Apteka.uz
SavatKirish

Prospan

Prospan chiqarilish shakllari

PROSPAN sirop 100ml
Retseptsiz
PROSPAN sirop 100ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
148 000 so'm dan
PROSPAN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
Retseptsiz
PROSPAN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
175 000 so'm dan
- Prospan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Prospanning tarkibi
- Prospan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Prospan narxi Toshkent dorixonalarida

Prospan qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Nimaga qarshi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROSPAN®

PROSPAN®

 

Preparatning savdo nomi: Prospan®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pechak barglarining quruq ekstrakti

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma.

Tarkibi:

5 ml eritma (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: pechak barglarining quruq ekstrakti, 35 mg pechak quruq ekstrakti [(5-7,5):1], estragent: 30 hajm % etanol.

yordamchi moddalar: kaliy sorbat (konservant), suvsiz limon kislotasi, 70% sorbit eritmasi (kristall hosil qiladigan), ksantan kamedi, Frescofort Permaseal aromatizator, tabiiy apelsin aromatizatori, mentol, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och jigarrang, meva hidli va mentol ta‘mli xiraroq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olinadigan yo‘talga qarshi preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uning ko‘chishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Preparat yuqori nafas yo‘llari va o‘pkaning yo‘tal va qiyin ajraladigan balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, balg‘amni ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 paketcha (5 ml) dan kuniga 3 marta qabul qilinadi, 105 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi, 6-11 yosh bolalarga                     1 paketcha (5 ml) dan kuniga 2 marta, 70 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi.

Paketchani qo‘llashdan oldin biroz ezish kerak. Eritmani aralashtirmasdan ertalab (tushlikda) va kechqurun qabul qilish kerak.

Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga va og‘irlik belgilariga bog‘liq, odatda bir haftani tashkil qiladi.

1 hafta davomida holatining yaxshilanishi bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi me‘da-ichak buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

     

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri o‘tkazilmagan. Hozirgi vaqtgacha o‘zaro ta‘sirlar ma‘lum emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas. Preparat sorbit saqlaydi. Agar uni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llasa, pasient har qabulda 1,9 g gacha sorbit qabul qiladi.

Fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarga Prospan yo‘talga qarshi eritmani qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, preparatni bu vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kundalik buyurilgan dozadan ahamiyatli darajada yuqori (3 martadan ortiq) dozani qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilganda simptomtik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

5 ml dan ichga qabul qilish uchun eritma paketchalarda; 21 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25˚S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Prospan preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Prospan barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Prospan haqida savollar

Prospan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.5, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil