklli eritema;

Boshqa nojo'ya ta'sirlari: gipoglikemik dori vositalarini kabul kilayotgan kandli diabeti bo'lgan bemorlarda gipoglikemiya

Qo'llanilishi

Preparatga sezgir qo'zg'atuvchilar (mikroorganizm va sodda hayvonlar) chakirgan aralash infektsiyalarni davolashda:

— siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o'tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik yo'llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari;

— penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chakirgan jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar;

- Haemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo'zg'atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, Klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Pseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo'llarining o'tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniya);

- qorin bo'shlig'i a'zolari va o't-chiqarish yo'llarining infektsiyalari, shuningdek amebiaz — ameb dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellyoz, shigelez;

- qulok, tomoq va burunning surunkali va qaytaluvchi infektsiyalarida, agarda ular grammanfiy qo'zg'atuvchilar (shu jumladan Pseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo'lsa;

- og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari, o'tkir nekrotik yarali gingivit,

- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;

- suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari;

- immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish;

- jarroxlik infektsiyalarini, ayniksa gastroenterologiyala, operasiyadan oldingi profilaktika yoki operasiyadan keyingi davolash;

- ginekologik kasalliklarda qo'llanadi;

Bakido barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Bakido savollari

Bakido fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil