Gerbion
Gerbion chiqarish shakllari

Gerbion qo'llanmasi
- Gerbion Mentomed biologik faol oziq-ovqat qo'shimchasi - tarkibida efir moylari bo'lgan C vitaminining qo'shimcha manbai sifatida qo'llaniladi.
- Yo'tal bilan kechuvchi yuqori nafas yo'llarining o'tkir respirator kasalliklarini kompleks davolash tarkibida qo'shimcha sifatida, shuningdek nafas olish a'zolarining funktsional holatini yaxshilash maqsadida chekish bilan bog'liq yo'talda foydalanish mumkin.
- Gerbion Mentomed komponentlarini individual o‘zlashtira olmaslik.
- asal, askorbin kislotasi, navro‘zgul ildizlari ekstrakti, levomentol, timyan o‘ti ekstrakti, fenxel efir moyi; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, suyuq glyukoza, sorbitol, suyuq parafin, glitserol va boshqalar
Islandiya moxi ekstraktining farmakokinetik xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
- Allergik reaktsiyalar.
Preparatni 1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bermaslik kerak.
Gerbion® islandiya yo'sini siropi yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo'lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.
Bemorlar sirop qabul qilingandan so'ng darhol ovqat yoki ichimlik iste'mol qilmasliklari kerak, chunki bu preparatning og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatidan chiqarilishini tezlashtirishi mumkin.
Gerbion® islandiya yo'sini siropini ko'p miqdordagi choy yoki iliq suyuqlik bilan ichish tavsiya etiladi, lekin qabul qilingandan so'ng darhol emas.
Davolash davomiyligi kasallikning xususiyati va og'irligiga bog'liq, shuning uchun davolash uzoq vaqt davom etishi mumkin (7-14 kun).
Kasallikning klinik belgilari yo'qolganidan keyin preparatni bir necha kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Agar 7 kundan keyin simptomlar yomonlashsa yoki yaxshilanmasa, shifokor maslahati zarur.
Iste'mol qilishdan oldin chayqatish kerak.
Nafas qisishi, isitma, surunkali yo'tal yoki qonli balg'am bilan kechuvchi nafas yo'llari kasalliklarida zudlik bilan shifokor ko'rigi zarur.
1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni faqat shifokor ko'rigidan va tavsiyasidan keyin berish kerak.
Gerbion® island moxi siropi preparatini bolalarga faqat ota-onalar yoki ularni parvarish qiluvchi kattalar berishlari mumkin.
Agar davolashdan 7 kun o'tgach ahvol yaxshilanmasa, shifokor maslahati zarur.
Gerbion® island moxi siropi sorbitol saqlaydi (kaloriyaliligi 2,6 kkal/g). Fruktozani o'zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Ushbu preparat oz miqdorda etanol saqlaydi, 100 mg/ dozadan kam.
Preparat transport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri qilmaydi.
Gerbion® islandiya yo'sini siropi preparatining boshqa dori vositalari ta'siriga ta'siri haqida xabar berilmagan. Dori o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparat tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar
Gerbion narxlari
Gerbion barcha rasmlari














