Apteka.uz
SavatKirish

Benzonal

Benzonal chiqarilish shakllari

BENZONAL tabletkalari 100mg N50
Retseptli
BENZONAL tabletkalari 100mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, OAO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
19 500 so'm dan
- Benzonal qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Benzonalning tarkibi
- Benzonal ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Benzonal narxi Toshkent dorixonalarida

Benzonal qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Armaniston

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Turli genezli epilepsiya, tarqalgan va partsial xurujlar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Jigar va/yoki buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, II-III bosqichdagi surunkali yurak yetishmovchiligi, porfiriya, anemiya, bronxial astma, nafas yetishmovchiligi, qandli diabet, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, giperkinezlar, depressiv holatlar (o‘z joniga qasd qilishga urinishlar bilan), benzobarbitalga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 tab. benzobarbital 100 mg Benzobarbital 100mg; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, suvda eruvchan metiltsellyuloza.

Farmakokinetikasi

Tirishishga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi fenobarbital hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi kuchsiz. Miya, jigar va buyraklarda yuqori konsentratsiyalar aniqlanadi. Gistogematik to‘siqlar orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. T1/2 3-4 kunni tashkil qiladi. Buyraklar orqali o‘zgarmagan holda ham, metabolitlar ko‘rinishida ham chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Tutqanoqqa qarshi vosita. Amalda uxlatuvchi ta'sir ko'rsatmaydi. MNSga, ayniqsa talamusda, miya ustunining ko'tariluvchi faollashtiruvchi retikulyar formatsiyasida oraliq neyronlar darajasida tormozlovchi GABA-ergik ta'sirlarni kuchaytiradi. Nerv tolalari membranalarining natriy ionlari uchun o'tkazuvchanligini pasaytirib, epileptik faollik o'chog'idan impulslar tarqalishini kamaytiradi. Ta'sir peroral qabul qilingandan 20-60 daqiqa o'tgach boshlanadi

Nojo'ya ta'sirlar

  • MNT tomonidan: kamdan-kam hollarda - uyquchanlik, holsizlik, tormozlanish, bosh og'rig'i, ataksiya, nistagm, nutq qiyinlashishi (bu hollarda dozani to'g'rilash yoki kofein tayinlash talab etiladi). Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, anemiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi, tromboflebit. Boshqalar: ishtaha yomonlashishi, allergik reaktsiyalar, bronxospazm.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Opioid analgetiklar, narkoz vositalari, antipsixotik preparatlar, anksiolitiklar, tritsiklik antidepressantlar, etanol, uyqu preparatlari samaralari kuchayishi. Bir vaqtda qo‘llanilganda paratsetamol, antikoagulyantlar, tetrasiklinlar, grizeofulvin, GKS, mineralokortikoidlar, yurak glikozidlari, xinidin, D vitamini, ksantinlar samaradorligi pasayishi kuzatiladi. Mielodepressiv ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gematotoksiklik kuchayishi kuzatiladi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BENZONAL

BENZONAL

 

Preparatning savdo nomi: Benzonal

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): benzobarbital (benzobarbital)

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: benzobarbital – 100 g;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, metilsellyuloza, stearin kislotasi.

Ta‘rifi: dumaloq, bir tomonida riskasi va ikki tomonida faskasi bo‘lgan, xidsiz yassi, oq rangli, tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tirishishga qarshi preparat

ATX kodi: N03AA.

Farmakologik xususiyatlari

Tutqanoqqa qarshi vosita, deyarli uxlatuvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Markaziy nerv tizimida, ayniqsa talamusda, oraliq neyronlar darajasida miya ustunining markazga intilgan faollashtiruvchi retikulyar formasiyasiga tormozlovchi GAMK-ergik ta‘sirlarini kuchaytiradi. Nerv tolalari membranalarini Na+ ionlari uchun o‘tkazuvchanligini kamaytirib, tutqanoq faol o‘choqdan impulslarni tarqalishini pasaytiradi. Samarasi peroral qo‘llangandan so‘ng 20-60 minutdan keyin boshlanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Benzobarbital me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan sust bog‘lanadi. Miyada, jigarda va buyrakda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Gistogematik to‘siq orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-4 kunni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Tutqanoqqa qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi fenobarbitalni ajratib, organizmda tez metabolizmga uchraydi. Keyinchalik sitoxrom R450 mikrosomal tizimi orqali oksidlanadi. Ham o‘zgarmagan holda, ham metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Tirishish sindromi.

Turli genezli tutqanoq (djekson, kojevnikov – fokal xurujlar).

Kichik xurujlarda (tirishishlarsiz) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozalash tartibi shaxsiy ravishda belgilanib, shifokor tomonidan buyuriladi.

Kattalar uchun bir martalik doza 100 mg dan 300 mg gacha, sutkalik doza – 800 mg gacha o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik hollarda Benzonalni 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash bir martalik dozani bir marta qabul qilishdan  boshlanadi. 2-3 kundan keyin dozani klinik samaraga erishgungacha (xurujlar sonini kamayishi yoki to‘liq yo‘qolishigacha) oshirish kerak. Davolashni uzoq, kamida 1-3 yil (xatto xurujlar bo‘lmaganda ham) sutkada bitta bir martalik dozadan buyurib davom ettirish kerak. xurujlar qaytadan boshlagan hollarda avvalgi sutkalik dozaga qaytish lozim.

Kattalar uchun eng yuqori dozalar: bir martalik doza – 300 mg, sutkalik doza – 1000 mg.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir martalik doza – 25-50 mg, sutkalik doza – 100-
150 mg ni tashkil qiladi; 7 yoshdan 10 yoshgacha: bir martalik doza – 50-100 mg; 11 yoshdan 14 yoshgacha: bir martalik doza – 100 mg, sutkalik – 300-400 mg ni tashkil etadi; Katta yoshdagi bolalar uchun eng katta doza: bir martalik – 150 mg, sutkalik doza – 450 mg ni tashkil etadi.

Agar bemor ilgari boshqa tutqanoqqa qarshi vositalarni qabul qilgan bo‘lsa, Benzonal bilan davolashga asta sekin o‘tish kerak: avval bir dozani benzonal bilan almashtiriladi, so‘ngra (3-5 kundan keyin) preparatning ikkinchi va uchinchi dozalari almashtiriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘nikish, doriga qaramlik, “bekor qilish” sindromi, uyquchanlik, holsizlik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, nutqni qiyinlashishi, ataksiya, nistagm, ruhiy reaksiyalarni sekinlashuvi.

Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, trombositopeniya, anemiya, tromboflebit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtaxani pasayishi.

Boshqalar: allergik reaksiyalar.

Odatda, bu holatlar 3-4 kundan keyin mustaqil ravishda o‘tib ketadi. Zarurat bo‘lganda preparatning dozasini kamaytirish yoki kofein buyurish mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • shaxsiy o‘zlashtira olmaslik.
  • jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir kasalliklari,
  • dekompensasiya fazasidagi surunkali yurak yetishmovchiligi
  • depressiv holatlar (o‘z joniga qasd qilishga urinishlar bilan kechuvchi holatlar)
  • anemiya
  • bronxial astma
  • gipertireoz
  • qandli diabet
  • buyrak usti bezi yetishmovchiligi,
  • giperkinezlar,
  • homiladorlik (I uch oylik), emizish davri,
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Narkotik analgetiklarni, umumiy anesteziya dori vositalarini, neyroleptiklarni, trankvilizatorlarni, trisiklik antidepressantlarni, etanolni, uxlatuvchi dori vositalarining samarasini kuchaytiradi; parasetamol, antikoagulyantlar, tetrasiklinlar, grizeofulvin, glyukokortikosteroidlar, mineralokortikoidlar, yurak glikozidlari, xinidin, D vitamini va ksantinlarning samarasini susaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Xozirgi vaqtda tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarni davolashni boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar, nojo‘ya samaralari kamroq bo‘lgan dori vositalari (valproat kislotasi, karbamazepin va boshqalar) bilan boshlash kerak. Benzonalni majmuaviy davolash tarkibida buyurish mumkin.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Benzobarbitalni qabul qilayotgan pasientlar yuqori diqqatni jamlashni va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: doza oshirib yuborilganda yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi xolatlarda ongni chalkashishi, uyquchanlik kuzatiladi. Og‘ir xolatlarda – koma, ongni buzilishi, taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni pasayishi, reflekslarni pasayishi yuz beradi.

Davolash: zarurat bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

48 tabletka saqlovchi karton o‘ram: xar birida 24 tabletkadan 2 blister.

Saqlash sharoiti

Preparat yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Benzonal preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Benzonal narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
30 000 so'm
Buyurtma berish
Ibrohim Farm
Chilonzor tumani, 20 daha, 6 uy, 110 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
19 500 so'm
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
20 000 so'm
Gipofiz Farm
Chilonzor tumani, 7 daha, Oqtepa ko'ch., 1 uy, 37 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
22 000 so'm

Benzonal haqida savollar

Benzonal haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil