GEVOLOKSPLYUS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GEVOLOKS PLYUS
GEVOLOX PLUS
Preparatning savdo nomi: Gevoloks plyus
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): glyukozamin sulfati + xondroitin sulfati
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: glyukozamin sulfati (glyukozamin sulfatining kaliy xloridi ko‘rinishida) – 500 mg; xondroitin sulfat (xondroitin sulfati natriy ko‘rinishida) – 400 mg;
yordamchi moddalar: povidon (PVP-K-30), mikrokristall sellyuloza (Avicel PH 101), kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniy Stearati
plyonka qobig‘i: gidroksipropilmetil sellyuloza, titan dioksidi, talk, polietilenglikol (PEG 6000), # 1 Lake moviy ozuqa bo‘yovchisi.
Ta‘rifi: uzunchoq shaklli, moviy rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: tog‘ay to‘qimalari regenerasiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi: M09AX02
Farmakologik xususiyatlari
Glyukozamin va xondroitin sulfati natriy tog‘ay to‘qimasining parchalanish jarayonini oldini olishga yordam berib, biriktiruvchi to‘qimaning biosintezida ishtirok etib to‘qima regenerasiyasini rag‘batlantiradi. Ekzogen glyukozaminni organizmga kiritish tog‘ay matriksini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va nospesifik, shu jumladan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita va glyukokortikosteroidlardan himoyani ta‘minlaydi. Preparat qisman yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Xondroitin sulfati natriy intakt shaklida so‘rilishi yoki alohida komponentlar ko‘rinishida so‘rilishidan qat‘iy nazar, sog‘lom tog‘ay matriksini shakllanishi uchun qo‘shimcha substrat bo‘lib hizmat qiladi. Proteoglikanlar va II tur kollagenlarni shakllanishlarini rag‘batlantiradi, shuningdek tog‘ay matriksini fermentativ parchalanishdan (gialuronidaza faolligini bostirish yo‘li bilan) va erkin radikallarning shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi; sinovial suyuqlikning qovushqoqligini saqlab turadi; tog‘ayning reparasiya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va tog‘ayni parchalaydigan fermentlar (elastaza, gialuronidaza) faolligini bostiradi. Osteoartritni davolashda kasallik simptomlarini yengillashtiradi va NYAQP ga ehtiyojni kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganda glyukozaminni biokiraolishligi – 25% (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi hisobiga). Xondroitin sulfatning biokiraolishligi – 13% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
To‘qimalarda taqsimlanadi: glyukozaminning eng yuqori konsentrasiyalari jigarda, buyrakda va bo‘g‘im tog‘ayida aniqlanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% suyak va mushak to‘qimasida uzoq muddat saqlanib qoladi.
Chiqarilishi
Glyukozamin asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, qisman – ahlat bilan chiqariladi. Glyukozaminning yarim chiqarilish davri T1/2 – 68 soat.
Qo‘llanilishi
Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining osteoartrozi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga kattalarga va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 2 marta birinchi 3 xafta davomida, so‘ngra keyingi hafta va oylar davomida 1 tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Kamida 6 oy davomida qo‘llanganda barqaror davolash samarasiga erishiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yengil buzilishlari– epigastriyda og‘riq, meteorizm, diareya, qabziyat bo‘lishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi.
Boshqalar: allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Qon ketishlarida yoki qon ketishlariga moyillikda, bronxial astmada, qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi haqidagi klinik ma‘lumotlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llanganida antikoagulyantlar va antiagregantlar ta‘siri kuchayishi mumkin.
Tetrasiklinlarni so‘rilishini oshiradi, yarimsintetik penisillinlarni ta‘sirini kamaytiradi.
Preparat GKS bilan mutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari ma‘lum emas.
Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkalar Al/PVX blisterda.
2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari