Ташкент
logo
SavatKirish

BUFESAL

BUFESAL chiqarish shakllari

- BUFESAL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- BUFESALning tarkibi
- BUFESAL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- BUFESAL narxi Toshkent dorixonalarida

BUFESAL qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Nafas a’zolari kasalliklarni davolash uchun vosita.

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlarini individual o‘zlashtira olmaslik.

Tarkibi

faol modda: natriy xloridi - 70,0 mg yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in’eksiya uchun suv 1 ml gacha

Farmakodinamikasi

Bufesal- ingalyatsion mukolitik vosita bo‘lib, natriy bikarbonat bilan buferlangan, ingalyatsiya yo‘li bilan yuboriladigan 7% li gipertonik steril tuzli eritma. Bufesal osmotik ta’siri tufayli nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalligi bo‘lgan bemorlarda pastki nafas yo‘llarining shilliq qavati sekretini yumshatish va chiqishini yaxshilash yo‘li bilan nafas olishni yengillashtiradi. Ingalyatsiya uchun buferlangan natriy xloridning 7% li gipertonik eritmasi nafas yo‘llarining normal pH (pH 7,3-7,5) ga mos keluvchi biroz ishqoriy reaksiyaga (rN 7,4) ega. Bufesal eritmasining kuchsiz ishqoriy reaksiyasi (rN 7,4) 24 soat mobaynida bakteriyalarning zichligini samarali kamaytirishga imkon beradi, chunki ayrim bakteriyalar (masalan, Pseudomonas aeruginosa) kislotali muhitni afzal ko‘radi. Buferlangan 7% li natriy xlorid eritmasining ushbu tasiri mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda alohida ahamiyatga ega, chunki ushbu kategoriyadagi bemorlarda rN ning fiziologik darajagacha ortishi dastlabki infeksiyani oldini olishi mumkin. Natriy xloridning buferlangan shakli shuningdek, ingalyatsiyada noqulaylikni kamayishini taminlaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy yuborilganda farmakokinetikasi tekshirilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Bufesal ingalyatsiyasi eritmasini homiladorlik va emizishda qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Dozirovkasi

Bufesal preparati ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kattalarda va bolalarning birinchi kunidanoq qo‘llash mumkin. Bufesal eritmasining ingalyatsiyasini nebulayzer yordamida maxsus yuz nikobi, og‘iz yoki burun kanyulasi orqali qo‘llash mumkin. Bolalarda qo‘llanishi Bufesalni bolalarning birinchi kunidanoq qo‘llash mumkin. Bolalarda qo‘llash kattalar nazorati ostida olib borilishi kerak! Bolalarga 1 ml dan 4 ml gacha eritmasi tavsiya etiladi. Davoni kichik dozalarda, asta-sekin dozani oshirish bilan boshlash mumkin. Doza, davo muddati va qo‘llash tez-tezligi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi. Kattalar Kuniga 4 ml – 1 nebula (ampula) dan 2 mahal qo‘llaniladi. Zarur bo‘lganda qo‘llash soni kuniga 4 martagacha oshirilishi mumkin. Qo‘llash tartibi:  Preparatni qo‘llashdan oldin nebulayzer ishlab chiqaruvchisining ko‘rsatmalarini o‘qib chiqish kerak.  Nebulayzerni ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra tayyorlash kerak.  Steril eritma saqlagan nebulani (ampula) blokdan ajratilsin, buning uchun uni aylantiriladi va tortiladi. Ampulaning qopqog‘i vertikal ushlab, qopqoq sindiriladi.  Nebulani (ampula) nebulayzerga ochiq qismi bilan pastga qo‘ying va nebulayzer rezervuariga eritmani kiritish uchun yengil bosing.  Nebulayzerni ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmasiga binoan qo‘llang.  Ingalyatsiya o‘tkazilgandan keyin og‘iz suv bilan chayiladi. Ingalyatsiya o‘tkazish uchun niqobni qo‘llaganda muolajadan keyin eritma qoldiqlarini yo‘qotish uchun yuz terisini nam salfetka bilan artiladi.  Nebulayzer kamerasidagi ishlatilmagan qoldiq eritma to‘kib yuborilishi kerak.  Nebulayzer yaxshilab yuviladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd qilinmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Eritma faqat ingalyatsiya yo‘li bilan qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bronxospazm yoki yo‘tal paydo bo‘lish xollarida qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga xabar berish kerak. Bolalarda qo‘llash kattalar nazorati ostida olib borilishi kerak! Agar, preparatni ochish paytida ampula zararlangan yoki to‘liq yopilmagan bo‘lsa, nebula (ampula) ishlatilmasin. Ampulani qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Bufesal ingalyatsiyasi eritmasini homiladorlik va emizishda qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa eritma yoki dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi! Bir vaqtning o‘zida boshqa preparatlarni ingalyatsion yo‘l bilan qabul qilyotgan bemorlar, ingalyatsion preparatlarni Bufesal bilan qo‘llash tartibi va ketma-ketligi haqida shifokor bilan maslaxatlashishlari kerak. Ingalyatsiya shaklidagi bronxodilatatorni Bufesal eritmasi ingalyatsiyasi yoki boshqa ingalyatsion mukolitiklardan oldin qo‘llash tavsiya etiladi.

Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

faol modda:
natriy xloridi - 70,0 mg
yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in’eksiya uchun suv 1 ml gacha

Chiqarilish shakli

4 ml dan tibbiy polipropilen/polietilenli nebulalar (ampulalar) da.
Farmakoterapevtik guruh

Nafas a’zolari kasalliklarni davolash uchun vosita.

Dori shakli

Ingalyatsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kamdan kam hollarda yo‘tal yoki bronxospazm kelib chiqishi mumkin.

Qo'llanilishi

Bufesal ingalyatsiya uchun eritmasi bronxit, mukovissidoz, bronxoektatik kasallik va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan bemorlarda pastki nafas yo‘llarining shilliq qavati sekretini yumshatish va uni ajralishini osonlashtirish uchun tavsiya etiladi.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz suyuqlik

BUFESAL barcha rasmlari

Barcha rasmlar

BUFESAL savollari

BUFESAL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil