Zeprin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Zeprin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sulpirid
Dori shakli: Kapsulalar
Tabletkaning tarkibi:
faol modda: sulpirid asosi 200 mg.
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, aerosil, metilsellyuloza, talk, magniy stearati.
Kapsulaning tarkibi:
faol modda: sulpirid asosi 50 mg.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.
Ta‘rifi: Oq rangli yoki och sariq tusli, dumaloq shaklli, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Sarg‘ish/qizil-jigarrangli, kuchsiz hidli, oq yoki och sariq tusli kukun saqlovchi, №4 qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Neyroleptiklar.
ATX kodi:
Farmakologik xususiyatlari
Almashingan benzamidlar guruhiga mansub antipsixotik vosita. Faollashtiruvchi samarasi bilan birga o‘rtacha me‘yoriy antipsixotik va antidepressiv ta‘sir ko‘rsatadi. Antipsixotik ta‘siri mexanizmi markaziy D2-dopamin reseptorlarini tanlab bloklashi bilan bog‘liq. Sedativ ta‘siri sust rivojlangan, alfa-adrenobloklovchi faolligi unchalik yuqori emas, antimuskarin samaralarni keltirib chiqarmaydi. Ekstrapiramid buzilishlarni kam chaqiradi, shuning uchun «notipik» neyroleptiklar guruhiga kiradi.
farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng, maksimal konsentrasiyasiga 4,5 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilingandagi biokirishaolishligi 25-35% ni tashkil qiladi va sezilarli shaxsiy o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi.
Sulpiridning qondagi konsentrasiyasi dozaga proporsionaldir. Oqsillar bilan bog‘lanishi ko‘pi bilan 40% ni tashkil etadi. Sulpirid organizmning hamma to‘qimalariga, jigar va buyrakka tezroq, miya to‘qimalariga sekinroq o‘tadi (bunda preparatning asosiy miqdori gipofizda to‘planadi). Ona suti orqali sulpiridning sutkalik dozasining 0,1% chiqariladi.
Buyrakdan kalavalar filtrasiyasi (92%) orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Umumiy klirens (odatda buyraknikiga teng) 126 ml/min ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 7 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Tormozlanish bilan kechuvchi nevrotik holat, psixosomatik buzilishlar, shu jumladan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklari, nospesifik yarali kolit (sutkasiga 200mg gacha bo‘lgan dozada). Tormozlanish avj olgan o‘tkir va surunkali psixozlar, agrammatizm, abuliya (sutkasiga 600 mg gacha bo‘lgan dozada), aljirash yoki ongni chalkashuvi bilan kechadigan o‘tkir va surunkali psixozlar, shu jumladan shizofreniyada (sutkasiga 600 mg dan ko‘p bo‘lgan dozada) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga: Kattalarga – sutkasiga 100–300 mg dan 2-3 qabulga. Bolalarga sutkasiga 5 mg/kg dozada qo‘llaniladi.
Maksimal doza: Ichga qabul qilganda, kattalar uchun – 1,6 g.
Sutkalik doza avj olgan sindrom xarakteriga bog‘liq. Harakat tormozlanishi va psixosomatik buzilishlarda sutkasiga 100–200 mg dozada, yara kasalligida sutkasiga 150 mg dan 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Negativ simptomatikada-sutkasiga 200–600 mg dan.
Produktiv simptomatikada (aljirash, ongni chalkashuvi) – sutkasiga 800–1600 mg dan buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, oral avtomatizmi, afaziya bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, jig‘ildon qaynashi, qusish, ich qotishi mumkin.
Yurak – tomir tizimi tomonidan: arterial bosim ko‘tarilishi mumkin.
Endokrin tizimi tomonidan: menstrual siklni buzilishi, seksual faollikni pasayishi mumkin. Uzoq qo‘llaganda – galaktoreya, ginekomastiya bo‘lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish mumkin.
Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishlari
Juda kam hollarda: qichishish, toshmalar.
Noma‘lum: terining qizil pigmentasiyasi, fotosezuvchanlik.
Homiladorlik davridagi, tug‘ruqdan keyingi va perinatal davridagi buzilishlar
Noma‘lum: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda dorini bekor qilish sindromi.
Reproduktiv tizim buzilishlari va ko‘krak bezi kasalliklari
Juda kam hollarda: galaktoreya, ginekomastiya, amenoreya, buni gipofizda dofamin reseptorlariga sulpiridning ta‘siri bilan izohlash mumkin. Ushbu buzilishlar qaytuvchan bo‘lib, dori qabul qilinishi to‘xtatilganida o‘tib ketadi.
Ma‘lum emas: orgazm va erektil funksiyani buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning faol moddasi yoki preparatning istalgan yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- feoxromositoma;
- o‘tkir porfiriya;
- markaziy nerv tizimi (MNT) ni susayishi;
- komatoz holatlar;
- suyak ko‘migini susayishi;
- prolaktinga bog‘liq shishlar, masalan gipofiz prolaktinomasi va ko‘krak bezi raki;
- homiladorlik va laktasiya davri.
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda;
- dofaminergik parkinsonizmga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari
- Levodopa: dofaminergik parkinsonizmga qarshi vositalar sulpirid o‘rtasida o‘zaro antagonizm mavjud.
- Alkogol: sedativ ta‘sir kuchayadi. Alkogol va tarkibida spirt saqlovchi dorilarni qabul qilishdan saqlanish lozim.
- Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi vositalar: ularning ta‘sirini kuchayishi kuzatiladi.
- torsades de pointes tipidagi aritmiyani keltirib chiqarishi yoki QT intervalini uzaytirishi mumkin bo‘lgan dorilar:
- Ia sinfi aritmiyaga qarshi vositalari (xinidin, dizopiramid);
- III sinfi aritmiyaga qarshi vositalari (amiodaron, sotalol);
- bradikardiyani keltirib chiqaradigan dorilar: beta adrenoblokatorlar, kalsiy kanallari blokatorlari (verapamil, diltiazem), klonidin;
- gipokaliemiyani keltirib chiqaradigan dorilar: diuretik vositalar, ich ketishini rag‘batlantiruvchi vositalar, glyukokortikoidlar, tetrakozaktid, vena ichiga yuboriladigan V amfoterisin;
- boshqa neyroleptik vositalar (pimozid, amisulprid, sultoprid, sertindol, xlorpromazin, levomepromazin, droperidol, galoperidol);
- metadon;
- bepridil, sizaprid, mizolastin;
-
galofantrin, pentamidin.
- Angishvonagul preparatlari (yurak glikozidlari): sulpirid bilan bir vaqtda qo‘llanishi yurak glikozidlari bilan zaharlanishi simptomlarni niqoblashi mumkin.
- Gipotenziv vositalar: sulpirid bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziya (ayniqsa ortostatik gipotenziya) xavfi kuchayadi.
- Antasid preparatlar, sukralfat: sulpiridni ichak yo‘lida so‘rilishini kechiktirib, kiraolishligini pasaytiradi. Sulpiridni va ushbu vositalarni qo‘llash orasida 2 soatlik intervalga rioya qilish lozim.
- Mielosupressiv dorilar: toksiklik xavfi oshadi.
- Tutqanoqqa qarshi vositalar (karbamazepin, etosuksimid, oksarbazepin, fenitoin, primidon, valproat kislotasi), barbituratlar: sulpirid ushbu dorilarning tirishishga qarshi ta‘siriga antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.
- Terfenadin: sulpirid bilan birgalikda qo‘llanilganida yurak qorinchalari aritmiyasi xavfi ortadi.
- Ritonavir: sulpiridning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin.
- Sibutramin: sulpirid bilan birgalikda qo‘llanilganida markaziy nerv tizimida toksiklik xavfi oshadi.
- Litiy preparatlari: ekstrapiramid nojo‘ya ta‘sirlar xavfi oshadi.
Sulpirid M-xolinoblokatorlarga (masalan, atropin yoki metilskopolaminga) nisbatan ularning ta‘sirini neytralashtirib, antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sulpiridning rag‘batlantiruvchi va faollashtiruvchi ta‘siri tufayli, uni gipomaniya va maniya belgilari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat shizofreniya bilan xastalangan pasientlarda ba‘zida psixotik buzilishlarni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari kerak, chunki preparatning 95 % gacha miqdori buyrak orqali chiqariladi. Ushbu pasientlarga sulpiridning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qaralsin).
Ekstrapiramid sindromi yuzaga kelishi to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qaralsin). Ushbu holatda dozaga tuzatish kiritishni amalga oshirish uchun shifokorni xabardor qilish lozim.
Sulpiridni qo‘llash xavfli neyroleptik sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Ushbu holatda barcha antipsixotik vositalar qabul qilishni bekor qilish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Sulpiridning ta‘sirlari dozaga bog‘liqdir, shuning uchun tavsiya etilayotgan dozalarni, ayniqsa nevrozlar va psixomotor buzilishlarda dozalarni oshirmaslik muhim.
Bolalar va keksa yoshdagi insonlarda nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi yuqoriroq bo‘ladi.
Sulpirid ko‘ngil aynishini kamaytirishi va qusish refleksini susaytirishi tufayli, u intoksikasiya (shu jumladan yurak glikozidlari, masalan, angishvonagul preparatlari bilan zaharlanish), ichak tutilishi va bosh miya o‘smalari simptomlarini yashirishi mumkin.
Sulpiridni boshqa antipsixotik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.
Yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanishi xavfini oshiradigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida muntazam EKG nazorati tavsiya etiladi.
QT intervalini uzayishi
Sulpirid QT intervali uzayishini keltirib chiqaradi. Ushbu yurak qorinchalari og‘ir aritmiyalari (masalan, torsades de pointes) xavfini potensiyalovchi samara bradikardiya, gipokaliemiya, QT intervalini tug‘ma yoki ortirilgan uzayishi holatlarida kuchayadi. Davolanish boshlanishidan oldin quyidagi xavf omillarining birortasi, masalan quyidagilar:
- bradikardiya (yurakni minutiga 55 tadan kam urishi),
- gipokaliemiya;
- QT intervalni tug‘ma uzayishi,
- bradikardiya (minutiga 55 tadan kam yurak urishi), gipokaliemiya, yurak ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi yoki QT intervalni uzayishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda davolash yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.
Davolash boshlanishidan oldin, shuningdek dorining dozasini oshirishda elektrokardiografiyani (EKG) o‘tkazgan afzal. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida qonda kaliy miqdorini nazorat qilish lozim.
Demensiyasi bo‘lgan keksa yoshdagi insonlarda yuqori o‘lim holati
O‘tkazilgan ikkita katta tadqiqot ma‘lumotlari demensiyasi bo‘lgan, antipsixotik preparatlarni qo‘llagan keksa yoshdagi insonlarda ularni qo‘llamaganlariga nisbatan yuqori o‘lim holati xavfi yuqori ekanligidan dalolat bergan. Xavf kattaligini aniq belgilash uchun yetarlicha ma‘lumotlar mavjud emas. Yuqori xavf sababi ham noma‘lum.
Venoz tromboemboliya xavfi
Antipsixotik vositalarni qo‘llash oqibatida venoz tromboemboliya (VTE) holatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar olingan. Antipsixotik vositalar bilan davolanadigan pasientlarda ko‘pincha VTE xavfining ortirilgan omillari bo‘lishi mumkin. Shu sababli sulpirid bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida VTE xavfining barcha mumkin bo‘lgan omillari aniqlanishi hamda profilaktik chora – tadbirlari o‘tkazilishi lozim.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Sulpiridni Parkinson kasalligida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (kasallik simptomlari zo‘rayishi mumkin).
Bolalarda va keksa yoshdagi pasientlarda nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi xavfi ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Keksa yoshdagi pasientlar postural gipotenziya, sedasiya va ekstrapiramid reaksiyalar xavfiga ko‘proq moyildirlar.
Ilgari tirishishlar kuzatilmagan pasientlarda tirishishlar to‘g‘risida xabar berilgan.
Dorini yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari, gipotenziya, tutqanog‘i (sulpirid bilan davolash vaqtida kuchaytirilgan nazorat zarur), buyrak faoliyatini buzilishlari, jigar faoliyatini buzilishlari (koma holatini keltirib chiqarishi mumkin), miasteniya, prostata bezi gipertrofiyasi, nafas faoliyatini og‘ir buzilishlari, qon tarkibi o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda feoxromositoma ehtimolini istisno etish lozim.
Sulpiridning samarasi uning dozasiga bog‘liq, shu sababli tavsiya etilgan dozalarni, ayniqsa neyrotik va psixosomatik buzilishlar bo‘lgan holatlarda oshirmaslik muhim.
Sulpiridning ko‘ngil aynishini kamaytirish va qusish refleksini susaytirish xususiyati tufayli, u zaharlanish (shu jumladan yurak glikozidlari bilan zaharlanish), ichak tutilishi, bosh miya o‘smalaridan dalolat beruvchi simptomlarni niqoblashi mumkin.
Demensiyasi bo‘lgan, tavsiya etilgan antipsixotik vositalarni qabul qilgan pasientlarda serebrovaskulyar asoratlar xavfining uch marta oshishi aniqlangan. Ushbu xavfni oshish mexanizmi noma‘lum. Mazkur qayd etib o‘tilgan xavfni oshishini boshqa antipsixotik vositalar qo‘llanilganida, shuningdek boshqa pasientlar guruhida qo‘llanilganida inkor etish mumkin emas. Insult xavfi omillari bo‘lgan pasientlarni davolashda sulpiridni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Laktozaga nisbatan yuqori sezuvchanlik
Preparat o‘z tarkibida laktoza saqlaydi. Mazkur dori vositasini galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtira olmasligi, Lapp-laktaza tanqisligi bo‘lgan yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homiladorlarga, shifokor preparatni homilador ayol va homila uchun foyda va xavf nisbatini baholab, uni qo‘llash zarurati haqida qaror qabul qilgan holatlardan tashqari hollarda buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlikning 3 uch oyligi davrida antipsixotik vositalar (ular orasida sulpirid ham) ta‘siriga uchragan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan keyin nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ekstrapiramid reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi va/yoki dorini bekor qilish simptomi xavfi mavjud bo‘lib, ular turli og‘irlik darajasida va davomiylikda bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘aluvchanlik, mushak tonusining yuqori yoki past bo‘lishi, titroq, uyquchanlik, respiratorli distress yoki emizishni buzilishi to‘g‘risida xabarlar olingan. Shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.
Emizish
Sulpirid onaning ko‘krak sutiga ajralib chiqadi. Agar emizish davrida sulpirid bilan davolash zarur bo‘lsa, u holda emizishni to‘xtatish kerak.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Mazkur dori vositasi uyquchanlik chaqiradi va psixomotor reaksiyalarni sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni qo‘llash davrida xavf bilan bog‘liq bo‘lgan hamda chaqqon va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarishdan (texnik qurilmalar bilan ishlash, transport vositalarini boshqarish va boshqalar) saqlanish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: Sulpirid intoksikasiyasi belgilari odatda qisqa va bir necha soat davomida o‘tib ketadi. 16 g dozada ishlatilganda o‘lim holati kuzatilmagan. Intoksikasiya belgilari qabul qilingan dozaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Sulpiridning bir marotabalik 3 g dozada qabul qilgandan keyin diskomfort, ongni chalkashuvi, diskineziya (chaynov mushaklari spazmi, spastik bo‘yin qiyshiqligi, protruziya) kuzatilishi mumkin. 4-7 g dozada qabul qilingan hollarida qo‘zg‘alish, ongni chalkashuvi va ekstrapiramidal belgilari boshlanadi. Ayrim hollarda – kuchli parkinsonizm sindromi kuzatiladi. Koma va pasaygan qon bosimi 7 g dan ortiq doza ishlatilganda kuzatiladi.
Xaddan tashqari yuqori dozalarni qo‘llash oqibatidagi koma 4 kundan ko‘pga cho‘zilmaydi.
Sulpirid intoksikasiyasi natijasida spesifik asoratlar rivojlanmaydi.
Gematologik va jigar intoksikasiyasi paydo bo‘lmaydi.
Davolash: simptomatik davolanadi. Markaziy ta‘sirga ega xolinoblokatorlarni buyurish ko‘rsatilgan. Homiladorlarda dozani oshirib yuborishda xolinoblokatorlarni korreksiya qiladigan dozasini kamaytirish lozim. Diurezni ishqoriy va osmotik stimullash va zarur bo‘lgan hollarda parkinsonizmga qarshi preparatlar, koma holatidagi kasallarga – intensiv davolash choralari buyuriladi.
Sulpirid dozasini oshirib yuborishni qusishga qarshi preparatlar bilan davolash samarasiz.
Chiqarilish shakli
«Zeprin», tabletkalar 200 mg dan, №48.
«Zeprin», kapsulalar 50 mg dan, №30.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari