Apteka.uz
SavatKirish

Dostineks analoglari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Analog dorilar
BERGOLAK 0,0005 tabletkalari N2
Retseptli
BERGOLAK 0,0005 tabletkalari N2
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verofarm AO
ABINEKS 1 tabletkalari 1mg N8
Retseptli
ABINEKS 1 tabletkalari 1mg N8
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Aburaihan Pharmaceutical Co.
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Dostineks

Qo‘llash ko‘rsatmalari

•   Tug‘ruqdan keyin fiziologik laktasiyani oldini olish.
•   Tug‘ruqdan keyingi laktasiyani susaytirish.
•   Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarni, shu jumladan amenoreya, oligomenoreya, anovulyasiya, galaktoreyani davolash.
•   Gipofizning prolaktin sekresiyalovchi adenomalari (mikro- va makroprolaktinomalar), idiopatik giperprolaktinemiya; giperprolaktinemiya bilan birga qo‘shilgan «bo‘sh» turk egari sindromida qo‘llanadi.

Nojo'ya ta'sirlar

Dostineks preparati qo‘llangan klinik tekshirishlarda laktasiyani fiziologik to‘xtatish uchun (1 mg ni bir marta) va laktasiyani susaytirish uchun (0,25 mg dan har 12 soatda 2 kun davomida) nojo‘ya ta‘sirlari taxminan 14% ayollarda aniqlangan. Dostineks preparati haftada 1-2 mg dan 2 qabulga bo‘lingan dozada giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash uchun 6 oy davomida qo‘llanganida, nojo‘ya ko‘rinishlarning tez-tezligi 68% ni tashkil qilgan. Nojo‘ya ko‘rinishlar asosan davolashning birinchi 2 haftasi davomida paydo bo‘lgan va ko‘pchilik hollarda davolash davom ettirilganida yoki preparati bekor qilinganidan keyin bir necha kun o‘tgach yo‘qolgan. Nojo‘ya ko‘rinishlari odatda o‘tkinchi, og‘irlik darajasi bo‘yicha kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan va dozaga bog‘liq xarakterga ega. Davolash vaqtida og‘ir nojo‘ya holatlari kamida 14% pasientlarda aniqlangan, nojo‘ya ta‘sirlari sababli taxminan 3% pasientlarda davolash to‘xtatilgan.

Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari quyida berilgan:

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi hissi; Dostineks uzoq muddat qo‘llanganida odatda gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi, ayrim hollarda ortostatik arterial gipotenziya bo‘lishi mumkin; tug‘ruqdan keyingi birinchi 3-4 kunlari AB belgilarsiz pasayishi mumkin (sistolik 20 mm sim. ust. dan ko‘proq, diastolik – 10 mm sim. ust. dan ko‘proq).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi/vertigo, bosh og‘rig‘i, yuqori charchoqlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya, paresteziya, xushdan ketish, asabiylashish, xavotorlik, uyqusizlik, diqqat konsentrasiyasini buzilishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohasida og‘riqlar, qorin og‘rig‘i, qabziyat, gastrit, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq pardasinir quruqligi, diareya, meteorizm, tish og‘rig‘i, halkumni shilliq pardasini ta‘sirlanishi.

Boshqalar: mastodiniya, dismenoreya, burundan qon ketishi, rinit, yuz terisiga qonni “oqib kelishlari”, tranzitor gemianopsiya, barmoq tomirlarining spazmlari va oyoq mushaklarini tirishishlari (boshqa shoxkuya hosilalari kabi Dostineks tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin), ko‘rishni buzilishi, grippsimon simptomlar, lohaslik, periorbital va periferik shishishlar, anoreksiya, akne, terini qichishi, bo‘g‘imlarda og‘riq.

Dostineks preparati bilan uzoq muddatli davolashda standart laboratoriya ko‘rsatkichlarini me‘yordan o‘zgarishi kam aniqlangan: amenoreyali ayollarda hayz tiklanganidan keyin birinchi bir necha oy davomida gemoglobinning darajasini kamayishi kuzatilgan.

Postmarketing tekshirishlarida kabergolinni qabul qilish bilan bog‘liq quyidagi nojo‘ya ta‘sirlari ham qayd qilingan: alopesiya, qonda kreatinin-fosfokinaza faolligini oshishi, maniyalar, dispnoe, shishlar, fibroz, jigar faoliyatini buzilishi va jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, toshma, respirator buzilishlar, nafas yetishmovchiligi, valvulopatiya, qimor o‘yinlariga patologik moyillik, giperseksuallik, libidoni oshishi, tajovuzkorlik, ruxiy buzilishlar, perikardit, tasodifan uxlab qolish, tana vazni kamayishi yoki oshishi, burun bitishi.

Batafsil

Retseptli / Retsepsiz

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi

Bergolak

Qo‘llash ko‘rsatmalari
Ma'lumot topilmadi
Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil