Dostineksning aptekalardagi narxlari
DOSTINEKS tabletkalari 0,5mg N8
|
|
238 ta dorixonada bor
|
144 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
228 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
288 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Dostineks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DOSTINEKS®
DOSTINEX
Preparatning savdo nomi: Dostineks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kabergolin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,5 mg kabergolin;
yordamchi moddalar: 75,9 mg laktoza, 3,6 mg leysin.
Ta‘rifi: oq, yassi, cho‘zinchoq, bir tomonida o‘yiqchalar bilan ajratilgan «R» va «U» markirovkali va boshqa tomonida «700» soni ustida va ostida qisqa o‘yiqchalari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: dofamin reseptorlarining agonisti.
ATX kodi: G02CB03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Kabergolin ergolinning dofaminergik hosilasidir va gipofizning laktotrop xujayralarining D2-dofamin reseptorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirishi bilan bog‘liq bo‘lgan yaqqol va uzoq muddatli prolaktin pasaytiruvchi ta‘siri bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, yuqori dozalar qabul qilinganida prolaktinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini kamaytirish uchun, shundaylar bilan solishtirilganida kabergolin D2-reseptorlarni rag‘batlantirilishi oqibatida markaziy dofaminergik samaralarga ega.
Prolaktinning plazmadagi konsentrasiyasini pasayishi preparat qabul qilinganidan keyin 3 soat davomida aniqlanadi va sog‘lom ko‘ngillilarda va giperprolaktinemiyali pasientlarda 7-28 soat davomida va ayollarda tug‘ruqdan keyingi davrda 14-21 kungacha saqlanadi. Kabergolin qat‘iy tanlab ta‘sir qilish qobiliyatiga ega, gipofizning boshqa gormonlarini va kortizolni bazal sekresiyasiga ta‘sir qilmaydi. Kabergolinning prolaktinni pasaytiruvchi ta‘siri yaqqolligiga nisbatan ham, davomiyligiga nisbatan ham dozaga bog‘liqdir.
Kabergolinning terapevtik samarasi bilan bog‘liq bo‘lmagan farmakodinamik ta‘sirlariga, faqat arterial bosimni (AB) pasayishi kiradi. Preparat bir marta qabul qilinganida maksimal gipotenziv samara birinchi 6 soat davomida aniqlanadi va dozaga qaram hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Kabergolin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga 0,5-4 soatdan keyin erishiladi, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 41-42% ni tashkil qiladi. Kabergolinni buyraklar orqali chiqarilish tezligi bo‘yicha baholanadigan yarim chiqarilish davri sog‘lom ko‘ngillilarda 63-68 soatni va giperprolaktinemiyali pasientlarda 79-115 soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davrining uzoqligi sababli muvozanatli konsentrasiya holatiga 4 haftadan keyin erishiladi. Kabergolin qabul qilinganidan keyin 10 kun o‘tgach siydik va ahlatda qabul qilingan dozaning muvofiq taxminan 18% va 72% aniqlanadi, bunda o‘zgarmagan kabergolinning siydikdagi hissasi 2-3% ni tashkil qiladi. Siydikda identifikasiyalangan kabergolin metabolizmining asosiy mahsuloti, qabul qilingan dozaning 4-6% gacha bo‘lgan konsentrasiyadagi 6-allil-8β-karboksi-ergolindir. 3 qo‘shimcha metabolitlarning siydikdagi miqdori qabul qilingan dozaning 3% dan oshmaydi. Metabolizm mahsulotlari prolaktinning sekresiyasini bostirilishiga nisbatan kabergolin bilan solishtirganda ahamiyatli kam samaraga ega ekanligi aniqlangan.
Ovqat qabul qilish kabergolinni so‘rilishiga va taqsimlanishiga ta‘sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
- Tug‘ruqdan keyin fiziologik laktasiyani oldini olish.
- Tug‘ruqdan keyingi laktasiyani susaytirish.
- Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarni, shu jumladan amenoreya, oligomenoreya, anovulyasiya, galaktoreyani davolash.
- Gipofizning prolaktin sekresiyalovchi adenomalari (mikro- va makroprolaktinomalar), idiopatik giperprolaktinemiya; giperprolaktinemiya bilan birga qo‘shilgan «bo‘sh» turk egari sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatlanish vaqtida.
Laktasiyani to‘xtatish: 1 mg bir marta (0,5 mg dan 2 tabletka) tug‘ruqdan keyin birinchi kuni.
Boshlangan laktasiyani susaytirish: 0,25 mg (1/2 tabletka) dan sutkada ikki marta har 12 soatda ikki kun davomida (umumiy doza 1 mg ga teng). Emizikli onalarda ortostatik gipotenziya xavfini kamaytirish maqsadida, Dostineks® preparatni bir martalik dozasi 0,25 mg dan oshmasligi kerak.
Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash: tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza haftada bir qabulda (0,5 mg li 1 tabletka) yoki ikki qabulda (0,5 mg li 1/2 tabletkadan, masalan, dushanba va payshanba) 0,5 mg ni tashkil qiladi. Haftalik dozani oshirish asta-sekin 0,5 mg ga bir oylik oraliqda, optimal terapevtik samaraga erishguncha o‘tkaziladi. Terapevtik doza odatda haftada 1 mg ni tashkil qiladi, ammo haftada 0,25 mg dan 2 mg gacha o‘zgarishi mumkin. Giperprolaktinemiyali pasientlar uchun maksimal doza haftada 4,5 mg dan oshmasligi kerak.
O‘zlashtirilishiga qarab haftalik dozani bir marta qo‘llash mumkin yoki haftada 2 va undan ko‘p qabullarga bo‘lish mumkin. Preparat haftada 1 mg dan ko‘p dozada buyurilganida haftalik dozani bir necha qabullarga bo‘lish tavsiya qilinadi.
Dofaminergik preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanish ehtimolini davolashni Dostineks® preparatning kichik dozalari bilan (masalan, 0,25 mg dan haftada bir marta) boshlab kamaytirish mumkin, keyinchalik terapevtik dozaga erishilgunicha asta-sekin oshiriladi. Yaqqol nojo‘ya ko‘rinishlari paydo bo‘lganida preparatning o‘zlashtirilishini yaxshilash uchun dozani keyinchalik asta-sekin oshirish (masalan, haftada 0,25 mg ga, har ikki haftada oshirish) orqali vaqtinchalik kamaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dostineks® preparati qo‘llangan klinik tekshirishlarda laktasiyani fiziologik to‘xtatish uchun (1 mg ni bir marta) va laktasiyani susaytirish uchun (0,25 mg dan har 12 soatda 2 kun davomida) nojo‘ya ta‘sirlari taxminan 14% ayollarda aniqlangan. Dostineks® preparati haftada 1-2 mg dan 2 qabulga bo‘lingan dozada giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash uchun 6 oy davomida qo‘llanganida, nojo‘ya ko‘rinishlarning tez-tezligi 68% ni tashkil qilgan. Nojo‘ya ko‘rinishlar asosan davolashning birinchi 2 haftasi davomida paydo bo‘lgan va ko‘pchilik hollarda davolash davom ettirilganida yoki Dostineks® preparati bekor qilinganidan keyin bir necha kun o‘tgach yo‘qolgan. Nojo‘ya ko‘rinishlari odatda o‘tkinchi, og‘irlik darajasi bo‘yicha kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan va dozaga bog‘liq xarakterga ega. Davolash vaqtida og‘ir nojo‘ya holatlari kamida 14% pasientlarda aniqlangan, nojo‘ya ta‘sirlari sababli taxminan 3% pasientlarda davolash to‘xtatilgan.
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari quyida berilgan:
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi hissi; Dostineks® uzoq muddat qo‘llanganida odatda gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi, ayrim hollarda ortostatik arterial gipotenziya bo‘lishi mmkin; tug‘ruqdan keyingi birinchi 3-4 kunlari AB belgilarsiz pasayishi mumkin (sistolik 20 mm sim. ust. dan ko‘proq, diastolik – 10 mm sim. ust. dan ko‘proq).
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi/vertigo, bosh og‘rig‘i, yuqori charchoqlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya, paresteziya, xushdan ketish, asabiylashish, xavotorlik, uyqusizlik, diqqat konsentrasiyasini buzilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohasida og‘riqlar, qorin og‘rig‘i, qabziyat, gastrit, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq pardasinir quruqligi, diareya, meteorizm, tish og‘rig‘i, halkumni shilliq pardasini ta‘sirlanishi.
Boshqalar: mastodiniya, dismenoreya, burundan qon ketishi, rinit, yuz terisiga qonni “oqib kelishlari”, tranzitor gemianopsiya, barmoq tomirlarining spazmlari va oyoq mushaklarini tirishishlari (boshqa shoxkuya hosilalari kabi Dostineks® tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin), ko‘rishni bo‘zilishi, grippsimon simptomlar, lohaslik, periorbital va periferik shishishlar, anoreksiya, akne, terini qichishi, bo‘g‘imlarda og‘riq.
Dostineks® preparati bilan uzoq muddatli davolashda standart laboratoriya ko‘rsatkichlarini me‘yordan o‘zgarishi kam aniqlangan: amenoreyali ayollarda hayz tiklanganidan keyin birinchi bir necha oy davomida gemoglobinning darajasini kamayishi kuzatilgan.
Postmarketing tekshirishlarida kabergolinni qabul qilish bilan bog‘liq quyidagi nojo‘ya ta‘sirlari ham qayd qilingan: alopesiya, qonda kreatinin-fosfokinaza faolligini oshishi, maniyalar, dispnoe, shishlar, fibroz, jigar faoliyatini buzilishi va jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, toshma, respirator buzilishlar, nafas yetishmovchiligi, valvulopatiya, qimor o‘yinlariga patologik moyillik, giperseksuallik, libidoni oshishi, tajovuzkorlik, ruxiy buzilishlar, perikardit, tasodifan uxlab qolish, tana vazni kamayishi yoki oshishi, burun bitishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- kabergolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek har qanday shoxkuya alkaloidlariga yuqori sezuvchanlik.
- fibroz o‘zgarishlar yoki anamnezda shunday holatlar bo‘lgan tufayli yurak va nafas funksiyalarini buzilishi.
- davomli terapiyada: davolashdan oldin o‘tqazilgan exokardiografik (ExoKG) tekshiruvlar bilan tastiqlangan yurak klapan apparati patologiyasini anatomik belgilari (shu jumladan, klapan tavaqalarini qalinlanishi, klapan tavaqalarini torayishi, aralash patologiyasi: klapanlar yetishmovchiligi va stenozi).
- 16 yoshdan kichik bolalarda (preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan).
- laktozani o‘zlashtiriolmasligi, laktazani tanqisligi, glyukoza-galaktoz malabsorbsiyasi.
Ehtiyotkorlik bilan
Boshqa shoxkuya hosilalari kabi Dostineks® ni, quyidagi holatlarda va/yoki kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:
- homiladorlik fonida rivojlangan arterial gipertenziya, masalan preeklampsiya yoki tug‘ruqdan keyingi arterial gipertenziya (Dostineks® ni faqat preparatni qo‘llashdan bo‘ladigan potensial foyda, mumkin bo‘lgan xavfdan ahamiyatli ustun bo‘lgan hollarda buyuriladi);
- og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, Reyno sindromi;
- peptik yara, me‘da-ichak qon ketishlari;
- og‘ir jigar yetishmovchiligi (kichik dozalarni qo‘llash tavsiya qilinadi);
- og‘ir ruxiy yoki kognitiv buzilishlar (shu jumladan anamnezdagi);
- gipotenziv ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash (ortostatik gipotenziyani rivojlanish xavfi tufayli).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kabergolin va boshqa shoxkuya alkaloidlarining o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun bu dori vositalarini bir vaqtda Dostineks® preparati bilan uzoq muddatli davolash vaqtida buyurish tavsiya qilinmaydi.
Kabergolin dofamin reseptorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirishi yo‘li orqali terapevtik ta‘sir ko‘rsatishi tufayli, uni dofamin antagonistlari kabi ta‘sir qiluvchi preparatlar (fenotiazinlar, butirofenonlar, tioksantenlar, metoklopramid va boshq.) bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki ular kabergolinning prolaktinning konsentrasiyasini pasaytirishga qaratilgan ta‘sirini susaytirishi mumkin.
Boshqa shoxkuya hosilalari kabi kabergolinni bir vaqtda antibiotik-makrolidlar (masalan, eritromisin) bilan qo‘llash mumkin emas, chunki bu kabergolinning tizimli biokiraolishligini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash maqsadida Dostineks® preparatini buyurishdan avval gipofizning faoliyatini to‘liq tekshirishni o‘tkazish kerak.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini, shu jumladan yurakning klapan apparati faoliyatini, simptomsiz kechadigan buzilishlarini aniqlash maqsadida ExoKG o‘tkazish kerak.
Boshqa shoxkuya hosilalari qo‘llanganda bo‘lgani kabi, kabergolin uzoq vaqt davomida qabul qilinganidan so‘ng pasientlarda plevrada suyuqlikni yig‘ilishi/plevra fibrozi va valvulopatiyalar kuzatilgan. Ayrim hollarda pasientlar dofaminning ergotonin agonistlari bilan ilgari davolanganlar. Shuning uchun Dostineks® preparatini, yurak yoki nafas faoliyatini, anamnezida fibroz o‘zgarishlari yoki yuqoridagi holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, buzilishlarini klinik simptomlari va/yoki belgilari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Qon regurgitasiyasini paydo bo‘lishi yoki yomonlashishi, klapanlar bo‘shlig‘ini klapanlarning yorig‘ini torayishi yoki klapanlar tavaqalarini qalinlashishi belgilari aniqlanganida preparat qabul qilishni bekor qilish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Plevrada suyuqlikni yig‘ilishi yoki plevral fibroz rivojlanganida eritrositlarni cho‘kish tezligini oshishi aniqlangan. Eritrositlar cho‘kish tezligini noma‘lum oshishi aniqlanganida, ko‘krak qafasini rentgenografik tekshirish tavsiya etiladi. Tashxis qo‘yishda, shuningdek qon plazmasida kreatininning konsentrasiyasini tekshirish, buyrak faoliyatini baholash ham yordam berishi mumkin. Dostineks® preparatini qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng plevrada suyuqlikni yig‘ilishi/plevra fibrozi yoki valvulopatiyasi bo‘lgan pasientlarda simptomlarni yomonlashishi kuzatilgan.
Kabergolinni, qon regurgitasiyasi belgilari bo‘lgan pasientlarning holatini yomonlashtirishi mumkinligi noma‘lum. Yurakning klapan apparatini fibrozli shikastlanishi belgilari aniqlanganida Kabergolinni qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari” bo‘limiga qarang).
Fibrotik buzilishlar simptomsiz rivojlanishi mumkin. Shu sababli kabergolin bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan pasientlarning holatini muntazam ravishda nazorat qilish va quyidagi simptomlarga alohida e‘tibor berish kerak:
- hansirash, nafas faoliyatini qiyinlashishi, o‘tib ketmaydigan yo‘tal yoki ko‘krak qafasida og‘riq kabi plevra-o‘pka buzilishlari;
- buyrak yetishmovchiligi yoki siydik chiqarish yo‘li yoki qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining qon tomirlarini obstruksiya, bu yonbosh yoki beldagi og‘riqlar va oyoqlarni shishi bilan kechishi mumkin, qorin sohasi paypaslanganida kuzatiladigan har qanday shish va og‘riq retroperitoneal fibroz rivojlanganligidan dalolat berishi mumkin;
- perikardial fibroz va yurak klapanlari tavaqasini fibrozi ko‘proq yurak yetishmovchiligini avj olishiga olib keladi. Shu sababli yurak yetishmovchiligi simptomlari paydo bo‘lganida yurak klapanlari tavaqalari (va konstriktiv perikardit) ni istisno qilish kerak.
Fibrotik buzilishlar rivojlanishini aniqlash uchun pasientning holatini muntazam ravishda monitoring qilish kerak. ExoKG birinchi marta davolash boshlanganidan so‘ng 3-6 oydan keyin o‘tkazilishi kerak. So‘ngra ushbu tekshiruv pasientning holatini klinik baholashga qarab o‘tkazish, yuqorida ta‘riflangan simptomlarga alohida e‘tibor berib, kamida har 6-12 oyda o‘tkazish kerak.
Boshqa monitoring usullarini (masalan, fizikal tekshirishlar, jumladan yurak auskultasiyasi, rentgenografiya, kompyuter tomografiya) o‘tkazish zaruriyati har bir pasient uchun individual ravishda baholanadi.
Dozalarni oshirilganida pasientlar, terapevtik samaralarni ta‘minlaydigan eng kichik samarali dozani aniqlash maqsadida, shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Samarali dozalash tartibi tanlanganidan keyin, prolaktinning qon zardobidagi konsentrasiyasini muntazam aniqlashni (1 oyda 1 marta) o‘tkazish tavsiya qilinadi. Prolaktin darajasini me‘yorlashishi odatda davolashning 2-4 haftasida kuzatiladi.
Dostineks® preparati bekor qilinganidan keyin odatda giperprolaktinemiya kuzatiladi, ammo ayrim pasientlarda prolaktinni konsentrasiyasini bir necha oy davomida turg‘un susaytirilishi aniqlanadi. Ko‘pchilik ayollarda ovulyator sikllar Dostineks® preparati bekor qilinganidan keyin kamida 6 oy davomida saqlanadi.
Dostineks® giperprolaktinemik gipogonadizmli ayollarda ovulyasiya va fertillikni tiklaydi. Chunki homiladorlik hayz ko‘rish tiklanishigacha yuz berishi mumkinligi tufayli, amenoreya davri davomida kamida 4 haftada 1 marta, hayz ko‘rish tiklanganidan keyin esa har gal, hayz ko‘rish 3 kundan ko‘proqqa kechikkanida homiladorlikka testlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Homiladorlikdan saqlanishni xohlagan ayollar Dostineks® preparati bilan davolash vaqtida, shuningdek preparat bekor qilinganidan keyin anovulyasiya qaytarilgunicha kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini ishlatishlari kerak. Homiladorlik boshlangan ayollar, gipofizni kattalashishi belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun, shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, chunki homiladorlik vaqtida gipofizning mavjud bo‘lgan o‘smalarining o‘lchamlari oshishi mumkin.
Dostineks®ni og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga juda kichik dozalarda (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinfi) buyurish kerak, ularga preparat bilan uzoq muddat davolanish ko‘rsatilgan. Bunday pasientlarga bir marta 1 mg doza buyurilganida sog‘lom ko‘ngillilar va kamroq ifodalangan jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar bilan solishtirganida AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni) oshishi aniqlangan.
Kabergolinni qo‘llash uyquchanlikni chaqiradi. Parkinson kasalligi bo‘lgan pasientlarda dofamin reseptorlarining agonistlarini qo‘llash to‘satdan uyquni chaqirishi mumkin. Bunday hollarda Dostineks® preparati dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparatni keksa yoshdagi giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. 16 yoshdan kichik bolalarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktasiya
Homilador ayollarda Dostineks®ni qo‘llash bilan bo‘lgan nazoratli klinik tekshirishlar o‘tkazilmagni uchun, preparatni homiladorlik vaqtida faqat juda zarur hollarda, ayol va homila uchun foyda/xavf nisbatini hisobga olib buyurish mumkin.
Agarda homiladorlik Dostineks® preparat bilan davolash fonida boshlangan bo‘lsa, preparatni bekor qilishni, shuningdek foyda/xavf nisbatini hisobga olib ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Garchi mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra Dostineks® preparatini giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlar bo‘yicha haftada 0,5-2 g dozada qo‘llash bola tashlashlarni, muddatdan oldin tug‘ishlarni, ko‘p homilali homiladorlik va rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari sonini oshishi bilan kechmasada hisobga olib, kamida bir oy davomida homiladorlikni yuz berishidan saqlanish kerak.
Preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, ammo Dostineks® preparatni laktasiyani to‘xtatish yoki bostirish uchun onalarga qo‘llashdan samara bo‘lmaganida emizishdan saqlanish kerak. Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarda Dostineks®ni emizishni xohlagan onalarga buyurish mumkin emas.
Transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Dostineks® preparatini qo‘llayotgan pasientlar transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarishdan va diqqat konsentrasiyani va psiximotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishidan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari (ehtimol, dofamin reseptorlarini giperstimulyasiya simptomlari): ko‘ngil aynishi, dispeptik buzilishlar, ortostatik arterial gipotenziya, ongni chalkashishi, psixoz, gallyusinasiyalar.
Doza oshirib yuborilganida preparatni chiqarishga qaratilgan so‘rilmagan preparatni chiqarilishiga yo‘nalgan yordamchi tadbirlarni (me‘dani yuvish) va zarurati bo‘lganida arterial bosimni tutib turish kerak. Dofamin antagonistlarini buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 0,5 mg
2 yoki 8 tabletkadan buraluvchi alyuminiy qopqoqli taglikda qurituvchi agent va tubida g‘ovaksimon qog‘oz saqlovchi plastik to‘q I tur shisha flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari