Apteka.uz
SavatKirish

Dolmasto

Dolmasto chiqarilish shakllari

DOLMASTO og'iz tomchilari 50ml
DOLMASTO og'iz tomchilari 50ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
“Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
•108 ta dorixonada bor
Narxi
117 800 so'm dan
- Dolmasto qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dolmastoning tarkibi
- Dolmasto ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dolmasto narxi Toshkent dorixonalarida

Dolmasto haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va emizish davri, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar. Agar homiladorlik qabul qilish paytida ro'y bersa, qabul qilishni to'xtatish kerak.

Farmakologik ta'siri

Vitex prolaktinning ortiqcha sekresiyasini kamaytirishga yordam beradi. Prolaktin kontsenrasiyasini normallashtirish sut bezlaridagi patologik jarayonlarni va siklik og'riq sindromini yo'q qilishga yordam beradi. Prolaktin darajasining pasayishi gonadotropik gormonlar nisbatini tiklashga yordam beradi, bu hayz davrining ikkinchi bosqichini normallashtiradi, shuningdek estradiol va progesteron o'rtasidagi muvozanatni bartaraf qiladi. Vitex premenstrual sindromning namoyon bo'lishini kamaytirishga yordam beradi va bepushtlikning ayrim turlarida samarali bo'ladi. Vitex menopauza bilan bog'liq kasalliklarda muvaffaqiyatli qo'llaniladi va kontraseptiv tabletkalarini qo'llashdan keyin hayz davrini tartibga solishga yordam beradi.

Tanacetum parthenium og'riq va yallig'lanish paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan prostaglandinlarni zararsizlantirish qobiliyati tufayli premenstrual sindromda og'riqni kamaytiradi. Prostaglandinlar hayz ko'rish spazmlarini keltirib chiqarishda ham rol o'ynaydi. Shunday qilib, spazmolitik ta'sir va prostaglandinlarni neytralash qobiliyati ginekologik muammolarni hal qilishga imkon beradi.

Angelica ekstrakti ko'pincha "ayollar jensheni"deb nomlanadi. Ayol tanasida gormonal muvozanatni normallashtiradi. Algodismenoreyada u siklning muntazamligini tiklaydi, og'riqni bartaraf qiladi. Kichik chanoq bo'shlig'idagi dimlanish bilan bog'liq ginekologik kasalliklar uchun foydali ta'sir ko'rsatadi. Gormonal dorilarni bekor qilgandan keyin hayz davrini tiklashga yordam beradi.

Oq tol po'stlog'ining ekstrakti eng kuchli tabiiy analgetik bo'lib, yallig'lanishga qarshi, isitma tushuruvchi va og'riq qoldiruvchi faollikka ega. Oq tol po'stlog'ida aspiringa o'xshash moddalar, C vitamini va bioflavonoidlar mavjud bo'lib, ular umumiy metabolizmga foydali ta'sir ko'rsatadi, yallig'lanishga qarshi, isitma tushuruvchi xususiyatlarga ega. Oq tol po'stlog'i ham diuretik bo'lib, yallig'lanishni keltirib chiqaradigan gormonga o'xshash moddalar ishlab chiqarishni bloklaydi.

Kaliforniya sariq maki ekstrakti tarkibida ko'p miqdordagi C va E vitaminlari, ko'p to'yinmagan yog'li kislotalar mavjud. Markaziy asab tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, yurak urishini pasaytiradi, uyquni yahshilaydi  va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega.

Shalfey barglari biriktiruvchi, bakterisid va yallig'lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Mikroblarga qarshi xususiyatli - efir moylari bilan, yallig'lanishga qarshi xususiyatlar - flavonoid birikmalar va P vitamini bilan bog'liq bo'lib, ular epiteliya to'qimalarini zichlashtiradi, hujayra membranalari, qon va limfa tomirlari devorlarining o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Shalfey barglarining antiseptik xususiyatlari o'simlik antibiotiklari salvin tufayli yuzaga keladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Dorixona tarmog'i va ixtisoslashtirilgan do'konlar, savdo tarmog'i bo'limlari orqali.

Biologik faol qo’shimcha.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kuniga 1-2 ml (20-40 tomchi) 2-3 mahal. Tomchilar suv yoki boshqa suyuqlik bilan ozgina suyultiriladi. Tavsiya etilgan qabul qilish muddati 2 oydan 3 oygacha. Yaxshilanish odatda 6 haftadan keyin sodir bo'ladi. Agar qabul qilishni to'xtatgandan so'ng shikoyatlar qayta tiklansa, shifokor bilan maslahatlashganidan keyin davom ettirish kerak. Dolmasto uzoq muddatli terapiya uchun qo’llash mumkin. Har foydalanishdan oldin shishani chayqating.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dolmasto preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Dolmasto narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
117 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
117 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
117 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
117 800 so'm
Bron qilish

Dolmasto haqida savollar

Dolmasto haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil