Dismenormning aptekalardagi narxlari
DISMENORM tabletkalari N80
|
|
3 ta dorixonada bor
|
550 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Dismenorm ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DISMENORM®
DYSMENORM®
Preparatning savdo nomi: Dismenorm®
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: Agnus castus – 125 mg (quruq qoldik 1mg), Apis mellifica D3 – 25 mg, Pulsatilla D3 – 25 mg, Rosmarinus officinalis D2 – 25 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati , bug‘doy kraxmali, magniy stearati.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi: gomeopatik dori vositalari.
ATX kodi: G02CX
Farmakologik xususiyatlari
Kasallikni tushunishiga va dori substansiyasini qo‘llanilishini tushinish yuzasidan gomeopatik davolash ana‘naviy tibbiyotdan yaqqol farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda uni potensial o‘z-o‘zini davolashni faollashtiradi. Gomeopatik vositaga organizmning javobi qat‘iy shaxsiydir. Shu sababli dozospesifik farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
Hayz ko‘rish oldi sindromi va muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rish kabi hayz ko‘rish siklini buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilish kerak. Xolat yaxshilanganida preparatni qabul qilishni tez-tezligini pasaytirish kerak.
Qo‘llash usuli
Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minutdan keyin, og‘izda sekin erishiga imkon bergan holda qabul qilish lozim. Zarur bo‘lganda tabletkani oz miqdordagi suvda (masalan, choy qoshiqda) eritish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Juda kam xollarda (<1/10000) yoki noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga asosan tez-tezligi baxolab bo‘lmaydi): Agnus castus saqlovchi dori preparatlarini qabul qilganda, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; ko‘ngil aynishi va abdominal og‘riq kabi me‘da-ichak tomonidan buzilishlar, xusn buzar toshmalar va hayz ko‘rish siklini buzilishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek yuqori sezuvchanlik reaksiyalari xaqida ma‘lumotlar bor, teri toshmalari, eshakemi (qichishadigan pufakchalar paydo bo‘lishi), yuz to‘qimalarini shishi, hansirash va yutishdagi qiyinchiliklar bilan kuzatiluvchi og‘ir darajadagi yuqori reaksiyalar.
Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Izoh: Gomeopatik dori vositasi qo‘llanganda birlamchi vaqtinchalik axvol yomonlashishi mumkin. Bunday xolatlarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Asalari zaxariga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma‘lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik emizish, estrogenlarga bog‘liq o‘smalar yoki gipofiz o‘smalarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agnus castus faol moddani dofaminergik va estrogen samarasi mumkinligi tufayli preparat dofaminagonistlar, dofaminantagonistlar, estrogenlar va antiestrogenlar bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin. Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanilishi zarur xollarida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu preparat laktoza va bug‘doy kraxmali saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Oz miqdorda bug‘doy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, ammo seliakiyasi bo‘lgan odamlar uchun deyarli xavfsizdir. Bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan pasientlarga (seliakiyadan farqli) ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar o‘tkir xolat yaxshilanmasa yoki yemonlashsa, yoki agar qo‘shimcha shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokor bilan maslaxatlashing.
Bolalar
Yetarlicha klinik ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Dismenorm homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Agnus castus faol ingredienti tufayli laktasiya davrida preparatni qabul qilish mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
250 mg dan tabletkalar, 80 tabletkadan flakonda; 1 flakondan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari