Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Nafas olish tizimi  / BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10

BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Natriya xlorid
Farmakoterapevtik guruh:

Nafas a’zolari kasalliklarni davolash uchun vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:V07AB
Barcha BUFESAL dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10 haqida qo'llanma

Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi

faol modda: natriy xloridi - 70,0 mg yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in’eksiya uchun suv 1 ml gacha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

faol modda:
natriy xloridi - 70,0 mg
yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in’eksiya uchun suv 1 ml gacha

Chiqarilish shakli

4 ml dan tibbiy polipropilen/polietilenli nebulalar (ampulalar) da.

Farmakodinamikasi

Bufesal- ingalyatsion mukolitik vosita bo‘lib, natriy bikarbonat bilan buferlangan, ingalyatsiya yo‘li bilan yuboriladigan 7% li gipertonik steril tuzli eritma. Bufesal osmotik ta’siri tufayli nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalligi bo‘lgan bemorlarda pastki nafas yo‘llarining shilliq qavati sekretini yumshatish va chiqishini yaxshilash yo‘li bilan nafas olishni yengillashtiradi. Ingalyatsiya uchun buferlangan natriy xloridning 7% li gipertonik eritmasi nafas yo‘llarining normal pH (pH 7,3-7,5) ga mos keluvchi biroz ishqoriy reaksiyaga (rN 7,4) ega. Bufesal eritmasining kuchsiz ishqoriy reaksiyasi (rN 7,4) 24 soat mobaynida bakteriyalarning zichligini samarali kamaytirishga imkon beradi, chunki ayrim bakteriyalar (masalan, Pseudomonas aeruginosa) kislotali muhitni afzal ko‘radi. Buferlangan 7% li natriy xlorid eritmasining ushbu tasiri mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda alohida ahamiyatga ega, chunki ushbu kategoriyadagi bemorlarda rN ning fiziologik darajagacha ortishi dastlabki infeksiyani oldini olishi mumkin. Natriy xloridning buferlangan shakli shuningdek, ingalyatsiyada noqulaylikni kamayishini taminlaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy yuborilganda farmakokinetikasi tekshirilmagan.

Farmakoterapevtik guruh

Nafas a’zolari kasalliklarni davolash uchun vosita.

Dori shakli

Ingalyatsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kamdan kam hollarda yo‘tal yoki bronxospazm kelib chiqishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Eritma faqat ingalyatsiya yo‘li bilan qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bronxospazm yoki yo‘tal paydo bo‘lish xollarida qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga xabar berish kerak. Bolalarda qo‘llash kattalar nazorati ostida olib borilishi kerak! Agar, preparatni ochish paytida ampula zararlangan yoki to‘liq yopilmagan bo‘lsa, nebula (ampula) ishlatilmasin. Ampulani qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Bufesal ingalyatsiyasi eritmasini homiladorlik va emizishda qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Qo'llanilishi

Bufesal ingalyatsiya uchun eritmasi bronxit, mukovissidoz, bronxoektatik kasallik va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan bemorlarda pastki nafas yo‘llarining shilliq qavati sekretini yumshatish va uni ajralishini osonlashtirish uchun tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlarini individual o‘zlashtira olmaslik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa eritma yoki dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi! Bir vaqtning o‘zida boshqa preparatlarni ingalyatsion yo‘l bilan qabul qilyotgan bemorlar, ingalyatsion preparatlarni Bufesal bilan qo‘llash tartibi va ketma-ketligi haqida shifokor bilan maslaxatlashishlari kerak. Ingalyatsiya shaklidagi bronxodilatatorni Bufesal eritmasi ingalyatsiyasi yoki boshqa ingalyatsion mukolitiklardan oldin qo‘llash tavsiya etiladi.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz suyuqlik

Dozirovkasi

Bufesal preparati ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kattalarda va bolalarning birinchi kunidanoq qo‘llash mumkin. Bufesal eritmasining ingalyatsiyasini nebulayzer yordamida maxsus yuz nikobi, og‘iz yoki burun kanyulasi orqali qo‘llash mumkin. Bolalarda qo‘llanishi Bufesalni bolalarning birinchi kunidanoq qo‘llash mumkin. Bolalarda qo‘llash kattalar nazorati ostida olib borilishi kerak! Bolalarga 1 ml dan 4 ml gacha eritmasi tavsiya etiladi. Davoni kichik dozalarda, asta-sekin dozani oshirish bilan boshlash mumkin. Doza, davo muddati va qo‘llash tez-tezligi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi. Kattalar Kuniga 4 ml – 1 nebula (ampula) dan 2 mahal qo‘llaniladi. Zarur bo‘lganda qo‘llash soni kuniga 4 martagacha oshirilishi mumkin. Qo‘llash tartibi:  Preparatni qo‘llashdan oldin nebulayzer ishlab chiqaruvchisining ko‘rsatmalarini o‘qib chiqish kerak.  Nebulayzerni ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra tayyorlash kerak.  Steril eritma saqlagan nebulani (ampula) blokdan ajratilsin, buning uchun uni aylantiriladi va tortiladi. Ampulaning qopqog‘i vertikal ushlab, qopqoq sindiriladi.  Nebulani (ampula) nebulayzerga ochiq qismi bilan pastga qo‘ying va nebulayzer rezervuariga eritmani kiritish uchun yengil bosing.  Nebulayzerni ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmasiga binoan qo‘llang.  Ingalyatsiya o‘tkazilgandan keyin og‘iz suv bilan chayiladi. Ingalyatsiya o‘tkazish uchun niqobni qo‘llaganda muolajadan keyin eritma qoldiqlarini yo‘qotish uchun yuz terisini nam salfetka bilan artiladi.  Nebulayzer kamerasidagi ishlatilmagan qoldiq eritma to‘kib yuborilishi kerak.  Nebulayzer yaxshilab yuviladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd qilinmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Bufesal ingalyatsiyasi eritmasini homiladorlik va emizishda qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10 o'xshash dorilari

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•110 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
71 900 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
•55 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan

BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10 analoglari

NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N10
Retseptli
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
AMA Pharm Co. Ltd, Kitay proizvedeno: Anhui Chengshi Manufacture Medicine Co. Ltd
•59 ta dorixonada bor
Narxi
2 200 so'm dan
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
Retseptli
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
•59 ta dorixonada bor
Narxi
2 200 so'm dan
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N10
Retseptli
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
AMA Pharm Co. Ltd, Kitay proizvedeno: Anhui Chengshi Manufacture Medicine Co. Ltd
•59 ta dorixonada bor
Narxi
2 200 so'm dan
NATRIYA XLORID eritma 10ml 0,9% N10
Retseptli
NATRIYA XLORID eritma 10ml 0,9% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus YaTT
•25 ta dorixonada bor
Narxi
6 800 so'm dan
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N5
Retseptli
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5
Retseptli
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
Narxi
2 200 so'm dan
Narxi
2 900 so'm dan
Narxi
4 000 so'm dan

BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10 haqida savollar

BUFESAL eritma dlya ingalyasiy 2ml 7% N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil