Ekstrajen
Ekstrajen chiqarilish shakllari
Ekstrajen haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga yuqori sezuvchanlik. 14 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Tarkibi
Faol komponentlar:
Shatavari (Asparagus racemosus) - 250 mg;
Jenshen (Ginseng) - 50 mg.
Farmakologik ta'siri
Shatavari – bu noyob o'simlik bo'lib, butun organizmning ishlash funktsiyasi va mexnatga layoqatligini tiklash xususiyatiga ega. Ayollar sog'ligidagi muammolardan xalos qiladi. Tuxum xujayralarini faollashtiradi, urug'lanishga bo'lgan qobiliyatini oshiradi. Ayollarda hayz tsiklini normallashtiradi. Gormonlarni va menopauza simptomlarini, qizish, kechki terlashni va yomon kayfiyatni balansga keltiradi. Shu jumladan nerv sistemasini muvozanatda tutib turadi.
Jenshen – tetiklashtiruvchi, quvvatlantiruvchi, stimullovchi ta'sirga ega. O'simlik komponentlari jinsiy faoliyatni stimullaydi, Markaziy nerv sistemasini faollashtiradi, ishchanlikni oshiradi, jismoniy va aqliy zo'riqishni kamaytiradi, ishtaxani yaxshilaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
1 kapsuladan kuniga 1 maxal iliq suv bilan ovqatlanishdan 20 minut oldin ichga qabul qilinadi. Qabul kursi 20 kun, 10 kunlik tanafus bilan. Qabullar kursini minimal 3 marta qaytariladi. Ayollar jinsiy a'zolar kasalliklarida ovqatdan oldin 1 kapsuladan 2 maxal. Bepushtlikda 2 kapsulAdan sut yoki asal bilan birga. Zarurat bo'lganda mutaxassisning tavsiyasiga ko'ra qabul qilish kursini takrorlash mumkin. Qabul qilish kursi 1 oydan 3oygacha.
Qo'llashdan oldin mutaxasis bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













