Apteka.uz
SavatKirish

Inoklim

Inoklim chiqarilish shakllari

ИНОКЛИМ капсулы 382мг N30
ИНОКЛИМ капсулы 382мг N30
Франция
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
- Inoklim qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Inoklimning tarkibi
- Inoklim ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Inoklim narxi Toshkent dorixonalarida

Inoklim qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Frantsiya
Kategoriya

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ozuqa komponentlariga nisbatan shaxsiy noxushlik, xomiladorlik va ko’krakdan emizish. Anamnezida sut bezi saratoni mavjud ayollarga tavsiya etilmaydi.

Qo’llashdan avval shiyfokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Ko’rsatilgan miqdordan oshirib yubormang.

Tarkibi

1 kapsulaning tarkibi: kungaboqar moyi 137 mg, tarkibida kamida 40 foiz izoflavonlar mavjud bo’lgan «Novasoy ® » soya 100 mg, baliq jelatini 69,2 mg, gliserin 43,3 mg, gidrogenizirlangan soya moyi 15 mg, makkajo’xori kraxmali 9,6 mg, titan dioksidi (E171) 4,8 mg, soya lesitini 3 mg, qizil temir oksidi (E172) 0,07 mg, tozalangan suv k.D.D. kapsulasi 382 mg. Netto og’irligi: 11,4 g.

Farmakodinamikasi

Menopauza – bu har qanday ayolda muayyan yoshga etgach vujudga keladigan tabiiy fiziologik jarayondir. Ammo u yoki bu omilga bog’liq ravishda u klimaks xuruji ko’rnishida kechishi ham mumkin.

Klimaks tarzidagi xuruj ko’pincha vegetativ va ruhiy-hissiy buzilishlar: bot-bot isitma ko’tarilishi, tungi terlash, yurak urishining tezlashishi, ta’sirchanlik, uyqu tortishi, o’ta qiziqqonlik, parishonxotirlik sifatida namoyon bo’ladi. Klimaks tarzidagi xuruj sababi ekstrogenlar – ayollar jinsiy organlari darajasining pasayishi hisoblanadi.

Ma’lumki, go’shtsiz ovqat eydigan ayollar va Yapon ayollari klimaks tarzidagi xurujga kamdan-kam chvalinadilar, bu esa ularning ovqatida tarkibida izoflavonlar mavjud bo’lgan soya mahsulotlarining ko’pligi bilan izohlanadi.

Izoflavonlar fitoestrogenlar sinfiga mansub bo’lib, ular tarkibiga va molekulyar massasiga ko’ra ayollar jinsiy gormonlari – estrogenlarga o’xshash xossaga ega. Bu esa ular qon tomir to’qimalarining, bosh miyaning, tuxumdonning, sut bezining, suyak to’qimasining V-reseptorlarini «tanib olish» va ular bilan tanlov asosida o’zaro ta’sir ko’rsatib, ekstrogenlarga xos bo’lgan mexanizmlarni qayta tiklash imkonini yaratib beradi. Xuddi shu sababli klimaks tarzidagi xurujning oldi olinadi va intensivligi pasayadi. So’nggi tibbiyot ma’lumotlarining ko’rsatishicha, soya izoflavonlari bachadonning shiliq pardasi proliferasiyasini rivojlantirmaydi.

Inoklimovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchadir. Izoflavonlarning qo’shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Tarkibiiy asosida ikkita muhim izoflavonlar: genistein va i daidzin mavjud.

Dozirovkasi

Katta yoshlilarga uchun ovqatlanish vaqtida kuniga 1-2 kapsula. Qabul qilish davomiyligi 3 oy. Zarur holda qabul qilishni takrorlash mumkin.

Qo'llanilishi

Izoflavonlarning qo’shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Inoklim preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Inoklim barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Inoklim haqida savollar

Inoklim haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil