BIOSELAK
BIOSELAK chiqarilish shakllari
BIOSELAK haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BIOSELAK
BIOSELAC
Preparatning savdo nomi: Bioselak
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Laktobakteriy ramnozus 573 (Lactobacillus rhamnosus 573)
Dori shakli: qin kapsulalari
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: Laktobakteriy ramnozus 573 (Lactobacillus rhamnosus 573) shtammlarining liofilizati – kamida 108 KOE.
yordamchi moddalar: yog‘sizlantirilgan kukunsimon sut, saxaroza, natriy L-glutamati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, mannitol, titan dioksidi, jelatin.
Ta‘rifi: ichida sarg‘ish-kremsimon rangli gomogen kukun saqlovchi, oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: ginekologiyada qo‘llanadigan dori vositalari
ATX kodi: G02CX
Farmakologik hususiyatlari
Bioselak sog‘lom ayollarning qini normal mikroflorasining tarkibiga kiruvchi va patogen mikroorganizmlarni rivojlanishiga qarshi himoya faoliyatini ta‘minlovchi sut kislotali bakteriyalarni saqlovchi qin kapsulalari shaklida chiqariladi.
Qin infeksiyalarini antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan mahalliy yoki tizimli davolash, gormonal davolash, noto‘g‘ri gigiena qinning tabiiy mikroflorasini buzadi, kasallikni qaytalanish xavfini oshiradi. Bioselakning terapevtik samarasi sut-qand tashuvchida liofillangan Lactobacillus rhamnosus 573 sut kislotali bakteriyalarining faol shtammlarini bevosita qinga qo‘yish yo‘li bilan ta‘minlanadi va qinning rN ni 4,0-4,7 ga tez pasayishi bilan, kasallik keltirib chiqaruvchi bakterialarni o‘sishi va ko‘payishini faol bostirilishi, qinning xususiy mikroflorasini va qinda fiziologik muvozanatni tiklanishi bilan namoyon bo‘ladi.
In vitro tekshirishlar Lactobacillus rhamnosus 573 ni ko-trimoksazolga va metronidazolga chidamliligini isbotladi, shuning uchun Bioselakni ushbu moddalarni saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida ishlatish mumkin.
Qo‘llanilishi
Biomelak quyidagi holatlarda qinning normal mikroflorasini tiklash va tutib turish uchun qo‘llanadi:
- spesifik va nospesifik qin infeksiyalarini oldini olish va davolash;
- vaginitni, shu jumladan bakterial etiologiyali vaginitni majmuaviy davolashda;
- turli etiologiyali qin disbiozini oldini olish;
- turli antibiotiklar, peroral yoki vaginal kontraseptivlar qo‘llanganida;
- mahalliy ginekologik aralashuvlarni o‘tkazishdan oldin;
- tamponlar, mahalliy kontraseptivlar ishlatilganida, yetarli bo‘lmagan gigienada profilaktik chora sifatida;
- qin ajralmalari paydo bo‘lganida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy (intravaginal) qo‘llash uchun.
Shaxsiy gigienaning barcha qoidalariga rioya qilib, kapsulani qinga chuqur kiritish kerak.
Bioselak sutkada 1-2 kapsuladan (bittasi ertalab va bittasi kechqurun uyqudan oldin) 7-10 kun davomida ishlatiladi.
Zarurati bo‘lganida davolash takrorlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.
Yakka hollarda mahalliy allergik reaksiyalar (qichishish, achishish hissi, qin sekresiyasini oshishi) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bioselak pasientlar tomonidan antibakterial, trixomonasid yoki zamburug‘larga qarshi dori vositalari (metronidazol va ko-trimoksazoldan tashqari) bilan bir vaqtda ishlatilmasligi kerak), shuningdek davolanish davrida antiseptik eritmalarni ishlatish bilan vaginal sprinsevaniylardan saqlanish kerak, chunki ular preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Immun tizimining jiddiy buzilishlari bo‘lgan hollarda Bioselak preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyurish mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Bioselak transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi pasientning holatini xavf ostiga qo‘ymaydi.
Chiqarilish shakli
Flakonlar
10 qin kapsulasi flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan.
Blisterlar
10 qin kapsulasi blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan.
Saqlash sharoiti
2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda (sovutgichda) saqlansin.
Preparatni yaroqlilik muddati 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanganida 4 haftani tashkil qiladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













