Eritmani oftalmologiyada kon'yunktival qopchaga tomizish orqali ko'zlarni parvarishlash uchun qo'llashga mo'ljallangan.
Namlantiruvchi oftalmologik gilan Ultra komfort eritmasi tabiiy ko'z yosh xarakatini ishga tushiradi, ko'zlar yuzasini himoyalaydi va namlantiradi, va moylab turadi. Bu vosita quyidagi sabablardan biridan kelib chiqqan ko'zlarning qurib qolishidagi uzoq muddatli engillashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi:
ko'z yosh pardasining buzilishi, va bu ko'z yoshlarining sekresiyasini pasaytiradi va diskomfort belgilarini keltirib chiqaradi
tashqi atrof-muhit ta'siri (Markaziy isitish, iqlim sharoitlari, flouressentli lampalar, xlorlangan suv, shamollatilgan havo, turli tabiiy hodisalar – shamol, sovuq, chang, tutun, bug').
kompyuter monitori qarshisidagi uzoq vaqtli ishlash
qontomirlarini toraytiruvchi yoki shamollashga qarshi oftalmologik preparatlardan foydalanish
gormonal fonning o'zgarishi (menopauza)
katta yosh (aholining 65 yoshdan katta qatlamining 75 % ko'zlarning qurishi sindromidan aziyat chekadi)
Hususiyatlari va samaradorligi:
Gilan Ultra komfort tibbiy vositasi tarkibida natriy gialuronatning 0.3 % li sterilli suvli eritmasini saqlaydi, tarkibida konvervantlar yo'q. Faol modda – yuqori tozalash hususiyatiga ega – natriy gialuronat bo'lib, u bakterial fermentasiya usulida olingan. Natriy gialuronat fiziologik polisaxaridli birikma bo'lib, ko'z to'qimalari kabi, inson tanasining boshqa to'qima va suyuqliklarida saqlanadi.
Natriy gialuronat molekulalarining asosiy fizikaviy-kimyoviy xususiyati bo'lib uning suv molekulalarini bir biriga bog'lashidir. Natriy gialuronatning suvli eritmasi (gilan) zaruriy yopishqoqlik va yuqori darajadagi adgeziv xususiyatlarga ega.
Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo'llayotganda, ko'zdagi shoh pardasi epiteliy qatlamida yupqa bir xil parda hosil bo'ladi va u ko'zlarni qurib ketish, qichish va ko'z soqqasi oldingi yuzasinng shamollashidan saqlaydi. Himoya qobig'ining xarakati tezda boshlanadi, va bunda kompyuterda ishlash, kondisioner yoki boshqa ofis jihozidan uzoq vaqt foydalanish, yoki ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatida kelib chiqadigan ko'zlarning uzoq vaqt ichida qurish hissi, achishish, begona organ hissi, qichish kabi hislardan himoya qiladi.
Kontakt linzalaridan tizimli foydalanishda, gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo'llash tavsiya etiladi, va ushbu eritma ko'zlarni uzoq vaqt namlantiradi, chunki uning ta'sir tabiiy ko'z yosh suyuqligi ta'siri bilan bir xil.
Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi konservantlar saqlamaydi, va shuning uchun ko'z to'qimalariga yoqimsiz toksik ta'sirlari mavjud emas.
Gilan Ultra komfort tarkibida yuqori miqdorda natriy gialuronat saqlashi va eritmaning 9.0-18.0 MPa.s dagi yuqori yopishqoqlikka egaligi hisobiga uzoq vaqt ta'sir qiladi.