Apteka.uz
SavatKirish

CHERVUJID

CHERVUJID chiqarilish shakllari

CHERVUJID suppozitorii N12
CHERVUJID suppozitorii N12
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
S.C. Ircon S.R.L.
•68 ta dorixonada bor
Narxi
194 800 so'm dan
- CHERVUJID qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- CHERVUJIDning tarkibi
- CHERVUJID ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- CHERVUJID narxi Toshkent dorixonalarida

CHERVUJID haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- Og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;

- Og‘ir gematologik kasalliklar;

- Homiladorlik yoki emizish davri.

Maxsus ko‘rsatmalari

Anamnezida gematologik kasalliklar mavjud bo'lgan hollarda yoki uzoq muddatli davolash zarurati tug'ilganda, periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Garchi ushbu preparat uchun bunday reaksiyalar haqida xabar berilmagan bo'lsa-da, ammo eritrotsitlar, leykotsitlar va/yoki trombotsitlar soni kamayishi ehtimoli bo'lganda davolashni to'xtatish kerak.

Uzoq muddatli davolashda markaziy yoki periferik neyropatiya (uvishish, ataksiya, bosh aylanishi, tirishishlar) kabi noxush reaksiyalarni kuzatib borish kerak. Garchi bunday reaksiyalar ushbu preparatni qabul qilish oqibatida qayd etilmagan bo'lsa-da, shunga qaramay, ataksiya, bosh aylanishi yoki dezorientatsiya paydo bo'lishi davolashni to'xtatishni talab qiladi.

Agar Sizda surunkali yoki zo'rayib boruvchi kechuvchi jiddiy markaziy va periferik nevrologik buzilishlar bo'lsa, ushbu preparatni nevrologik buzilishlar yomonlashishi xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Isitma, yuzga to'satdan qon quyilishi, qusish, taxikardiya va h.k. ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan disulfiramsimon reaksiyalar paydo bo'lishining oldini olish uchun davolash vaqtida, shuningdek davolash to'xtatilgandan keyin 48 soat davomida alkogol iste'mol qilish yoki alkogol saqlovchi dorilarni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Yiliga 2-3 davolash kursidan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Mexanik kontrasepsiyani (prezervativlar yoki diafragmalar) CHERVUJID preparati bilan bir vaqtda ishlatish homiladorlikdan saqlanish vositalari yirtilishi xavfini oshirishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, bu haqda shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

CHERVUJIDni har doim aynan shifokoringiz Sizga tavsiya qilganidek ishlating. Agar biror narsada shubhalansangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang. Agar CHERVUJID preparati bilan davolash samarasi juda kuchli yoki juda kuchsiz deb o‘ylasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.

CHERVUJID intravaginal kiritiladi. Vaginal suppozitoriy qinga chuqur, chalqancha yotgan holda kiritiladi. Odatiy doza har kuni kechqurun, uyqudan oldin bitta vaginal suppozitoriy CHERVUJIDni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi 12 kunni tashkil qiladi.

Servitsitlarda yarali shikastlanishlarni davolashda davolash 1-2 marta, yaralar to‘liq chandiqlanguncha, davolash kurslari orasida 7 kunlik tanaffus bilan takrorlanadi.

Agar servitsit va vaginit infeksion agentlar (adneksit, pelvioperitonit) chaqirgan kuchli yallig‘lanish kasalliklari bilan birga kelsa, shifokoringiz Sizga CHERVUJID preparatini tizimli antibiotiklar bilan kompleks terapiyada qo‘llashni tavsiya qilishi mumkin.

CHERVUJID bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. CHERVUJID preparatini o‘smirlarda qo‘llash zarurati bo‘lganda kattalardagi kabi dozalar tavsiya etiladi.

CHERVUJID preparati bilan davolash davomiyligi shifokor tomonidan holatni va kasallik simptomlarining kamayishini davriy baholash asosida belgilanadi. Agar Siz CHERVUJIDni juda uzoq vaqt qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Agar Siz CHERVUJIDni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozalarni to‘ldirish uchun ikki baravar dozani qabul qilmang.

Agar Siz CHERVUJIDni ishlatishni to‘xtatsangiz CHERVUJIDni davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra davolash oxirigacha qabul qilishni davom ettiring. Ushbu kasallikni yengillashtirish yoki davolash uchun har bir doza zarur. Terapiya keskin to‘xtatilgandan so‘ng hech qanday noxush simptomlar qayd etilmagan.

Agar Sizda ushbu preparat bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. CHERVUJID preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

CHERVUJID narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
200 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
200 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
200 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
200 000 so'm
Bron qilish

CHERVUJID haqida savollar

CHERVUJID haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil