Betamaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BETAMAKS
BETAMAKS
Preparatning savdo nomi: Betamaks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sulpirid (sulpiridum)
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 50 mg, 100 mg yoki 200 mg sulpirid;
yordamchi moddalar:
yadrosi: povidon, magniy stearati, krospovidon, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza;
qobig‘i: 33G28707 oq Opadray bo‘yog‘i (gipromelloza (Ye 464), laktoza monogidrati, makrogol 3000, titan dioksidi (Ye 171), triasetin), karnaub mumi.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan dumaloq ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Sindirilgan joy oq rangda.
Farmakoterapevtik guruhi: antipsixotik vositalar. benzamid hosilalari.
ATX kodi: N05AL01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sulpirid, benzamid guruhiga mansub bo‘lgan atipik antipsixotik vositadir. Unga ta‘sir doirasi – mo‘‘tadil antipsixotik, vegetativ nerv tizimini tartibga soluvchi, yengil antidepressiv va qusishga qarshi ta‘sir xarakterlidir.
D1 va D2 dofamin reseptorlariga ham bir xil ta‘sir ko‘rsatadigan boshqa antipsixotik preparatlardan farqli ravishda, sulpirid markaziy nerv tizimining D2 dofamin reseptorlariga nisbatan selektiv ta‘sirga va bundan tashqari D2 avtoreseptorlariga yuqori yaqinlikka ega. Sulpiridni katta bo‘lmagan dozalarda qo‘llanilganida u dofaminni presinaptik sohalardan qayta qamrab olinishini tormozlanishini keltirib chiqaradi va shu yo‘l bilan limbik tizimda impulslarni dofaminergik o‘tkazilishini yaxshilaydi. Sulpirid katta dozalarda markaziy nerv tizimida dofaminergik o‘tkazilishini bloklaydi.
Shunday qilib, preparatning farmakologik ta‘siri dozaga bog‘liqdir. Sulpirid katta bo‘lmagan dozalarda antidepressant sifatida ta‘sir etib negativ psixik simptomatikani kamaytiradi va tormozlanishni bartaraf etadi. Katta dozalarda sulpiridning antipsixotik ta‘siri namoyon bo‘ladi, shuningdek psixozlarning produktiv simptomatikasi (gallyusinasiyalar, alahsirash) bartaraf qilinadi va psixomotor reaksiyalar susaymagan holda tajavvuzkorlik kamayadi. Sulpirid uchun terapevtik dozalarda kataleptogen samara deyarli xarakterli emas. Sulpirid asetilxolin, γ-aminomoy kislotasi (GAMK) yoki adrenalin reseptorlari bilan bog‘lanmaydi. Tanlab olingan ta‘sir tufayli sulpiridni qo‘llash vaqtida antipsixotik preparatlar uchun xarakterli bo‘lgan ekstrapiramid reaksiyalar va boshqa nojo‘ya ta‘sirlar kamroq kuzatiladi.
Sulpirid shuningdek gipotalamusga ta‘sir ko‘rsatib, u yerda joylashgan oliy vegetativ markazlarning faolligini normallashtiradi. Preparat me‘da-ichak yo‘llari va o‘t yo‘llari spazmlarini kamaytirib, prokinetik ta‘sir ko‘rsatib, ovqat hazm qilish yo‘llarining peristaltikasini normallashtirib, ovqat hazm qilish yo‘llari faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, dofaminergik vositalar (apomorfin) keltirib chiqargan qusishni bartaraf etadi. Preparat ovqat hazm qilish yo‘li shilliq qavatlarining himoya faoliyatini yaxshilaydi, «stress yarasi» deb nomlanadigan yaralarning hosil bo‘lishini oldini olishga yordam beradi va yaralarning bitishini tezlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Sulpirid ovqat hazm qilish yo‘lidan nisbatan sekin so‘riladi va 3 soatdan keyin qonda maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Sulpirid preparatlari uchun past biokiraolishlik xos bo‘lib, u yuborilgan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.
Preparatning faqat 40% ga yaqini plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, shu sababli boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirining xavfi past darajada bo‘ladi. Sulpirid to‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi, plasenta to‘sig‘i orqali o‘tadi, ona sutiga o‘tadi, shuningdek serebrospinal suyuqlikda cheklangan miqdorda uchraydi.
Sulpiridning organizmdan yarim chiqarilish davri 7-9 soatni tashkil etadi. U jigarda kuchsiz metabolizmga uchraydi, faol metabolitlari yo‘q. Preparat asosan buyrak orqali glomerulyar filtrasiya natijasida organizmdan chiqariladi. Preparatning so‘rilmagan qismi o‘zgarmagan holda axlat bilan chiqariladi. Buyrak faoliyati susaygan pasientlarda sulpiridni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi.
Qo‘llanilishi
Shizofreniyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkani butunligicha yutib ichga qabul qilinadi.
Dozalarni, kasallikning xarakteri va simptomlarga qarab, pasientning yoshi, tana vazni va umumiy holatini e‘tiborga olgan holda shaxsiy ravishda tanlanadi.
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza kuniga ikki marta 200-400 mg ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida dozani oshirish mumkin. Dori vositasining maksimal dozasi quyidagi ustuvor simptomlarga bog‘liq:
- pozitiv simptomlar (gallyusinasiyalar, maniya, fikrlash qobiliyati va xulqning buzilishi) mavjud bo‘lgan taqdirda dozani kuniga 2,4 g gacha oshirish mumkin,
- negativ simptomlar (emosiyalarni namoyon bo‘lishini yetishmovchiligi, alogiya, motivasiya va tashabbus yetishmovchiligi, apatiya, depressiya va ijtimoiy yakkalanish (izolyasiya) mavjud bo‘lgan taqdirda doza kuniga 800 mg gacha oshiriladi.
Oxirgi marta dozani soat 16.00 dan kechikmay qabul qilish tavsiya etiladi, chunki dorining rag‘batlantiruvchi ta‘siri uyquni buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.
Pediatrik populyasiya
Preparatni 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun ushbu yoshdagi guruhda sulpirid qo‘llanilmaydi.
Keksa yoshdagi insonlar
Davolashni kichik dozalar bilan boshlash lozim va ularni bosqichma-bosqich oshirish lozim.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Dorining dozasini pasientning individual javob reaksiyasiga qarab tanlash kerak.
Buyrak yetishmovchilgi bo‘lgan pasientlar
Uzoq muddatli davolash o‘tkazilganida sulpiridning sutkalik dozasini kreatinin klirensi kattaligiga muvofiq kamaytiriladi.
Kreatining klirensi | Odatdagi sutkalik dozasidan foizlar |
30-60 ml/min | 70% |
10-30 ml/min | 50% |
<10 ml/min | 34% |
Agar Siz preparatni navbatdagi dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rniga ikki baravar dozani qabul qilmang. Preparatni qabul qilishni shifokor tavsiyalariga muvofiq davom ettiring.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlar a‘zolar tizimi tasnifi ma‘lumotlar bazasi va MedDRA chastotasi bo‘yicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Qon va limfa tizimi buzilishlari
Noma‘lum: agranulositoz, leykopeniya.
Endokrin tizimi buzilishlari
Ko‘p: giperprolaktinemiya.
Modda almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari
Noma‘lum: tana vaznini oshishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Sulpiridning selektiv ta‘siri tufayli, uni qo‘llash vaqtida neyroleptik preparatlar uchun xos bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar kamroq kuzatiladi.
Tez-tez: sedasiya yoki uyquchanlik (ayniqsa katta dozalar qo‘llanilganida).
Kamroq hollarda: ekstrapiramid buzilishlar:
- parkinsonizm simptomlari (tremor, mushak rigidligi, muvozanat va qadam tashlashni buzilishlari, nutqda qiyinchiliklar, gipersalivasiya);
- diskineziya va distoniya (spazm yoki mushak tortishishi);
- akatiziya (mushaklarda kuchayib boruvchi bezovtalik, uzoq vaqt tinch holatda qola olmaslik, holatni o‘zgartirishga moyillik tendensiyasi). Ushbu buzilishlar sulpiridning katta dozalari qo‘llanilganida va keksa yoshdagi insonlarda ko‘proq uchraydi. Buzilishlar odatda preparatning dozasini kamaytirib yoki Parkinsonizmga qarshi preparatlarni qo‘llagan holda bartaraf qilinadi;
- kechki diskineziya (yuzning va/yoki tilning beixtiyoriy ritmik harakatlari).
Odatda uzoq muddatli davolash davomida kuzatiladi. Parkinsonizmga qarshi vositalarni qo‘llanilishi ushbu holatda samarasiz bo‘lishi yoki pasientning holatini yomonlashishini keltirib chiqarishi mumkin.
Juda kam hollarda: tirishishlar, xavfli neyroleptik sindrom, unga gipertermiya, mushak rigidligi, avtonom labillik, ongni buzilishlari, yurak ritmi va arterial qon bosimini o‘zgarishlari, xaddan tashqari ko‘p terlash, buyrak faoliyatini buzilishlari va plazmada kreatininfosfokinaza darajasini oshishi kabi simptomlar xarakterlidir. Neyroleptik sindrom rivojlanishi haqida shubha tug‘ilganda dorini qo‘llashni darhol to‘xtatish va jadal simptomatik terapiyani boshlash lozim.
Noma‘lum: diqqat-e‘tiborni jamlash qobiliyatini pasayishi, qo‘zg‘aluvchanlik, vahima (asosan rag‘batlantiruvchi faoliyati tufayli). Sulpiridning vegetativ nerv tizimiga ta‘siri tufayli o‘ta sezuvchan pasientlarda taxikardiya, bosh aylanishi, paresteziya, qizib ketish hissi, kuchli terlash, siyishni buzilishi, qon bosimini o‘zgarishlari, umumiy holsizlik yuzaga kelishi mumkin.
Ko‘z tomondan buzilishlar
Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi.
Noma‘lum: ko‘z shoxpardasini qizarishi, kon‘yunktiva va to‘rpardaning pigmentasiyasi, ko‘z shoxpardasi va qorachig‘ni xiralashishi.
Yurak faoliyatini buzilishlari
Kam hollada – QT intervalini uzayishi, aritmiyalar (torsades de pointes), yurak qorinchalari fibrillyasiyasi, yurakni to‘xtab qolishi, behosdan o‘lim holati.
Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: postural gipotenziya.
Noma‘lum: antipsixotik vositalarni qo‘llagan pasientlarda venoz tromboemboliya holatlari, shu jumladan o‘pka emboliyasi va chuqur venalarining trombozi holatlari to‘g‘risida xabar berilgan.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari
Kam hollarda: og‘iz qurishi hissi, qabziyat.
Noma‘lum: anoreksiya, ko‘ngil aynishi.
Jigar va/yoki o‘t chiqarish tizimi faoliyatini buzilishlari
Noma‘lum: qonda jigar transaminazlarining faolligini oshishi, sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishlari
Juda kam hollarda: qichishish, toshmalar.
Noma‘lum: terining qizil pigmentasiyasi, fotosezuvchanlik.
Homiladorlik davridagi, tug‘ruqdan keyingi va perinatal davridagi buzilishlar
Noma‘lum: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda dorini bekor qilish sindromi.
Reproduktiv tizim buzilishlari va ko‘krak bezi kasalliklari
Juda kam hollarda: galaktoreya, ginekomastiya, amenoreya, buni gipofizda dofamin reseptorlariga sulpiridning ta‘siri bilan izohlash mumkin. Ushbu buzilishlar qaytuvchan bo‘lib, dori qabul qilinishi to‘xtatilganida o‘tib ketadi.
Noma‘lum: orgazm va erektil funksiyani buzilishlari.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada qayd etib o‘tilmagan nojo‘ya reaksiya paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning faol moddasi yoki preparatning istalgan yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- feoxromositoma;
- o‘tkir porfiriya;
- markaziy nerv tizimi (MNT) ni susayishi;
- komatoz holatlar;
- suyak ko‘migini susayishi;
- prolaktinga bog‘liq shishlar, masalan gipofiz prolaktinomasi va ko‘krak bezi raki;
- homiladorlik va laktasiya davri.
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda;
- dofaminergik parkinsonizmga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari
- Levodopa: dofaminergik parkinsonizmga qarshi vositalar sulpirid o‘rtasida o‘zaro antagonizm mavjud.
- Alkogol: sedativ ta‘sir kuchayadi. Alkogol va tarkibida spirt saqlovchi dorilarni qabul qilishdan saqlanish lozim.
- Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi vositalar: ularning ta‘sirini kuchayishi kuzatiladi.
- torsades de pointes tipidagi aritmiyani keltirib chiqarishi yoki QT intervalini uzaytirishi mumkin bo‘lgan dorilar:
- Ia sinfi aritmiyaga qarshi vositalari (xinidin, dizopiramid);
- III sinfi aritmiyaga qarshi vositalari (amiodaron, sotalol);
- bradikardiyani keltirib chiqaradigan dorilar: beta adrenoblokatorlar, kalsiy kanallari blokatorlari (verapamil, diltiazem), klonidin;
- gipokaliemiyani keltirib chiqaradigan dorilar: diuretik vositalar, ich ketishini rag‘batlantiruvchi vositalar, glyukokortikoidlar, tetrakozaktid, vena ichiga yuboriladigan V amfoterisin;
- boshqa neyroleptik vositalar (pimozid, amisulprid, sultoprid, sertindol, xlorpromazin, levomepromazin, droperidol, galoperidol);
- metadon;
- bepridil, sizaprid, mizolastin;
-
galofantrin, pentamidin.
- Angishvonagul preparatlari (yurak glikozidlari): sulpirid bilan bir vaqtda qo‘llanishi yurak glikozidlari bilan zaharlanishi simptomlarni niqoblashi mumkin.
- Gipotenziv vositalar: sulpirid bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziya (ayniqsa ortostatik gipotenziya) xavfi kuchayadi.
- Antasid preparatlar, sukralfat: sulpiridni ichak yo‘lida so‘rilishini kechiktirib, kiraolishligini pasaytiradi. Sulpiridni va ushbu vositalarni qo‘llash orasida 2 soatlik intervalga rioya qilish lozim.
- Mielosupressiv dorilar: toksiklik xavfi oshadi.
- Tutqanoqqa qarshi vositalar (karbamazepin, etosuksimid, oksarbazepin, fenitoin, primidon, valproat kislotasi), barbituratlar: sulpirid ushbu dorilarning tirishishga qarshi ta‘siriga antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.
- Terfenadin: sulpirid bilan birgalikda qo‘llanilganida yurak qorinchalari aritmiyasi xavfi ortadi.
- Ritonavir: sulpiridning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin.
- Sibutramin: sulpirid bilan birgalikda qo‘llanilganida markaziy nerv tizimida toksiklik xavfi oshadi.
- Litiy preparatlari: ekstrapiramid nojo‘ya ta‘sirlar xavfi oshadi.
Sulpirid M-xolinoblokatorlarga (masalan, atropin yoki metilskopolaminga) nisbatan ularning ta‘sirini neytralashtirib, antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sulpiridning rag‘batlantiruvchi va faollashtiruvchi ta‘siri tufayli, uni gipomaniya va maniya belgilari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat shizofreniya bilan xastalangan pasientlarda ba‘zida psixotik buzilishlarni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari kerak, chunki preparatning 95 % gacha miqdori buyrak orqali chiqariladi. Ushbu pasientlarga sulpiridning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qaralsin).
Ekstrapiramid sindromi yuzaga kelishi to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qaralsin). Ushbu holatda dozaga tuzatish kiritishni amalga oshirish uchun shifokorni xabardor qilish lozim.
Sulpiridni qo‘llash xavfli neyroleptik sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Ushbu holatda barcha antipsixotik vositalar qabul qilishni bekor qilish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Sulpiridning ta‘sirlari dozaga bog‘liqdir, shuning uchun tavsiya etilayotgan dozalarni, ayniqsa nevrozlar va psixomotor buzilishlarda dozalarni oshirmaslik muhim.
Bolalar va keksa yoshdagi insonlarda nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi yuqoriroq bo‘ladi.
Sulpirid ko‘ngil aynishini kamaytirishi va qusish refleksini susaytirishi tufayli, u intoksikasiya (shu jumladan yurak glikozidlari, masalan, angishvonagul preparatlari bilan zaharlanish), ichak tutilishi va bosh miya o‘smalari simptomlarini yashirishi mumkin.
Sulpiridni boshqa antipsixotik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.
Yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanishi xavfini oshiradigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida muntazam EKG nazorati tavsiya etiladi.
QT intervalini uzayishi
Sulpirid QT intervali uzayishini keltirib chiqaradi. Ushbu yurak qorinchalari og‘ir aritmiyalari (masalan, torsades de pointes) xavfini potensiyalovchi samara bradikardiya, gipokaliemiya, QT intervalini tug‘ma yoki ortirilgan uzayishi holatlarida kuchayadi. Davolanish boshlanishidan oldin quyidagi xavf omillarining birortasi, masalan quyidagilar:
- bradikardiya (yurakni minutiga 55 tadan kam urishi),
- gipokaliemiya;
- QT intervalni tug‘ma uzayishi,
- bradikardiya (minutiga 55 tadan kam yurak urishi), gipokaliemiya, yurak ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi yoki QT intervalni uzayishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda davolash yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.
Davolash boshlanishidan oldin, shuningdek dorining dozasini oshirishda elektrokardiografiyani (EKG) o‘tkazgan afzal. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida qonda kaliy miqdorini nazorat qilish lozim.
Demensiyasi bo‘lgan keksa yoshdagi insonlarda yuqori o‘lim holati
O‘tkazilgan ikkita katta tadqiqot ma‘lumotlari demensiyasi bo‘lgan, antipsixotik preparatlarni qo‘llagan keksa yoshdagi insonlarda ularni qo‘llamaganlariga nisbatan yuqori o‘lim holati xavfi yuqori ekanligidan dalolat bergan. Xavf kattaligini aniq belgilash uchun yetarlicha ma‘lumotlar mavjud emas. Yuqori xavf sababi ham noma‘lum.
Venoz tromboemboliya xavfi
Antipsixotik vositalarni qo‘llash oqibatida venoz tromboemboliya (VTE) holatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar olingan. Antipsixotik vositalar bilan davolanadigan pasientlarda ko‘pincha VTE xavfining ortirilgan omillari bo‘lishi mumkin. Shu sababli sulpirid bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida VTE xavfining barcha mumkin bo‘lgan omillari aniqlanishi hamda profilaktik chora – tadbirlari o‘tkazilishi lozim.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Sulpiridni Parkinson kasalligida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (kasallik simptomlari zo‘rayishi mumkin).
Bolalarda va keksa yoshdagi pasientlarda nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi xavfi ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Keksa yoshdagi pasientlar postural gipotenziya, sedasiya va ekstrapiramid reaksiyalar xavfiga ko‘proq moyildirlar.
Ilgari tirishishlar kuzatilmagan pasientlarda tirishishlar to‘g‘risida xabar berilgan.
Dorini yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari, gipotenziya, tutqanog‘i (sulpirid bilan davolash vaqtida kuchaytirilgan nazorat zarur), buyrak faoliyatini buzilishlari, jigar faoliyatini buzilishlari (koma holatini keltirib chiqarishi mumkin), miasteniya, prostata bezi gipertrofiyasi, nafas faoliyatini og‘ir buzilishlari, qon tarkibi o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda feoxromositoma ehtimolini istisno etish lozim.
Sulpiridning samarasi uning dozasiga bog‘liq, shu sababli tavsiya etilgan dozalarni, ayniqsa neyrotik va psixosomatik buzilishlar bo‘lgan holatlarda oshirmaslik muhim.
Sulpiridning ko‘ngil aynishini kamaytirish va qusish refleksini susaytirish xususiyati tufayli, u zaharlanish (shu jumladan yurak glikozidlari bilan zaharlanish), ichak tutilishi, bosh miya o‘smalaridan dalolat beruvchi simptomlarni niqoblashi mumkin.
Demensiyasi bo‘lgan, tavsiya etilgan antipsixotik vositalarni qabul qilgan pasientlarda serebrovaskulyar asoratlar xavfining uch marta oshishi aniqlangan. Ushbu xavfni oshish mexanizmi noma‘lum. Mazkur qayd etib o‘tilgan xavfni oshishini boshqa antipsixotik vositalar qo‘llanilganida, shuningdek boshqa pasientlar guruhida qo‘llanilganida inkor etish mumkin emas. Insult xavfi omillari bo‘lgan pasientlarni davolashda sulpiridni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Laktozaga nisbatan yuqori sezuvchanlik
Preparat o‘z tarkibida laktoza saqlaydi. Mazkur dori vositasini galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtira olmasligi, Lapp–laktaza tanqisligi bo‘lgan yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homiladorlarga, shifokor preparatni homilador ayol va homila uchun foyda va xavf nisbatini baholab, uni qo‘llash zarurati haqida qaror qabul qilgan holatlardan tashqari hollarda buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlikning 3 uch oyligi davrida antipsixotik vositalar (ular orasida sulpirid ham) ta‘siriga uchragan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan keyin nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ekstrapiramid reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi va/yoki dorini bekor qilish simptomi xavfi mavjud bo‘lib, ular turli og‘irlik darajasida va davomiylikda bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘aluvchanlik, mushak tonusining yuqori yoki past bo‘lishi, titroq, uyquchanlik, respiratorli distress yoki emizishni buzilishi to‘g‘risida xabarlar olingan. Shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.
Emizish
Sulpirid onaning ko‘krak sutiga ajralib chiqadi. Agar emizish davrida sulpirid bilan davolash zarur bo‘lsa, u holda emizishni to‘xtatish kerak.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Mazkur dori vositasi uyquchanlik chaqiradi va psixomotor reaksiyalarni sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni qo‘llash davrida xavf bilan bog‘liq bo‘lgan hamda chaqqon va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarishdan (texnik qurilmalar bilan ishlash, transport vositalarini boshqarish va boshqalar) saqlanish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bir martalik toksik dozasi 1 dan 16 g gacha oraliqda bo‘ladi, biroq 16 g li doza qo‘llanilganida o‘lim holatlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q..
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari dozaga bog‘liq. 1-3 g li bir martalik doza qo‘llanilganidan keyin bezovtalanish, ongni buzilishi, kamroq hollarda ekstrapiramid simptomlar kuzatilgan.
3-7 g li dozalar qo‘llanilganida qo‘zg‘aluvchanlik, adashtirish va ekstrapiramid simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.
7 g dan yuqori dozalar qo‘llanilganida yuqorida qayd etib o‘tilgan simptomlar, gipotenziya va koma holati ro‘y berishi mumkin.
Davolash
Spesifik antidoti yo‘q.. Simptomatik davolash amalga oshiriladi. Dozani oshirib yuborilganida zudlik bilan me‘dani yuvish loozim. So‘rilgan dorini organizmdan chiqarish uchun siydikning ishqoriy reaksiyasini ta‘minlash va diurezni rag‘batlantirish zarur. Parkinsonizmga qarshi vositalar yuboriladi. Nafas olishni va yurak faoliyatini (QT intervali uzayishi xavfi) nazorat qilish lozim. Sulpiridni gemodializ yordamida qisman organizmdan chiqarish mumkin.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan bosib yopiladigan qopqoqchali va birinchi ochilishi nazoratli, plastmassadan tayyorlangan flakonda.
1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari