Apteka.uz
SavatKirish

GIASIN

GIASIN chiqarilish shakllari

GIASIN gel 75mg
GIASIN gel 75mg
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
ISTEM MEDIKAL TIBBI CIHAZ VE SANAYI LTD
- GIASIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- GIASINning tarkibi
- GIASIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- GIASIN narxi Toshkent dorixonalarida

GIASIN haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Tarkibiy qismlardan biriga yuqori sezuvchanlik, inyeksiya joyi yoki bo'g'im hududidagi yuqumli va yallig'lanishli teri kasalliklari.

Farmakologik ta'siri

Sinovial suyuqlikning yuqori elastik xususiyatlarini tiklaydi va uning o'mini bosa oladi. Artrosentez jarayonni normallashtirishga yordam beradi, ostcoartritda og'riqlarni kamaytiradi va bo'g'imlarning jismoniy funksiyalarini yaxshilaydi.
Yuqori darajada tozalangan natriy gialuronat bakterial fermentatsiyasi orqali ishlab chiqariladi, glikozaminoglikanlar oilasining tabily polimeri, glikozid birikmalari bilan bog'langan N-asetilglukozamin va glyukuronatning takroriy disaxarid birliklaridan tashkil topgan mukopolisaxariddir. Sinovial suyuqlikning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

18 yoshgacha bo'lgan bolalarda, homilador va emizikli ayollarda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Giasin shikastlangan bo'g'imning bo'shlig'iga bir marta yuboriladi. Ko'rsatmalarga ko'ra, Giasin gelini 14 kunlik tanaffus bilan 5 martagacha qayta yuborish tavsiya etiladi. Bir vaqtning o'zida turli bo'g'imlarga inyeksiya qilish mumkin. 1, 3 yoki 5ta muolajalaridan keyin terapevtik ta'siri kamida 6 oy davom etadi.

DIQQAT!!! Preparatni bo'g'im ichiga yuborish faqat mutaxassis shifokor tomonidan amalga oshiriladi!

1. Bo'g'im ichiga inyeksiyani amalga oshirishda qat'iy aseptika qoidalariga rioya qilish kerak.
2. Inyeksiyadan oldin bo' g'mdagi suyuqlikni olib tashlang. Olib tashlashda va Giasin inyeksiyasini yuborishda bitta steril ignadan foydalanish kerak.
3. Shprisning himoya qopqog'ini ehtiyotkorlik bilan olib tashlang.
4. Diametri 18 dan 22 G gacha bo'lgan ignani Luer-Lock manjetiga mahkam burab go'ying. Davolanadigan bo'g'imga qarab tegishli igna kattaligi va uzunligidan foydalaning. Bir martali ishlatiladigan ignadan foydalanish tavsiya etiladi. Mahkam o'mashishini ta'minlash va inyeksiya paytida qochqinning oldini olish uchun Luer vtulkasini mahkam ushlab, ignani mahkamlang. Ignani biriktirganda yoki uni olib tashlashda juda qattiq tortmang yoki ortiqcha kuch sarflamang. Chunki shprisning himoya qopqog'i ignaning sinishiga olib kelishi mumkin.

5. Inyeksiyadan oldin, inyeksiya joyi tegishli dezinfeksiyalovchi moddalar bilan dezinfeksiya qilinishi kerak.
6. Shundan so'ng, bo'g'imga Giasin geli kiritiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GIASIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

GIASIN haqida savollar

GIASIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil