Chernika
Chernika chiqarilish shakllari

Chernika haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik qo'llash mumkin bo'lmagan holat hisoblanadi.
Homiladorlik va laktatsiya. “Ogohlantirish” bo'limiga qarang.
Farmakodinamikasi
“Chernika s lyuteinom” dori vositasining farmakologik faolligi komponentlari: chernikaning quruq ekstrakti, lyutein va zeaksantinning majmuaviy ta'siriga bog'liq.
Chernika ekstrakti yallig'lanishga qarshi va antioksidant ta'sirga ega bo'lgan antotsianidinlar saqlaydi. Ular qonning reologik xususiyatlarini yaxshilashga, tromblar hosil bo'lishini kamayishiga, qon tomir devorlarini mustahkamlashga yordam beradi (samara antotsianidinlarning kollagen biosintezini tartibga solishga ta'sir qilish hususiyatiga bog'liq), shuningdek rodopsinni tiklanishini tezlashtiradi.
Spetsifik karotinoidlar lyutein va zeaksantin fotoretseptorli hujayralarning yorug'lik bilan induktsiyalangan kislorodli radikallardan himoyasini ta'minlaydi. Lyutein va zeaksantin antioksidant, himoya qiluvchi, singdiruvchi ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
“Chernika s lyuteinom” preparatining ta'siri uning komponentlarining yig'indi ta'siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o'tkazishning imkoni yo'q; barcha komponentlarni birga markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatib bo'lmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparatni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir ko'rsatmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilinadi. Kattalarga bir oy davomida sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin 1 kapsuladan, keyinchalik ikki oy davomida kuniga 1 marta 1 kapsuladan buyuriladi. Qabul qilishning tavsiya etiladigan kursi yiliga 2-3 marta.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












