Ташкент
logo
SavatKirish

DIARKAL

DIARKAL chiqarish shakllari

DIARKAL tabletkalari N30
Retseptsiz
DIARKAL tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
DIARCAL BONE PLUS chaynaladigan tabletkalar N30
DIARCAL BONE PLUS chaynaladigan tabletkalar N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Bajaj Nutraceuticals
- DIARKAL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- DIARKALning tarkibi
- DIARKAL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- DIARKAL narxi Toshkent dorixonalarida

DIARKAL qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.   Giperkalsemiya, metastatik kalsifikatsiya, D vitaminining yuqori dozasi. 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga. Ishlatishdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashing.

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

kaltsiya karbonata – 1250,0 mg (elementar kaltsiyga ekvivalent– 500 mg);

kolekaltsiferol – 1,0 mg (D3 vitaminga ekvivalent– 200 XB);

yordamchi moddalar: natriy kraxmalglikolyat A turi, mikrokristallik tsellyuloza, kolloidli kremniy dioksid, kukuruz kraxmali, povidon PVP K-30, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, natriy lauril sulfati, natriy kroskarmelloza, tozalangan talk, magniy stearati, oq bo'yoq SC-SP-3180 (Spraycel) (gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi), tozalangan suv.

Farmakokinetikasi

D3 vitamini ingichka ichakda so'riladi. Kaltsiy faol D3 vitaminiga bog'liq transport mexanizmi hisobiga ingichka ichakning proksimal qismida ionlashgan shaklda so'riladi.

Qabul qilingan kaltsiyning dozasini taxminan 30% me'da-ichak yo'llari orqali so'riladi. Kaltsiyning 99% organizmning qattiq tuzilmalarida (suyaklar, tishlar) to'planadi, 1% - xujayra ichi va tashqarisida qoladi. Qondagi kaltsiyning taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda bo'ladi. Taxminan 10% tsitratlar, fosfatlar va boshqa anionlar bilan kompleks holatida bo'ladi, qolgan 40% oqsillar, asosan albuminlarning tarkibiga kiradi. Kaltsiy axlat, siydik va ter bilan chiqariladi.

D3 vitamini ingichka ichakda oson so'riladi. Xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda spesifik globulinlar ko'rinishida aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksi faol shakli 25-gidroksikaltsiferolga aylanadi, so'ngra buyraklarda kaltsiyni kuchli so'rilishiga javob beradigan, 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. Metabolizmga uchramagan D3 vitamini mushak va yog'to'qimasida to'planadi. D3 vitamini axlat va siydik bilan chiqariladi. 


Farmakologik ta'siri

Ayniqsa suyak to'qimalarida kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Organizmda suyak to'qimasining zichligini oshirib va rezorbtsiya (kaltsiyni suyaklardan chiqib ketishi) ni kamaytirib, organizmda D3 vitamini va kaltsiy tanqisligini tiklaydi. Preparatning ta'siri, uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning samarasi bilan aniqlanadi.

Kaltsiy suyak to'qimasini shakllanishida, tishlarni mineralizasiyalanishida, nerv o'tkazuvchanligi va mushaklar qisqarishini boshqarishda, yurak faoliyatini stabil tutib turishda ishtirok etadi, qon ivish tizimining komponenti hisoblanadi.

D3 vitamini ichakda kaltsiyning so'rilishini va uni suyak to'qimasi bilan bog'lanishini kuchaytiradi, organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi.

Kaltsiy va D3 vitaminini qo'llash oshgan suyak rezorbtsiyasi (kaltsiyni suyaklardan chiqib ketishi) ni stimulyatori hisoblangan, paratireoid gormon (PTG) ishlab chiqarilishini oshishiga to'sqinlik qiladi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

12 yoshdan oshgan o'smirlarga Diarkal preparatini kuniga 1 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi bolalarga tavsiya etilgan kundalik dozalarga muvofiq, tayyor bo'lgan eritmani proportsiya shaklida buyurish mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Shifokor maslahatisiz preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida yuqori dozalarda qo`llamaslik  kerak.

Dozirovkasi

18 yosh va undan kattalar  kuniga bitta tabletkadan  yoki shifokor tavsiyasiga binoan qo`llanadi

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, chanqash, kuchli chanqash, poliuriya, qabziyat, suvsizlanishdan iborat bo'lgan giperkaltsiuriya va giperkaltsiemiya kuzatiladi.

Dozani surunkali oshirib yuborilishi, giperkaltsiemiya tufayli tomirlar va boshqa a'zolarning kaltsinoziga olib kelishi mumkin.

Davolash: kaltsiy va D3 vitaminini qabul qilishni to'xtatish, organizmga ko'p miqdorda suyuqlik yuborish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Biologik faol qo`shimcha. Bu dori vositasi emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Fenitoin yoki barbituratlarni qo'shimcha ravishda qo'llash metabolik faolsizlanishi orqali D3 vitaminining ta'sirini pasaytirishi mumkin.

Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo'llanganida EKG ni va pasientning klinik holatini nazorat qilish kerak, chunki kaltsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Qo'shimcha ravishda bisfosfonatlar, natriy ftoridi yoki tetrasiklinlar og'iz orqali qabul qilinganida, preparatni faqat 3 soatdan keyin qo'llash tavsiya etiladi (bisfosfonatlar, natriy ftoridi yoki tetrasiklinlarni me'da-ichak yo'llari orqali so'rilishini pasayish xavfi mavjud).

Tiazid diuretiklar qo'llanganida giperkaltsiemiyani rivojlanish xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyni buyrak naychalari orqali qayta so'rilishini oshiradilar. Furosemid va boshqa xalqali diuretiklar esa aksincha, buyraklar orqali kaltsiyning chiqarilishini oshiradilar.

Preparatni glyukokortikosteroidlar bilan birga qo'llash kaltsiyning so'rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Oksalatlar saqlovchi ozuqa maxsulotlari (shovul va ismaloq) va fitin (yorma) kaltsiyni so'rilish hususiyatini pasaytiradi, shuning uchun shovul, ismaloq, yorma maxsulotlarini qabul qilgandan so'ng 2 soat davomida Diarkal preparatini qabul qilish mumkin emas.

Saqlash shartlari

Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar qo'li etmaydigan joyda + 25 °C gacha bo'lgan haroratda saqlang.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Ozuqaviy moddalar

O`lchov birligi

Har bir tabletkada

Quvvat

k.kall

3.120

Oqsil

gr

0,03

Uglevodlar

gr

0,75

Shakar

gr

0,00

Yog` va yog` kislotalari

gr

0,00

Xolesterin

gr

0,00

Natriy

mg

1.20

Kaltsiy Sitrat

mg         

1250

Malat Sink Sulfat Monohidrat

mg

10

Vitamin К 2 7

mkg

50

Kalsitriol

mkg

0,25

Ishlab chiqarilish shakli:

30\60  tabletka qo'llash bo'yicha yo'riqnoma va PET qahrabo rangli flakon bilan quti.

Nojo'ya samaralari

Ovqat-xazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, gastralgiya, diareya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalar bilan davolanganda giperkaltsiuriya va giperkaltsiemiya kuzatiladi.


Qo'llanilishi

DIARCAL BONE CHEWABLE PLUS chaynaladigan tabletkalari asosan osteoporoz(suyaklarining surunkali kasalligi), osteomalatsiya (raxit), kaltsiy etishmovchiligi, gipoparatiroidizm (paratiroid bezlarini yetishmovchiligi tufatli yuzaga keladigan kasalligi) va tetaniyani (og'riqli mushaklarning qisqarishi) davolash uchun ishlatiladigan biologik faol qo`shimcha. 
К 2 7 vitamini sabab suyak zichligini saqlashga yordam beradi, kaltsiyni qon oqimidan suyakka tashishga yordam beradi va sink bilan birgalikda immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Ta'rifi

bir tomonida o'yig'i va boshqa tomoni tekis bo'lgan, kapsula shakldagi oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

DIARKAL barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

DIARKAL savollari

DIARKAL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil