Dyuspatalin analoglari

Guruh analoglari
Dyuspatalin
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalar.
Ichak ta’sirlanishi sindromi bilan bog‘liq og‘riq va diskomfortni simptomatik davolashda qo‘llanadi. Me’da-ichak yo‘llari silliq mushaklarining spazmlari bilan kechuvchi funksional buzilishlarda, shu jumladan organik kasalliklar bilan bog‘liq holatlarda samarali.
Postmarketing qo‘llash davrida quyidagi nohush ko‘rinishlar haqida xabarlar olingan va ular spontan xarakterga ega bo‘lgan; holatlar tezligini aniq baholash uchun mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar yetarli emas.
Allergik reaksiyalar asosan teri qoplamalari tomonidan kuzatilgan, lekin shuningdek allergiyaning boshqa ko‘rinishlar ham aniqlangan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
Eshakemi, angionevrotik shish, yuzning shishi, ekzantema.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktik reaksiyalar).
Retseptli
- Tabletkalar
- Kapsulalar













