Ташкент
logo
SavatKirish

Geksavit

Geksavit chiqarish shakllari

GEKSAVIT draje N50
Retseptsiz
GEKSAVIT draje N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Marbiofarm, OAO
- Geksavit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Geksavitning tarkibi
- Geksavit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Geksavit narxi Toshkent dorixonalarida

Geksavit qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEKSAVIT

HEXAVITUM

 

Preparatning savdo nomi: Geksavit

Dori shakli: draje

Bir draje tarkibi:

Faol moddalar:

Retinol palmitati (A vitamini)                                  – 2,75 mg (5000 XB)

Askorbin kislotasi                                              – 70,00 mg

Nikotinamid                                                                      – 15,00 mg

Piridoksin gidroxloridi                                               – 2,00 mg

Tiamin gidroxloridi                                           – 2,00 mg

Riboflavin                                                             – 2,00 mg

Yordamchi moddalar:

Saxaroza (qand)                                                       787,979 mg

Bug‘doy uni                                                               59,073 mg

Kraxmal patokasi                                                   57,050 mg

Talk                                                                         1,380 mg

Kungaboqar moyi                                                    0,260 mg

Asalari mumi                                                          0,260 mg

“Limon”ozuqa xushbo‘yi                                         0,049 mg

Xinolin sariq bo‘yovchisi Ye104                             0,199 mg.

Ta‘rifi: sharsimon shaklli, sariq-to‘q-sariqdan to ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz o‘ziga xos hidli draje.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin

ATX kodi: A11BA.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy polivitamin preparati bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Preparat metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiradi, moddalar almashinuvini normallashtiradi.

Qo‘llanilishi

Gipovitaminozlarni oldini olish.

Organizmning infeksion va shamollash kasalliklarga qarshiligini oshirish uchun; ishi yuqori diqqatni talab qiluvchi shaxslarda ko‘rish o‘tkirligini oshirish uchun; antibiotiklar bilan uzoq muddatli davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. «Geksavit» drajesi gipovitaminozlarni oldini olish uchun kuniga 1 drajedan qolgan xolatlarda: kattalarga – 1 drajedan kuniga 3 marta; bolalarga: 3 yoshdan 7 yoshgacha – 1 drajedan kuniga 2 marta, 7 yoshdan oshganlarga 1 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin kompleklarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu umuman zararsiz va preparatda riboflavinning borligi bilan tushuntiriladi.

Dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: Geksavit homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin. Vitaminlarning sutkalik ehtiyoji normasiga muvofiq kuniga 1 drajedan oshiq qo‘llash mumkin emas.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati: Preparat avtotransportni boshqarish yoki aniq mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning nojo‘ya ta‘sirlari simptomlarini kuchayishi, preparatni qo‘llash to‘xtatiladi.

Chiqarilish shakli

Draje. 50 drajedan polimer bankalarda.

Yaroqlilik muddati

1 yil.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Geksavit savollari

Geksavit fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil