Aenoxa analoglari





Guruh analoglari
Aenoxa
Jarrohlik aralashuvlarida, ayniqsa ortopedik va umumjarrohlik operasiyalarida venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish.
O'tkir terapevtik kasalliklar, shu jumladan o'tkir yurak etishmovchiligi va surunkali yurak etishmovchiligining dekompensasiyasi (NYHA bo'yicha III yoki IV sinf), o'tkir nafas etishmovchiligi oqibatida yotoq tartibidagi bemorlarda, shuningdek og'ir o'tkir infektsiyalarda va venoz tromb hosil bo'lish xavfi omillaridan biri bilan birga o'tkir revmatik kasalliklarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish ("maxsus ko'rsatmalar" ga qarang).
O'pka arteriyasining tromboemboliyasi bilan yoki o'pka arteriyasining tromboemboliyasisiz kechuvchi chuqur venalar trombozini davolash.
Gemodializ vaqtida (odatda seansning davomiyligi ko'pi bilan 4 soat bo'lganida), ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo'lishini oldini olish.
Nostabil stenokardiya va Q tishisiz miokard infarktini atsetilsalisil kislotasi bilan birga davolash.
Medikamentoz davolash yoki keyinchalik teri orqali koronar aralashuvi o'tkazilishi lozim bo'lgan pasientlarda ST segmentini ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini davolash uchun qo'llaniladi.
Retseptli
Eniksum
Retseptli
- Eritma
Kleksan
- — jarrohlik aralashuvlarida, ayniqsa ortopedik va umumxirurgik operatsiyalarda venoz trombozlar va emboliyalar profilaktikasi; — o'tkir terapevtik kasalliklar (o'tkir yurak yetishmovchiligi, NYHA tasnifi bo'yicha III yoki IV funktsional sinf dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, o'tkir nafas yetishmovchiligi, og'ir o'tkir infektsiya, venoz tromb hosil bo'lishi xavf omillaridan biri bilan birga keluvchi o'tkir revmatik kasalliklar) oqibatida yotoq rejimida bo'lgan bemorlarda venoz trombozlar va tromboemboliyalar profilaktikasi; — o'pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolash; — gemodializ vaqtida (odatda, seans davomiyligi 4 soatdan ko'p bo'lmaganda) ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo'lishining oldini olish; — atsetilsalitsil kislotasi bilan birga nostabil stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini davolash; — ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini davolash,
- Qon ketish: Boshqa antikoagulyantlar qo'llanilganda bo'lgani kabi, ayniqsa qon ketishiga yordam beruvchi organik shikastlanishlar, invaziv muolajalar yoki gemostazni buzuvchi preparatlarni qo'llash kabi hamroh xavf omillari mavjud bo'lganda qon ketish yuzaga kelishi mumkin. Qon ketish rivojlanganda preparat yuborishni bekor qilish, qon ketish sababini aniqlash va tegishli terapiyani boshlash kerak. Og'ir qon ketishlar, shu jumladan qorin parda orti va bosh miya ichiga qon quyilishlari rivojlanishi haqida xabar berilgan (0.01-0.1% tez-tezlikda). Ushbu holatlarning ba'zilari o'lim bilan yakunlangan. Kleksan spinal/epidural anesteziya fonida va penetratsion kateterlar operatsiyadan keyingi qo'llanilishida neyroaksial gematomalar hosil bo'lishi holatlari (0.01-0.1% hollarda) tasvirlangan, bu turli darajadagi nevrologik buzilishlarga, shu jumladan uzoq vaqt saqlanib qoladigan yoki qaytmas falajga olib kelgan. Trombotsitopeniya: Terapiya boshlanganidan keyingi dastlabki kunlarda biroz ifodalangan, o'tkinchi, simptomsiz trombotsitopeniya rivojlanishi mumkin. Kamdan-kam hollarda (0.01% dan kam) tromboz bilan birga autoimmun trombotsitopeniya rivojlanishi haqida xabar berilgan. Kamdan-kam hollarda tromboz a'zo infarkti yoki oyoq-qo'l ishemiyasi bilan asoratlangan. Mahalliy reaktsiyalar: Kleksan t/o yuborilgandan keyin in'ektsiya joyida og'riq kuzatilishi mumkin, 0.01% dan kam hollarda - in'ektsiya joyida gematoma. B
Retseptli
- Eritma
















