Ташкент
logo
SavatKirish

GINOMIKS

GINOMIKS chiqarish shakllari

GINOMIKS suppozitorii N6
Retseptli
GINOMIKS suppozitorii N6
Argentina
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Lazar & Cla.S.A. Quimica e Industrial
•120 ta dorixonada bor
Narxi
106 000 so'm dan
- GINOMIKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- GINOMIKSning tarkibi
- GINOMIKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- GINOMIKS narxi Toshkent dorixonalarida

GINOMIKS qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning har qanday komponentiga yoki kimyoviy tarkibi o‘xshash moddalarga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlikning birinchi uchoyligi va laktatsiya davri;
- gematologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga;
- asab tizimining o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga;
- markaziy asab tizimining organik kasalliklari, epilepsiya.

Farmakokinetikasi

Tizimli so'rilishi past bo'lganligi sababli tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Farmakologik ta'siri

Ginomiks ® - ginekologiyada mahalliy qo'llash uchun majmuaviy preparat. Faol komponentlar tufayli mikroblarga qarshi, protozoyga qarshi, zamburug'larga qarshi, regenerativ ta'sir ko'rsatadi.

Metronidazol - 5-nitroimidazol hosilasi, protozoyga qarshi va mikroblarga qarshi samaralarni ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda jonivorlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan metronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishidan iborat. Metronidazolning tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar DNK si bilan o'zaro ta'sirlashib, uning sintezini ingibirlaydi, bu bakteriyalarning o'limiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, shuningdek obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., ba'zi grammusbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus niger, Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol.

Mikonazol nitrati - imidazol va triazol hosilasi zamburug'larga qarshi ta'sir ko'rsatadi: hujayra membranasi ergosteroli sintezini ingibirlaydi. Dermatofitlar, xamirturush va ba'zi boshqa zamburug'larga nisbatan faol. Grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan mikroblarga qarshi faollik namoyon qiladi. Qin mikroflorasi tarkibi va pH ini o'zgartirmaydi.

Neomitsin sulfati – aminoglikozidlar guruhidan keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Grammusbat (Staphylococcus spp., Streptococcus pneumoniae) va grammanfiy (Escherichia coli, Shigella dysenteria spp., Shigella flexneri spp., Shigella boydii spp., Shigella sonnei spp., Proteus spp.) mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Neomitsinning bakteritsid ta'sir mexanizmi ribosomalarga ta'siri va bakterial hujayra oqsil sintezining susayishi bilan bog'liq. Streptococcus spp. ga nisbatan kam faol. Mikroorganizmlarning neomitsinga chidamliligi sekin va kichik darajada rivojlanadi.

Polimiksin sulfati - Bacillus polymixa spora hosil qiluvchi bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladigan antibiotik. Mikrob hujayrasi membranasi butunligining buzilishi bilan bog'liq bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Membrana fosfolipidlarida so'riladi, uning o'tkazuvchanligini oshiradi, bakteriyalar lizisini keltirib chiqaradi. Grammanfiy mikroorganizmlar: Pseudomonas aeruginosa, Salmonella spp., Shigella spp., Escherichia coli, Klebsiella spp., Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae, Enterobacter ga nisbatan faol. Fuzobakteriyalar va bakteroidlar (Bacteroides fragilis) o'rtacha sezgir. Kokkli aerob (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis) va anaerob mikroorganizmlarga, Proteus spp. ning ko'pchilik shtammlariga, Mycobacterium tuberculosis, Corynebacterium diphtheriae va zamburug'larga ta'sir qilmaydi.

Osiyo sentellasi yara bitkazuvchi samaraga ega: granulyatsiya jarayoni va kollagen hosil bo'lishini rag'batlantiradi, epitelizatsiyaga yordam beradi.

Dozirovkasi

Sutkasiga 1 suppozitoriydan, uyqudan oldin. Kechki hojatdan keyin yotgan holda qinga chuqur kiritiladi. Davolash davomiyligi 6-10 kun.

Maxsus saqlash sharoitlari

Mahalliy qo'llanilganda preparatning tizimli so'rilishi past bo'lishiga qaramay, tizimli ta'sir istisno qilinmaydi, tayinlangan dozalarga qat'iy rioya qilish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlar Ginomiks ® ni ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokor nazorati ostida ishlatishlari kerak.
Jinsiy aloqadan oldin ishlatilmaydi.

Preparatni qo'llash urug'lanishni qiyinlashtirishi mumkin. Ginomiks® ni hayz ko'rish tugagandan keyin tayinlash tavsiya etiladi. Agar hayz ko'rish davolash vaqtida boshlangan bo'lsa, uni to'xtatish tavsiya etilmaydi, tamponlar emas, balki gigienik prokladkalardan foydalanish kerak. Ginomiks® dan foydalanish tanosil kasalliklari rivojlanishining oldini olmaydi. Suppozitoriy tarkibiga kiruvchi ingredientlar prezervativlar va qin diafragmasi lateksiga zarar yetkazishi mumkin.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ishqoriy eritmalar bilan chayishda ishlatilmasin.
Peroral antikoagulyantlar (varfarin, dikumarin) bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, ular protrombin vaqtini va qonashni oshiradi.
Davolash vaqtida alkogol iste'mol qilish qusish, terlash, gipotoniya (antabus-samara) ni keltirib chiqarishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Juda kam hollarda:
- achishish hissi,
- mahalliy ta'sirlanish,
- qin qichishishi - allergik reaksiyalar.
Har qanday nojo'ya ta'sir yuzaga kelganda preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

GINOMIKS narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

GINOMIKS barcha rasmlari

Barcha rasmlar

GINOMIKS haqida savollar

GINOMIKS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil