Bisakodil
Bisakodil chiqarilish shakllari





Bisakodil haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
BISAKODIL – NIJFARM
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Bisakodil-Nijfarm
Xalqaro patentlanmagan nomi: Bisakodil
Dori shakli: rektal suppozitoriylar
Tarkibi:
Bir suppozitoriy saqlaydi: ta‘sir etuvchi modda: bisakodil – 10 mg,
suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) vazni 1,25 g gacha bo‘lgan suppozitoriy olinguncha.
Ta‘rifi: Oqdan to biroz sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositasi
ATX kodi: A06AV02
Farmakologik xususiyatlari
Ichakning reseptor apparatini ta‘sirlanishini chaqiradi, ichakning shilliq qavatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi, yo‘g‘on ichakda shilimshiq sekresiyasini oshiradi.
Ichakda so‘rilmaydi. Me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatuvchi olddori hisoblanadi, ishqoriy muhitda metabolitni hosil bo‘lishi bilan gidrolizlanadi. Ta‘siri birinchi soat davomida sodir bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Gipotonik va atonik qabziyat (shu jumladan keksalardagi; operasiyalar va tug‘ruqlardan keyingi qabziyat). Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, anus yoriqlari). Xirurgik operasiyalarga, asboblar yordamidagi va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlashda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni tutilishi, churrani qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir kasalliklari, peritonit, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, metrorragiya, sistit, spastik qabziyatlar, o‘tkir gemorroy, o‘tkir proktit, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va/yoki buyraklar yetishmovchiligida.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, quyidagi dozalarda buyuriladi: kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 10-20 mg bisakodil (1-2 shamcha), 8-14 yoshli bolalarga – 10 mg bisakodil (1 shamcha) buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ichak sanchig‘i, diareya (degidratasiya, mushak kuchsizligi, tirishishlar, arterial qon bosimini pasayishi), qorinda og‘riq, meteorizm, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diareya, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, gipokaliemiya, yo‘g‘on ichak atoniyasi.
Davolash: simptomatik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 10 mg, 5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — yo'g'on ichak gipotoniyasi va sust peristaltikasi bilan bog'liq qabziyat (xususan, keksa yoshdagi bemorlarda, operatsiyalardan, tug'ruqdan keyin); — gemorroy, proktit, anal yoriqlarda ich kelishini tartibga solish; — jarrohlik operatsiyalariga, instrumental va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorgarlik.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — ichak tutilishi; — qisilgan churra; — qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari; — qorinda noaniq genezli og‘riqlar; — gastroenterit; — appenditsit — peritonit; — OITdan qon ketishlar; — metrorragiya; — tsistit; — spastik qabziyatlar; — o‘tkir proktit; — o‘tkir gemorroy; — 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar. — yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi.
Tarkibi
- bisakodil 10 mg Yordamchi moddalar: yarimsintetik glitseridlar. Bisakodil 10MG; Yordamchi moddalar: suppotsir AM /yarimsintetik glitseridlar/ Bisakodil 5MG; Yordamchi moddalar: laktoza, saxaroza, giproloza, kaltsiy stearati, oldindan jelatinlangan kraxmal, kartoshka kraxmali, metakril kislotasi va etilakrilat kopolimeri, pvidon, polisorbat, makrogol, titan dioksidi bisakodil 5 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon K-25, karboksimetilkraxmal natriy, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Ichakda eruvchan qobiq tarkibi: metakril kislotasi va metilmetakrilat kopolimeri (1:1), makrogol 6000, talk. Qandli qobiq tarkibi: saxaroza, akatsiya yelimi, makrogol 6000, talk, bo‘yoqchi sariq xinolin (E104), titan dioksidi (E171). Bisakodil-0,005 g; Yordamchi moddalar: qand kukuni, laktoza, aerosil, mikrokristall tsellyuloza, tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon, mum, talk, magniy stearati, oydragit L-100 bisakodil-0,005 g; yordamchi moddalar: qand kukuni, laktoza, kartoshka kraxmali, talk, tayyor aralashma AKRIL-IZ, metiltsellyuloza, kaltsiy stearati, titan dioksidi, trietiltsitrat, kremniy dioksidi, xinolin sariq. Bisakodil-0,005 g; Yordamchi moddalar: qand kukuni, laktoza, aerosil, mikrokristall tsellyuloza, tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon, mum, talk, magniy stearati, oydragit L-100
Farmakodinamikasi
Bisakodil - difenilmetan hosilalari guruhidan mahalliy ta'sir ko'rsatadigan laksatif, kontakt laksatif sifatida, antirezorptiv ta'siri ham tasvirlangan, bisakodil, yo'g'on ichakda gidrolizdan so'ng, ichak motorikasini rag'batlantiradi va suyuqlik va elektrolitlar to'planishiga yordam beradi. katta ichakning lümeni. Bu defekatsiya aktini rag'batlantirishga, evakuatsiya vaqtini qisqartirishga va najasni yumshatishga olib keladi.
Yo'g'on ichakni laksatif sifatida bisakodil distal oshqozon-ichak traktining tabiiy bo'shatish jarayonini rag'batlantiradi. Natijada, ingichka ichakda muhim oziq moddalarning hazm bo'lishi yoki so'rilishi buzilgan hollarda bisakodil samarasiz bo'ladi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ko'ngil aynishi, qorinda og'riqlar, dam bo'lish, og'irlik hissi, kamdan-kam hollarda - ich kelishi vaqtida va undan keyin shilliq va qon. Bisakodil uzoq muddat katta dozalarda qo'llanilganda suv va elektrolitlarning haddan tashqari yo'qotilishiga olib kelishi mumkin, bu esa o'z navbatida mushak kuchsizligi, yurak faoliyati buzilishi, tirishishlar paydo bo'lishi, arterial gipertenziyaga olib kelishi mumkin.
Bolalar uchun qo'llanilishi
10 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun havfli
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homilador ayollarda etarli va yaxshi nazorat qilinadigan tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Ko'p yillik tajriba homiladorlik paytida istalmagan ta'sirlarni ko'rsatmadi.
Klinik ma'lumotlarga ko'ra, bisakodilning faol komponenti (bis- (p-gidroksifenil) piridil-2-metan (BHPM) yoki uning glyukuronidlari ona suti bilan ajralib chiqmaydi.
Ammo, boshqa barcha dorilar singari, Bisakodilni homiladorlik paytida, ayniqsa birinchi trimestrda va emizishda tavsiya etilmaydi, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lmasa va faqat shifokor tavsiyasi bilan.
Preparatning inson tug'ilishiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Jigar faoliyati buzilganida
Jigar va/yoki buyraklar yetishmovchiligida.
Dozirovkasi
- 0,005g 10 mg 10mg 5 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Rektal suppozitoriylar Oq yoki deyarli oq rangli, kulrang yoki sarg'ish tusli, torpedasimon shaklli, silliq moyli yuzali rektal suppozitoriylar Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar Sariq rangli ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar Ichakda eruvchan qandli qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigar va buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Uzoq vaqt davomida qo'llash mumkin emas.
Sut va ishqoriy mineral suv bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Aniq preparatning qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Dozalashning optimal tartibini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning ishlatiladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalari va dozalash tartibiga qat'iy rioya qilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














